O'quvchilar jamoasini tashkil qilishning o'ziga xos xususiyatlari

O'quvchilar jamoasini tashkil qilishning o'ziga xos xususiyatlari

O'quvchilarga / Pedagogika
O'quvchilar jamoasini tashkil qilishning o'ziga xos xususiyatlari - rasmi

Material tavsifi

O'quvchilar jamoasini tashkil qilishning o'ziga xos xususiyatlari Reja: I. O'quvchilаr jаmоаsini shаkllаntirishning mоhiyati vа tаshkiliy аsоslаri 1.1.Jаmоа tushunchаsi 1.2.O'quvchilar jаmоаsining rivоjlаnish dаrаjаsi vа bоsqichlаri II BOB. O'quvchilar jаmоаsi rivоjining аsоsiy shаrt-shаrоitlаri 2.1. Guruh rahbarining tarbiyaviy ishi 2.2 Jamoaning shaxs tarbiyasiga ta'siri Bugungi kunda jamiyatimizda Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ham yoshlarni ta'lim olishiga, o'qimishli yurtga foydasi tegadigan barkamol avlod bo'lib yetishishi uchun katta imkoniyatlar yaratib bermoqda. Sinf maktab jamoasining ajralmas bir kichik bo'lagidir. Sinf faqat o'quv faoliyati birligi bo'libgina qolmasdan, balki o'quvchilarga tarbiya berishni tashkil etishning muhim jamoa shakli hamdir. Sinf rahbari ishida o'quvchilar jamoasini tashkil etish asosiy vazifa hisoblanadi. Chunki jamoada shaxsni tarbiyalash tarbiyaning yetakchi maqsadidir. . Jamoada shaxsni tarbiyalashning umumiy asoslari quyidagilardan iborat: talablar qo'yish, faollarni aniqlash, o'quv mehnat, ijtimoiy-siyosiy va ommaviy madaniy faoliyatdagi istiqbollarni tashkil etish, sog'lom jamoatchilik fikrini shakllantirish, ijobiy an'analarini yaratish va ko'paytirish. O'quvchilarning jamoa turmush me'yorlari va qoidalarining intizomini buzilishiga munosabatlarini kuzatib jamoaning tashkiliy tuzilishi ta'sirchanligiga ishonch hosil qilish mumkin. Jamoa rivojlanishining dastlabki bosqichlarida bolalar tarqoq bo'lib, ularda yakdil fikr va sinf rahbari tayanishi mumkin bo'lgan ta'sirchan faollar bo'lmaydi. Jаmоа tushunchаsi. Jamoa (lotincha «kollektivus» so'zining tarjimasi bo'lib, yig'ilma, omma, birgalikdagi majlis, birlashma, guruh) bir necha a'zo (kishi)lardan iborat bo'lib, ijtimoiy ahamiyatga ega umumiy maqsad asosida tashkil topgan guruh demakdir. Zamonaviy talqinda «jamoa» tushunchasi ikki xil ma'noda ishlatiladi. Birinchidan, jamoa deganda bir necha kishilarning muayyan maqsad yo'lida birlashuvidan iborat tashkiliy guruhi tushuniladi (masalan ishlab chiqarish jamoasi, zavod jamoasi, o'quv yurti jamoasi, xo'jalik jamosi va hokazo). Ikkinchidan, jamoa deganda yuqori darajada uyushtirilgan guruh tushuniladi. O'quvchilar jamoasi yuqori darajada uyushtirilgan birlashma hisoblanadi.Jamoada va jamoa yordamida tarbiyalash - tarbiya tizimida muhim ahamiyatga ega bo'lgan tamoyillardan biridir. Shaxsni shakllantirishda jamoaning etakchi rol o'ynashi to'g'risidagi fikrlar pedagogika fanining ilk rivojlanish davrlaridayoq bildirilgan. Jamoada uning a'zolari o'rtasidagi munosabatning alohida shakli yuzaga keladi, bu esa shaxsning jamoa bilan birgalikda rivojlanshini ta'minlaydi. Lekin har qanday guruhni ham jamoa deb hisoblab bo'lmaydi. Jamoa bir qator belgilarga Egadirki, mazkur belgilar jamoani kishilarning etarli darajada uyushgan har qanday guruhdan ajratib turadi. O'quvchilar jamoasi o'ziga xoslik kasb etuvchi muhim belgilarga egadir. quyida jamoa va uning xususiyatlari (belgilari) borasida so'z yuritamiz. Jamoa ijtimoiy jamiyatning bir qismi hisoblanadi, unda ijtimoiy hayot va kishilik munosabatlarining barcha me'yorlari o'z ifodasini topadi.Shunday qilib, jamoa bir necha (a'zo) kishidan iborat guruh bo'lib, u ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan umumiy maqsad asosida tashkil topadi. Jamoa tomonidan amalga oshirilayotgan faoliyat uning oldiga qo'yilgan maqsad mazmunini ifoda etadi. Jamoa a'zolari o'rtasida qaror topgan o'zaro birlik, shuningdek, ular o'rtasida tashkil etiluvchi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 4.94 MB
Ko'rishlar soni 65 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:35 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 4.94 MB
Ko'rishlar soni 65 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga