O'quvchilarda intizomlilikni tarbiyalashning usul va metodlari

O'quvchilarda intizomlilikni tarbiyalashning usul va metodlari

O'quvchilarga / Pedagogika
O'quvchilarda intizomlilikni tarbiyalashning usul va metodlari - rasmi

Material tavsifi

O'quvchilarda intizomlilikni tarbiyalashning usul va metodlari Sinf rahbari o'z o'quvchisini doimo o'rganib borishi uchun faqat o'quvchilar bilangina emas, balki o'qituvchilar bilan, o'quvchilarning ota-onalari bilan ham ish olib borishi kerak. Sinf xonasining jihozi va ko'rinishi o'quvchilarning estetik tarbiyasiga jiddiy ta'sir ko'rsatadi. Sinf rahbarining ko'rgazmali qurollardan samarali foydalanish, o'quvchilarni darsdan bo'sh vaqtlaridan foydalanish va bolalar ijodiy qobiliyatlarini o'stirishda ularni har tomonlama kamol toptirishga yordam beradi. Darsdan tashqari vaqtlarda o'quvchilarning jamoat toshiriqlarini bajarishini, to'garaklarda ishtirok etishini nazorat qilish kerak. Bolalarni sevish, ularni hurmat qilish yaxshi xislatlarni yuzaga keltirishi mumkin. Agar o'qituvchi o'z o'quvchilariga nisbatan befarq, ayniqsa mensimasdan munosabatda bo'lsa, bunday o'qituvchini o'quvchilar hurmat qilmaydi va obro'si tushib boradi. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning samaradorligini oshirish avvalo komil insonni shakllantirishning eng zamonaviy va qulay yo'nalishlarini topib joriy etishga bog'liq. Tarbiyaviy ishlarni davr talabiga javob beradigan holda keltirish uchun tarbiyaning asosi bo'lgan barcha g'oyalar qaytadan ko'rib chiqilishi, asosiy e'tibor bola shaxsiga qaratilishi, yillar davomida to'plangan ijobiy tajribadan unumli foydalanish zarurligini taqozo etadi. O'zbekistonda yoshlarni barkamol insonlar qilib tarbiyalash, ular ongiga umuminsoniy va milliy-madaniy, ma'naviy, axloqiy qadriyatlarni singdirishi talab etiladi. O'quvchilarda intizomlilikni tarbiyalashda sinf rahbari o'z oldiga quyidagi maqsad va vazifalarni qo'yadi: yosh avlodni ma'naviy-axloqiy tarbiyalashda xalqning boy milliy, ma'naviy tarxiy an'analarga, urf-odatlari hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan samarali tashkiliy, pedagogik shakl va vositalarni ishlab chiqib amalga joriy etishidir; shaxsning aqliy, axloqiy, erkin fikrlovchi va jismoniy rivojlanishi uning qobiliyatlarini har tomonlama ochish uchun imkoniyat yaratishi; yoshlarni erkin fikrlashga tayyorlash hayot mazmunini tushunib olishga ko'maklashish, o'z-o'zini idora va nazorat qila bilishini shakllantirish, o'z shaxsiy turmushiga maqsadli yondashuv, ularda reja va amal birligi 'issini uyg'otish; o'quvchilarni milliy, umuminsoniy qadriyatlar, vatanimizning boy ma'naviy merosi bilan tanishtirish, madaniy hamda dunyoviy bilimlarni egallashga bo'lgan talablarini shakllantirish, malaka hosil qildirish, tobora o'stirib-boyitib borish va estetik tushunchalarni shakllantirish; har bir o'quvchini bilimdonligini va ijodiy imkoniyatlarini aniqlab ularni rivojlantirish, inson faoliyatining turli sohalarda joriy qilib ko'rish. Bolalar ijodkorligi, iqtidorini yuzaga chiqarish va yanada qo'llab-quvvatlar uchun shart-sharoitlar yaratish; insonparvarlik odobi me'yorlarini shakllantirish, birg'birini tushunadigan, mehribonlik, shaftaqlilik, irqiy va milliy kamsitishlarga toqatsizlik, muomala odobi kabi tarbiya vositalari (nohaqlikka, yolg'onchilik, tuxmat, chaqimchilikka toqatsizlik) keng qo'llanilishi lozim; vatanparvarlik, dunyoviy fikrlash, jamiyatimizda yashayotgan odamlar bilan o'zaro munosabat - muloqotni o'rganish, o'z xalqiga, davlatiga, uning himoyasi uchun hamisha shay bo'lib turish, O'zbekiston Resublikasi va boshqa davlatlarning ramzlariga hurmat bilan qarash, yosh avlodni O'zbekiston Konstitutsiyasiga, bayrog'iga, gerbiga, madhiyasiga, prezidentiga sadoqatli qilib tarbiyalash; qonuniy jamoa axloqi va turmush qoidalariga hurmat bilan qarashni tarbiyalash, shaxsning noyob qirralarini belgilovchi fuqarolik va ijtimoiy mas'uliyat hislarini ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 41.76 KB
Ko'rishlar soni 54 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:36 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 41.76 KB
Ko'rishlar soni 54 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga