O'quvchilarda mehnatga ijobiy munosabatni qaror toptirish Mehnat tarbiyasi - Talabalarni umumiy mehnat bilimlari va ijtimoiy foydali mehnat malakalari bilan qurollantirish. Mehnatsevarlik, mehnatning har xil shakllarini tavsiya etish qobiliyatini namoyon etib, tadbirkorlik va ijodiy yondashuvni namoyon etish xususiyatlarining egasi sifatida shakllantirish. Mehnat tarbiyasi - har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirishining muhim tamoyili. Mehnat tarbiya jarayonida shaxs rivojining bosh omili, dunyoni ijodiy o'zlashtirish, turli sohalardagi mehnat tajribalarini egallash usuli, umumiy ta'limning ajralmas qismi sifatida yuzaga chiqadi. Mehnat tarbiyasining asosiy vazifasi - o'quvchilarni mehnat jarayonlari, vositalari, predmetlari haqidagi bilimlar, ishlab chiqarish mehnatini amalga oshirish uchun zarur bo'lgan umummehnat va maxsus ko'nikma va malakalar bilan qurollantirish. Bundan tashqari mehnat tarbiyasi quyidagi vazifalarni hal qiladi: mehnatga samimiy munosabatni; mehnatga qiziqishni, chin dildan bajarilgan vazifadan zavqlanish hissini va mehnatga oid bilimlarni amaliyotda qo'llashni; mehnatdagi intizomlilikni tarbiyalash. Inson hayotida mehnat tarbiyasining roli. Mehnat inson hayoti, uning farovon turmush kechirishi uchun hamisha asos bo'lib kelgan va shunday bo'lib qoladi. Mehnat - farovon va baxtli hayot kechirishning eng asosiy sharti bo'lganligi sababli hamma fuqarolar uchun majburiydir. Mehnat odamlarning biror maqsad uchun sarflangan vaqti, aqliy va jismoniy kuchi yoki zarur faoliyatidir. Mehnatsiz yashash mumkin emas. Barcha tirik mavjudot nimanidir iste'mol qilish hisobiga yashaydi. Yerda yashovchi mayda qurt-qumursqadan tortib parrandalargacha, suv oslida yashovchi jonivorlardan tortib, ulkan hayvonlargacha ovqatsiz yashay olmaydi. Huddi shuningdek, odamlar ham uzluksiz ovqatlanadi, hayot kechiradi. Boshqa tirik mavjudotlardan farqli o'laroq, odamlar qiyinishadi, uy-joy qurishadi, savdo-sotiq qilishadi, kitob o'qishadi, ijod qilishadi. Bu ishlarni amalga oshirish uchun boylik, ya'ni tirikchilik manbayi bo'lgan pul kerak. Pul topish uchun, o'zlariga kerakli narsalarni yaratish uchun odamlar mehnat qilishlari lozim. Mehnat jarayonidagi oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshqa zarur narsalar yaratiladi. Mehnat inson hayotini sermazmun qiladi va boyitadi. Odamlar mehnat qilish jarayonida sog'liqlarini mustahkamlaydilar obro' orttiradilar va o'z kelajaklarini yaratadilar. Ota-bobolarimiz asrlar davomida mehnatni ulug'lab kelishgan, o'zlari sidqidildan mehnat qilishgan. Bizga ulardan meros bo'lib qolgan barcha xazinalar- ilmiy-badiiy kitoblar, turli xildagi san'at asarlari, me'morchilik obidalari va boshqa narsalar ana shu mehnatning mahsulidir. Jahon fanining rivojiga bebaho hissa qo'shgan Al-Xorazmiy, Ibn Sino. Ismoil Buxoriy, Mirzo Ulug'bek, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur singari bobokalonlarimiz mehnatsevarliklari tufayli ulkan yutuqiarni qo'lga kiritishgan va yoshlarni ham mehnatni sevishga, mehnatsevar bo'lishga chaqirishgan. Shu boisdan, jahondagi barcha xalqlarning maqollarida bo'lgani kabi, o'zbek maqollarida ham mehnat va mehnatsevarlik g'oyasi markaziy o'rinlardan birini egallaydi. Suvsiz hayot bo'lmas, mehnatsiz rohat, Mehnat qilsang yasharsan, katta-katta osharsan, Oltin o'tda toblanar, odam - mehnatda, Mehnat bilan qarisang, rahmat bilan yasharsan, Uzoq umr siri mehnatda kabi maqollar bejiz yaratilmagan. Mehnat shaxsni ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:38:28
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
686.84 KB
Ko'rishlar soni
36 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:36
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:38 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
686.84 KB
Ko'rishlar soni
36 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:36 ]
Arxiv ichida: ppt