o'quvchilar ongiga pedagogik ta'sir ko'rsatish metodikasi Reja: Pedagogik ta'sir haqida tushuncha. Pedagogik ta'sirning usullari. Kichik yoshdagi bolalar ongiga ta'sir etish metodikasi. Pedagogik ta'sir haqida tushuncha. Pedagog o'z usullarini yo'q narsadan yaratmaydi, ularni o'ylab topmaydi. U bolalar hayotini pedagogik jihatdan maqsadga muvofiq tarzda tashkil etish vazifalariga javob beradiganlarini tanlab oladi. Pedagogik ta'sir ko'rsatish mohiyati - pedagog tomonidan bolalar ongiga ijobiy ta'sir qilish, ularni ishontirish maqsadida ta'sir etish. Pedagogika fanida bu masala eng muim va dolzarb muammolardan biri bo'lib hisoblanadi. Pedagogik ta'sir tarbiya tizimini uslubiy bo'limning tarkibiy qismidir (3-mavzu, 2-chi jadvalga qarang). Bundan tashqari, pedagogik ta'sir, xususan, pedagogik talab, pedagogik jarayonini boshqarish zaruriyatidan kelib chiqadi. Pedagogik ta'sir barcha ta'lim - tarbiya jarayonida keng tarqalgan, chunki o'qituvchi xam darslarda, xam darsdan tashqari vaqtlarda bolalarni boshqaradi. Pedagogik ta'sirni usullari. Pedagogik ta'sir ko'rsatishning asosiy usullari: talab, istiqbol, rag'batlantirish va jazolash, jamoatchilik fikridir. Talab pedagogik tajribada juda keng tarqalgan usul bo'lib, ta'lim va tarbiya jarayonida pedagogning tarbiyalanuvchiga shaxsiy munosabatni namoyon bo'lish yo'li bilan u yoki bu xatti harakatlarning rag'batlantirishini ta'minlaydi. Istiqbol - ta'sir ko'rsatishning juda ta'sirchang usuli bo'lib, u bolalarning xatti-harakatlarini ular oldiga maroqli maqsadlar qo'yish yo'li bilan ta'minlaydi. Rag'batlantirish va jazolash tarbiyaning eng an'anaviy usuli bo'lib,. Bolalar xulq-atvoriga tuzatish kiritishda, yani foydali xatti-harakatlarini qo'shimcha rag'batlantirish va tarbiyalanuvchilarning nomaqul xatti-harakatlarini to'xtatishni ta'minlaydi. Jamoatchilik fikri ta'sir ko'rsatishning qudratli usuli bo'lib, Bolalarning ijtimoiy foydali faoliyatini g'oyat xar tomonlama muntazam rag'batlantirib borishni ta'minlaydi. Kichik maktab yoshidagi bolalar ongiga pedagogik ta'sir ko'rsatish metodikasi. Tarbiya jarayonida samarali natijalarga erishish uchun pedagogik ta'sir ko'rsatish usullaridan to'g'ri foydalanish zarur. Talab pedagogik ta'sir ko'rsatishning boshlang'ich usuli bo'lib, tarbiyalanuvchilarning muayyan faoliyatini rag'batlantirishning yoki to'xtatishini aniq, amaliy hamda, axloqiy sifatlarini namoyon qilishni ta'minlaydi. Talab qilish usuli bolalarning ko'pincha axloqiy sifatlarini shakllantirishga yordam beradi. Lekin tarbiyalanuvchilarda o'ziga nisbatan mas'uliyat va talabchanlikni rivojlantirishda aloida vazifani bajaradi. Pedagogik ta'sir ko'rsatish usuli bo'lgan talabning ahamiyati katta rolp o'ynaydi. O'qituvchi bolalar bilan ishlar ekan, binobarin ularning faoliyatini tashkil etar ekan, o'z ko'rsatmalari bilan o'quvchilarning ayrim xarakterini rag'batlantiradi. O'qituvchi tomonidan berilgan barcha ko'rsatmalar va tushintirishlar, mulohaza va tanbexlar pedagogik ta'sir ko'rsatishning eng muim usuli bo'lgan talab qilishning to'g'ri shakllarida aytiladi. Shuning uchun pedagogning talabsiz o'quvchilarning o'quv va ijtimoiy faoliyatini tashkil etishni tasavvur etib bo'lmaydi. Talab mazmun jihatdan xam, shakli jihatdan xam rivojlanib boradi. Pedagog to'ppa-to'g'ri talabni qo'yar ekan, bolalar bilan muayyan munosabatlarga kirishadi va ayni vaqtda ularda bajariladigan faoliyatga munosabatini shakllantiradi. Tarbiyachining bolaga va qilayotgan ishlarga bo'lgan munosabati xarakteriga mos keladigan barcha bevosita talablar uch gruppaga bo'lishi mumkin. Birinchi gruppa - pedagogning ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:38:28
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
10.68 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:35
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:38 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
10.68 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:35 ]
Arxiv ichida: doc