O'quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish

O'quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish

O'quvchilarga / Pedagogika
O'quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish - rasmi

Material tavsifi

O'quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish Reja: Aql-dunyoqarash mezoni Dunyoqarash pedagogik jarayon sifatida Ilmiy dunyoqarash O'sib kelayotgan yosh avlodning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish hamma davrlarda bo'lgani kabi, hozir ham millatning ilg'or kishilari diqat markazida bo'lib kelmoqda. Xo'sh, dunyoqarashni o'zini qanday tushunish kerak? Dunyoqarash-bizni o'rab olgan borliq nima, u qanday rivojlangan, tabiatda qanday inson o'rin tutadi, uning ongi qanday paydo bo'ldi va kamol topdi, jamiyatning yaralish tarixi qanday, inosniyat turmush darajasini qanday qilib yaxshilash mumkin va shu kabi masalalarga kishilarning turlicha qarashlari, munosabatlaridir.Inson o'z faoliyatida ma'lum ilmiy bilimlardan, qonuniyatlardan,tushuncha va g'oyalardan foydalanadi. Ana shu bilimlarga asoslanib, tabiat, jamiyat va inson tafakkuri hodisalarini baholaydi, ularni o'ziga talqin etib, ma'lum xulosalarga keladi. Kaykovusning Qobusnoma, IV asrdagi hind faylasufi Beydaboning Kalila va Dimna asarlari, Ramayana, Maxabhorat dostoni, Yusuf Xos Hojibning qutadg'u bilig, Nosir Hisravning Saodatnoma, Sa'diyning Guliston va Bo'ston, Abdurahmon Jomiyning Bahoriston, Navoiyning Mahbub ul qulub, Ahmad Donishning O'g'illarga nasihat bundan tashqari o'tmishning Chor darvesh, Ming bir kecha, Qur'oni karim, Hadisi sharifdagi asarlarda ham juda katta, qimmatbaho va boy ma'naviy-madaniy meros bo'lib, sharq va g'arb xalqlari ming yillar mobaynida bulardan bahramand bo'lganlar. . Dunyoqarash faqat insongagina xos xususiyat bo'lib, hayvonot dunyosi, boshqa narsa, buyumlar va mavjudot uchun bu hol yotdir, ularda ham dunyoqarash bo'ladi, deb o'ylash bema'nilik bo'lur edi. Bilimni egallash murakkab ziddiyatli jarayon bo'lib, u insondan eng avvalo fiziologik jihatdan barkamollikni, ya'ni 5 asosiy sezgi organlarini bus-butun bo'lishini, hamda bilim olish uchun tinimsiz mashq qilishni, qunt bilan mehnat qilishni talab qiladi. Dunyoning va butun borliqning ko'rki insondir. Inson o'z go'zalligi va murakkabligi bilan yer yuzidagi barcha mavjudotlardan afzaldir. Insonning tafakkuri, aqli bor. U shu aql yordamida ilm egallaydi. Ilm tufayli dunyoni biladi va uni boshqaradi. Hayvonlar tabiatga u qanday bo'lsa, shundayligicha moslashib yashayveradilar. Inson esa tabiatni o'ziga moslashtiradi, o'zgartiradi. Dunyoni bilishda ijtimoiy-tarixiy amaliyot, tafakkur va u bilan bog'liq bo'lgan til materialistik dialektikaning bilish nazariyasi uchun asosdir. Dunyoni bilish, idrok qilish tashqi dunyoni inson sezgilari orqali aks ettirishdan boshlanadi. Ilmiy dunyoqarash ijtimoiy-tarixiy hodisa sifatida doim vorislik asosida rivojlanadi. O'tmish dunyoqarashlari yangi davr dunyoqarashining ildizini tashkil etib, uni kerakli hayotbahsh ozuqa bilan ta'minlab turadi Yoshlarni tarbiyalashda, ularni axloq-odobli, tartib-intizomli qilishga, ota-onaga mehribon bo'lishlarida, matonatli, chidamli, mehnatsevar,vatanparvar, insonparvar bo'lib shakllanishida mas'uldir. Dunyoqarashning shakllanishida har bir ota-ona ularni yoshlik chog'idan sabr-toqatli, bardoshli,quntli, qanoatli bo'lishga o'rgatmoqlari shartdir. Ilmiy dunyoqarash xususida gap borganda avvalo, o'quvchilar, yoshlar, unga zid, qarama-qarshi turgan diniy, fantastik, mifologik, ateistik va boshqa g'ayri ilmiy dunyoqarashlar borligi uchun ham ilmiy dunyoqarashni shakllantirish zarurligini tushunmoqlari, bu haqda to'g'ri fikr yuritishni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 183.83 KB
Ko'rishlar soni 59 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:36 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 183.83 KB
Ko'rishlar soni 59 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga