O'quvchilar ongi va qalbiga milliy istiqlol g'oyasini singdirish yo'llari Reja: 1. O'quvchilar ongi va qalbiga milliy istiqlol g'oyasini singdirish muammosi. 2. Milliy istiqlol g'oyasining negizlari. 3. Biologiyani o'qitishda o'quvchilarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash yo'llari. O'quvchilar ongi va qalbiga milliy istiqlol g'oyasini singdirish muammosi ta'lim tarbiya jarayonida samarali usul va vositalardan foydalanishni taqozo etadi. G'oya - deb, inson tafakkuri maxsuli sifatida paydo bo'lib, shaxsiy munosabatni emas, ijtimoiy maqsadni ifoda etadigan fikrga aytiladi. Mafkura- muayyon ijtimoiy guruh, millat, xalqning maqsadni ifoda etadigan, ularni uyushtirib, safarbar qilib, dunyoqarash va e'tiqod asoslarini shakllantiradigan g'oyalar tizimidir. O'quvchilar ongi va qalbiga milliy istiqlol g'oyasini singdirish ta'lim muassasalaridagi faqat ijtimoiy gumanitar yo'nalishdagi fanlarning vazifasi bo'lib qolmasdan, balki o'rta maxsus, kasb hunar ta'limi o'quv rejasidan o'rin olgan barcha o'quv fanlarining vazifasi sanaladi. Bu boradagi ma'naviy ma'rifiy ishlar keng ko'lamda olib borilib, ta'lim tarbiya jarayonining barcha jabhalarida asosiy o'rinni egallashi lozim. Xususan, biologiyani o'qitishda o'quvchilarda Vatan tuyg'usini shakllantirish Ona Vatanga, uning tabiatiga mehr muhabbat uyg'otish va boyliklarini asrab avaylash, tabiatdagi o'simliklar va hayvonlarga nisbatan ongli va to'g'ri munosabatni tarkib toptirish, ekologik madaniyatni yuksaltirishni maqsad qilib qo'yadi. «Hozirga vaqtda eng muhim, eng dolzarb vazifamiz jamiyatimiz a'zolarini, avvalambor, voyaga yetib kelayotgan yosh avlodni kamol toptirish, ularning qalbida milliy g'oya, milliy mafkura, o'z Vataniga mehr sadoqat tuyg'usini uyg'otish, o'zligini anglash, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashdan iboratdir. Shunga ko'ra, hozirgi kunda har tomonlama kamol topgan, o'zida yuksak axloqiy fazilatlarni mujassamlashtirgan, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, mustaqillik prinsiplari va Ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalangan, ta'lim va kasbhunar dasturlarini ongli tanlab, puxta o'zlashtirgan, jamiyatimizdagi ijtimoiyiqtisodiy o'zgarishlarga, turmushga moslashgan, sog'lom turmush tarzi va mehnat ko'nikmalari shakllangan, jamiyat, ( Milliy istiqlol g'oyasi: asosiy tushunchalar va tamoyillar. Toshkent «O'zbekiston» 200 I.A.Karimov Xushyorlikka dav'at Toshkent «O'zbekiston» 199 yil 16 bet ) Karimovning Milliy istiqlol g'oyasi: Asosiy tushunchalar va tamoyillar risolasida qayd etilishicha, milliy istiqlol g'oyasi O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, demokratiya tamoyillariga asoslanadi, xalqimizning asrlar davomida shakllangan yuksak ma'naviyati, an'ana va udumlari, ulug' bobokalonlarimizning o'lmas merosidan oziqlanadi. Shu o'rinda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga nimalar kiradi? degan savol tug'ilishi tabiiy. Milliy qadriyatlar alohida olingan xalq, millat va elatlarning o'z tarixiy taraqqiyoti davomida yaratgan va yaratadigan barcha moddiy va ma'naviy boyliklari, urf odatlari, marosimlari, bayramlari va millatning o'zligini belgilaydigan o'ziga xos tamoyillari yig'indisidan iboratdir. Bu o'ziga xoslik moddiy, ma'naviy, ijtimoiy, oilaviy hayot, turmush tarzida namoyon bo'ladi. Bundan tashqari xalq amaliy san'ati, xalq o'yinlari, rasmrusumlari, urf odatlari, marosimlari ham milliy qadriyatlarga kiradi. Biologiyani o'qitishda o'quvchilarni milliy qadriyatlar ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:38:28
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
8.81 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:35
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:38 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
8.81 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:35 ]
Arxiv ichida: doc