O'quvchilar kollektivi va shaxs. Shaxsni kasb tanlashga yo'naltirish

O'quvchilar kollektivi va shaxs. Shaxsni kasb tanlashga yo'naltirish

O'quvchilarga / Pedagogika
O'quvchilar kollektivi va shaxs. Shaxsni kasb tanlashga yo'naltirish - rasmi

Material tavsifi

O'quvchilar kollektivi va shaxs. Shaxsni kasb tanlashga yo'naltirish Reja: O'quvchilar kollektivi to'g'risida tushuncha. Shaxs va jamoa. Shaxs va tengdoshlar bilan muloqot. Shaxslararo muloqot va munosabat muammolari. Lider haqida tushuncha. Rasmiy va norasmiy liderlar muammosi. Kasb tanlashning tarkibiy qismlari va bosqichlari. Professiogramma. Kasbga oid predmetlarni o'zlashtirish darajasi. Shaxs va uning faolligi. Jamiyat bilan doimiy munosabatni ushlab turuvchi, o'z-o'zini anglab, har bir harakatini muvofiqlashtiruvchi shaxsga xos bo'lgan eng muhim va umumiy xususiyat - bu uning faolligidir. Faollik (lotincha actus - harakat, activus - faol so'zlaridan kelib chiqqan tushuncha) shaxsning hayotdagi barcha xatti - harakatlarini namoyon etishini tushuntiruvchi kategoriyadir. Bu - o'sha oddiy qo'limizga qalam olib, biror chiziqcha tortish bilan bog'liq elementar harakatimizdan tortib, toki ijodiy uyg'onish paytlarimizda amalga oshiradigan mavhum fikrlashimizgacha bo'lgan murakkab harakatlarga aloqador ishlarimizni tushuntirib beradi. Shuning uchun ham psixologiyada shaxs, uning ongi va o'zo'zini anglashi muammolari uning faolligi, u yoki bu faoliyat turlarida ishtiroki va uni uddalashi aloqador sifatlari orqali bayon etiladi. Fanda inson faolligining asosan ikki turi farqlanadi: A. Tashqi faollik - bu tashqaridan va o'z ichki istak-xoxishlarimiz ta'sirida bevosita ko'rish, qayd qilish mumkin bo'lgan harakatlarimiz, mushaklarimizning harakatlari orqali namoyon bo'ladigan faollik. B. Ichki faollik - bu bir tomondan u yoki bu faoliyatni bajarish mobaynidagi fiziologik jarayonlar (moddalar almashinuvi, qon aylanish, nafas olish, bosim o'zgarishlari) hamda, ikkinchi tomondan, bevosita psixik jarayonlar, yani aslida ko'rinmaydigan, lekin faoliyat kechishiga ta'sir ko'rsatuvchi omillarni o'z ichiga oladi. Misol tariqasida hayotdan shunday manzarani tasavvur qilaylik: uzoq ayriliqdan so'ng ona o'z farzandi visoliga etdi. Tashqi faollikni biz onaning bolasiga intilishi, uni quchoqlashi, yuzlarini siylashi, ko'zlaridan oqqan sevinch yoshlarida ko'rsak, ichki faollik - o'sha ko'z yoshlarini keltirib chiqargan fiziologik jarayonlar, ichki sog'inchning asl sabablari (ayriliq muddati, nochorlik tufayli ayriliq kabi yashirin motivlar ta'siri), ko'rib idrok qilgandagi o'zaro bir-birlariga intilishni taminlovchi ichki, bir qarashda ko'z bilan ilg'ab bo'lmaydigan emotsional holatlarda namoyon bo'ladi. Lekin shu manzarani bevosita guvohi bo'lsak ham, uni ifodalagan rasmni qursak ham, taxminan qanday jarayonlar kechayotganligini tasavvur qilishimiz mumkin. Demak, ikkala turli faollik ham shaxsiy tajriba va rivojlanishning asosini tashkil etadi. Bir qarashda har bir konkret shaxsga va uning ehtiyojlariga bog'liq bo'lib tuyulgan bunday faollik turlari aslida ijtimoiy xarakterga ega bo'lib, shaxsning jamiyat bilan bo'ladigan murakkab va o'zaro munosabatlarining oqibati hisoblanadi. Inson faolligi harakat, faoliyat, xulq tushunchalari bilan chambarchas bog'liq bo'lib, shaxs va uning ongi masalasiga borib taqaladi. Shaxs aynan turli faolliklar jarayonida shakllanadi, o'zligini namoyon qiladi ham. Demak, faollik yoki inson faoliyati passiv jarayon bo'lmay, u ongli ravishda boshqariladigan faol jarayondir. Inson faolligini ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.35 KB
Ko'rishlar soni 34 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:35 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.35 KB
Ko'rishlar soni 34 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga