O'quvchilar bilimini baholashning ko'p balli reyting tizimi va uni qo'llash yo'llari Reja: Davlat talablari hamda mehnat va kasb ta'limi. Yangi reyting tizimining o'ziga xos xususiyatlari Reyting tizimida o'quvchilar bilimini baholash va sinf jurnaliga qayd etish yo'llari. Sinf jurnallarini yuritish va yakun chiqarish. Davlat talablari hamda mehnat va kasb ta'limi Prezdentimiz I.A.Karimov «Barkomol avlod O'zbekiston taraqqiyotining poydevori» mavzusidagi ma'ruzalarida mehnat va kasb ta'limi sohasida, o'qituvchi va tarbiyachilarning qay darajada yetuk bilimli bo'lishlari kerakligi haqida alohida tuxtalib o'tganlar. Davlat talablarida mehnat va kasb ta'limi o'qituvchisi o'z sohasiga tegishli barcha me'yoriy - huquqiy, me'yoriy - uslubiy hujatlarni bilishi, o'quvchilar bilimini baholashning yangicha usullarini, ayniqsa, reyting tizimini mukammal qo'llay bilishlari kerakligi haqida talablar qo'yilagan. O'zbekiston Respublikasining «ta'lim to'g'risida»gi qonuni Kadrlar tayyorlash milliy dasturi hamda Respublika vazirlar mahkamasining 1998-yil 13-maydagi Umumiy o'rta ta'limni tashkil etish to'g'risidagi 203-sonli qarorini bajara borib, viloyatimiz maktablarida bir qator ishlar amalga oshirildi. Xususan reyting tizimi va uni amalga oshirish bo'yicha ham tajriba sinov ishlari amalga oshirildi.Shu davr ichida reyting tizimining turli modellari (variantlari) bilan ish olib borildi va ularning o'quvchilar bilimini baholashdagi ijobiy yoki salbiy tomonlari atroflicha tahlil etildi. 2001-2002 o'quv yilidan boshlab o'quvchilar bilimini baholashning reyting tizimi tajriba sinovdan o'tkazila boshlandi. O'zbekiston Respublikasi xalq ta'limi Vazirligining Umumiy o'rta ta'lim maktablarida o'quvchilar ta'lim tayyorgarligi darajasi reytingini joriy etish bo'yicha olib borilgan ishlarni yanada takomillashtirish haqida gi 2001 yil 14-sentabrdagi 133-sonli buyrug'i va shu asosidagi viloyat xalg ta'limi boshqarmasining 2001-iyul 11 oktabrdagi 170-A buyrug'i asosida sinov ishlari To'raqo'rg'on tumanidagi 12-o'rta ta'lim maktabida o'tkazildi. Yangi reyting tizimini qanday joriy etish kerakligi haqida Umumiy o'rta ta'lim maktablari o'quvchilarining ta'lim tayyorgarligi darajasi reytingi to'g'risidanizomning tajriba-sinov varianti ma'rifat gazetasida elon qilindi.Mazkur nizom qabul qilinishi munosabati bilan xalq ta'limi Vazirligining 1998 yil 10 sentabrdagi O'quvchilarning ta'lim tayyorgarligi darajasi reytingini tadbiq etish boyicha tajriba sinov ishlarini tashkil etish haqidagi 172-sonli, hamda 200 yil 31-iyuldagi 145-sonli buyruqlari o'z kuchini yo'qotganligi sababli oldingi reyting tizimiga doir chiqarilgan turli qo'llanma va tavsiyalardan ham foydalanilmaydi. 2. Yangi reyting tizimining o'ziga xos xususiyatlari Yangi reyting tizimining juda ko'p o'ziga xos xususiyatlari mavjud. Avvalo o'quvchilar 2, 1 deb ataluvch o'quvchi uchun ham, ota-ona uchun ham xunuk bo'lgan bahodan voz kechildi. Ikkinchidan, avvalgi reyting tizimdagi joriy, oraliq, yakuniy nazoratlardagi ball to'plashining soat taqsimotiga qarab chegarasi yo'qoldi. O'quvchilar istaganicha ball to'plashi qiziqish ishtiyoqiga qarab ball to'plash imkoniyatlari tug'ildi. Avvalgi reyting tizimida uchta nazorat turi bo'lgan bo'lsa, bunda beshta nazorat turi mavjud. Bular quyidagilar: Oraliq nazorat - ON Joriy nazorat - JN maxsus nazorat - MN ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:35:17
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.8 KB
Ko'rishlar soni
37 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:35
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:35 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.8 KB
Ko'rishlar soni
37 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:35 ]
Arxiv ichida: doc