O'quvchilar nutqini o'stirish yo'llari

O'quvchilar nutqini o'stirish yo'llari

O'quvchilarga / Pedagogika
O'quvchilar nutqini o'stirish yo'llari - rasmi

Material tavsifi

o'quvchilar nutqini o'stirish yo'llari Reja: 1. o'quvchilarning nutq malakasi. 2. Orfografiya ustida ishlash. 3. Lugat ustida ishlash va nutq o'stirish. 4. Yagona orfografiya va nutq rejimi. nutq madaniyati jamiyat madaniy-ma'rifiy taraqqiyotining, millat ma'naviy kamolotining muhim belgisidir. haqiqiy manodagi madaniy nutq shaxs umummadaniy saviyasining favkulodda muhim unsurlaridan biridir. Shuning uchun xam mamlakatimizda ma'naviy-ma'rifiy islohotlar davlat siyosatining ustuvor yo'nalishi deb elon qilingan bugungi kunda nutq madaniyati masalalari, farzandlarimizning nutqiy madaniyat ko'nikmalari va malakalarini oshirish,ta'lim jarayonlarining barcha bosqichlarida madaniy nutq muammolarini etarli darajada nazarda tutish xar kachongidan xam dolzarblik kasb etganligi bejiz emas .nutq madaniyati tildan bemalol va maqsadga o'ta muvofik tarzda foydalana olishni ta'minlaydigan ko'nikma, malaka va bilimlarning jamidir. Maktabda bola to'g'ri nutq tuzishga urgatilar ekan, yani uning ongiga adabiy til mezonlariga rioya qilish tajribalari singdirilar ekan, bu mezonlarning kuchli va kuchsiz tomonlarini nazarda tutish kerak. Ona tili ta'limi jarayonida bolada nutq madaniyatini tarbiyalashda asosiy diqqatni kuchsiz mezonlarga karatish kerak. o'quvchi nutqining to'g'ri shakllanishida kattalar nutqining ta'siri katta. Kattalar nutqidagi xar qanday nokislik yoki tugallik sekin-asta bolaning nutqiy ko'nikmalarida barqarorlashib boraveradi. o'quvchilar nutqini o'stirishda o'qituvchi nutqining ta'siri kuchli bo'ladi. Shuning uchun xam o'qituvchi eng avval o'z nutqining shakl va mazmuni bilan o'quvchilarning his-tuyg'ularini, fikrlarini kuzgatmogi darkor. Bu jihatdan karaganda ona tili va adabiyot o'qituvchilarning amaliy faoliyati oldiga juda ko'p talablar kuyiladi. Bolalarning bilimi,dunyoqarashi rivojlana borgan sari, uning nutqi va tafakkuri xam muttasil usib boradi .o'quvchilarning nutq madaniyatini tarbiyalash va ishni muayyan reja asosida olib borish uchun ular nutqidagi nuqsonlar va ularning sabablarini o'rganish katta uslubiy ahamiyatga ega. Malumki, adabiy talaffuzning umumiy me'yorlarini belgilab beruvchi qoidalar to'plami orfografiya deyiladi. o'quvchilarning orfografik malakasini o'stirishda grammatikaning roli katta. o'quvchining nutqini o'stirishda badiiy adabiyotlarni o'qishning ahamiyati katta. Adabiy til me'yorlariga amal qilib talaffuz etish,asosan, ikki yul bilan urgatiladi; 1)adabiy til me'yorlariga amal qilib suzlovchi kishilarga ergashish orqali. 2) izchillik bilan tinmay o'rganish va ongli ravishda uzlashtirish yo'li bilan. Bolaning nutqi kattalarga taklid qilish, eshitish yo'li bilan vijudga keladi. Agar atrofdagi odamlar adabiy tilda suzlasa, bola xam yoshligidan shunga odatlanib boradi.o'quvchilarda taklid qilish qobiliyati kuchli ekanligidan foydalanib,ularga orfografik qoidalarni fakat dars jarayonidagina emas, balki darsdan tashqari vaqtlarda xam urgatib borish zarur. o'quvchilar adabiy tilda talaffuz qilishga o'rganish uchun bir necha bosqichni bosib utadilar: 1.Maktabda adabiy tilga duch keladilar. 2.Asta-sekin adabiy tilga doir ma'lumotlarga duch kela boshlaydilar. 3.o'quvchi yoshligidan uziga malum bo'lgan til dalillari bilan o'zi duch kelgan dalillarni kiyoslay boshlaydi. 4.o'quvchi tushunchasida o'zi urgangan til bilan adabiy til o'rtasida qarama-qarshilik paydo bo'ladi. 5.Nixoyat,o'quvchi adabiy til me'yorlariga amal ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.8 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:35 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.8 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga