O'quvchilar nutqini o'stirishda hamkorlikdagi faoliyatning ahamiyati

O'quvchilar nutqini o'stirishda hamkorlikdagi faoliyatning ahamiyati

O'quvchilarga / Pedagogika
O'quvchilar nutqini o'stirishda hamkorlikdagi faoliyatning ahamiyati - rasmi

Material tavsifi

O'quvchilar nutqini o'stirishda hamkorlikdagi faoliyatning ahamiyati Sh.Xo'jamberdieva, Namangan DU Nutq o'stirish - boshlang'ich ta'limning o'zak masalalaridan hisoblanadi. O'quvchilar nutqi oilada, maktabda, jamoada o'zaro fikr almashish, suhbat, dialog, muayyan mavzuda bahs-munozara, savol-javob shakllarida namoyon bo'ladi. Nutq og'zaki va yozma shakllarda ifoda etiladi. O'quvchi tafakkuri, idroki, tasavvuri, his-kechinmalari fikrni qo'zg'asa, nutq ayni o'y-fikrlarni ifoda qilish vositasiga aylanadi. Bunda o'quvchining o'z qarashlarini bayon tarzida ifoda etishi kuzatilsa, yozma nutqda ushbu bayonning grammatik, punktuatsion, stilistik jihatlardan ravon, mazmunli, izchil va to'g'ri ifoda etilishi nazarda tutiladi. O'quvchida fikr uyg'otish, unga aqliy-hissiy ta'sir ko'rsatish natijasida yuzaga kelgan fikrlar tafakkurda muayyan shaklga ega holda nutqqa ko'chadi. Shu bois fikrning o'quvchi ruhiyati bilan bog'liq shaklga aylanish jarayoni masalaning psixologik jihatlari hisoblanadi. Tez ta'sirlanuvchan bolalarda his-kechinmalar va fikr ham tez uyg'onadi, ammo bunday holatda ular fikrning ifoda shaklini zudlik bilan topishga qiynaladilar. Natijada o'z fikrlarini pala-partish, tartibsiz, shoshilib ifoda qiladilar, nutqda qator xatoliklarga yo'l qo'yadilar. Bahs-munozaralardan chetda turuvchi, talashib-tortishishni xushlamaydigan, ochiq muloqotga kirishishdan ko'ra davraning «u tomonida» turishni maqul ko'ruvchi, «chetdan kuzatuvchi» bolalarning ta'sirlanishi sust kechsa-da, u o'rtoqlarining fikrlarini tinglab, o'z qarashlariga solishtirib ko'rgach, munosabat bildirishadi. Bunday toifaga kiruvchi o'quvchilar o'z fikrini aytishga shoshilishmaydi, his-hayajonlarini ham yaqqol sezdirmaydi. Boshqa guruhga mansub o'quvchilar boshlang'ich sinflarda kam uchraydi: ular o'qituvchi bergan savolga o'ylab, shoshilmasdan javob beradilar; o'z fikrlarini og'zaki va yozma nutqda ravon, mazmunli, mantiqli va ta'sirchan ifodalashga intiladilar. Bunday o'quvchilar kitob o'qishni yaxshi ko'radilar, ayniqsa, badiiy asarlarni sevib mutolaa qiladilar. Ularning bog'lanishli nutqi kitobxonligi sababli ancha rivojlangan, fikrlash salohiyati yuqori, bayon tarzi izchil, og'zaki va yozma nutqi standart talablarga javob beradi. Anglashiladiki, bir sinfdagi 20-30 o'quvchi xilma-xil xarakter, idrok, ruhiyat va tafakkur egalaridir. Ularning og'zaki va yozma nutq darajasi ham turli rivojlanish ko'rsatkichlariga ega. Ayni holatni hisobga olib, o'qituvchi har bir o'quvchining nutq darajasi ko'rsatkichlarini belgilab olishi lozim. Har oy oxirida o'quvchi nutqining o'sish darajalari belgilab boriladi. Yetarli bo'lmagan ko'rsatkichlar bo'yicha o'quvchi bilan alohida ish olib boriladi. Bu ko'rsatkichlarni quyidagicha belgilash mumkin: 1.Kichik hajmdagi matnni o'qish tezligi. 2.Matn bo'yicha savollarga qaytargan to'g'ri javoblar soni. 3.O'quvchining bog'lanishli nutqi (og'zaki va yozma shakllardagi nazorat natijasi). 4.Yozma nutq bo'yicha berilgan o'quv topshiriqlari va nazorat ishlari natijalari bo'yicha to'plagan ballari. 5.O'quvchining muayyan matn mazmunini qayta hikoyalash va bayon qilish darajasi. 6.Kitobxonlik darajasi (mustaqil o'qilgan badiiy asarlar soni; asar haqida o'z mustaqil fikrini bayon qila olishi; asar voqealari bilan qahramonlarga munosabat bildira olish darajasi). Belgilangan darajalardan qaysi biriga o'quvchi imkoniyatlari yo faoliyati javob bermasa, o'quvchi yordamchi topshiriqlar vositasida bu ko'rsatkichni ko'tarishda hamkorlikda ish olib borishi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.42 KB
Ko'rishlar soni 35 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:35 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.42 KB
Ko'rishlar soni 35 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga