O'quvchilarni bilim, ko'nikma va malakalarini tashxis etish REJA: 1. Ta'lim olganlikni tashxis etishning mohiyati. O'quv jarayonida nazorat va hisobga olish funksiyalari. 2. Ta'lim olganlikni natijalarini tekshirish va baholash tamoyillari. 3. O'quv faoliyati natijalarini hisobga olish turlari, shakllari va metodlari. Bilim, ko'nikma va malakalarni baholash mezonlari. Diagnostika (tashxis)- bu didaktikda jarayon kechadigan barcha sharoitlarni oydinlashtirish, uning natijalarini belgilash demakdir. Tashxissiz didaktik jarayonni samarali boshqarish, mavjud sharoit uchun optimal natijalarga erishish mumkin emas. Ta'lim olganlikni tashxislash orqali erishilgan natijalar va ta'lim olganlik ajratib olinadi. Shuningdek, ta'lim olganlik tashxislash vaqtida belgilangan maqsadni amalga oshirish darajasi sifatida ham qaraladi. Didaktik tashxislashning maqsadi o'quv jarayonida kechadigan barcha jihatlarni uning mahsuli bilan bog'liq holda, o'z vaqtida aniqlash, baholash va tahlil qilishdan iborat. Yuqoridagilardan ma'lum bo'ladiki, tashxis ta'lim oluvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini an'anaviy tekshirishga nisbatan kengroq va chuqurroq ma'no kasb etadi. Ta'limni baholash yoki tekshirish faqat natijalarni qayd etadi, biroq ularning kelib chiqishini izohlamaydi. Tashxis natijalarni ularga erishish yo'llari va vositalari, usullari bilan aloqadorlikda baholaydi, ta'lim mahsulining shakllanish jarayonlari va bosqichlarini aniqlaydi. Tashxislashning asosiy komponentlari: nazorat, tekshirish, baholash, statistik ma'lumotlar to'plash, ularni tahlil qilish, dinamika, tendensiyalarni aniqlash, voqealarning keyingi rivojini taxminlashni o'z ichiga oladi. O'zlashtirishning asosiy nazorat ko'rinishlari Pedagogik amaliyotida o'quvchilar o'quv faoliyatini Nazorat qilishning quyidagi turlaridan foydalaniladi: joriy nazorat yakuniy nazorat oraliq nazorat Joriy nazorat o'qituvchi tomonidan o'quvchilarning har bir o'quv ishini muntazam nazorat qilishni hamda ularning o'rganilgan mavzularni o'zlashtirish bo'yicha bilim, ko'nikma va malakalari darajasini tekshirishni o'z ichiga oladi. Bilim darajasini tekshirish fanning har bir mavzusi bo'yicha kundalik ballar qo'yib borishni nazarda tutadi. Joriy nazorat o'qituvchini har bir o'quvchining o'quv faoliyati bo'yicha tezkor ma'lumotlar bilan ta'minlaydi, o'qitish jarayonini boshqarishda yaxshi natija beradi, o'zlashtirmagan o'quvchilarni o'z vaqtida aniqlaydi, o'zlashtirmaslikni bartaraf etish bo'yicha choralar belgilaydi. Oraliq nazorat- bu o'quvchilar tomonidan mazkur fanning muayyan bob yoki bo'limlarining o'zlashtirilganini tekshirish. Oraliq nazoratni o'qituvchi dars jadvali asosida darsda o'quv materialining o'ziga xos xususiyatini hisobga olgan holda o'tkazadi. Oraliq nazorat o'tkazishdan oldin o'quvchilar ogohlantiriladi. Har bir oraliq tekshirish alohida-alohida shkala asosida baholanadi. Yakuniy nazorat- choraklik, yarim yillik, yillik va davlat attestatsiyasi sinovlari singari turlarga bo'linadi. Yakuniy nazorat og'zaki, yozma, test hamda amaliy topshiriqlarni bajarish metodlari asosida o'tkaziladi. Nazoratning asosiy besh shakli Shkalalash- aniq jarayonlarni raqamlar tizimi yordamida modellashtirish. Reyting nazoratida o'quvchilarning o'quv faoliyatini nazorat qilishning yuqorida keltirilgan metodlari bilan birga test usulidan ham samarali foydalanilmoqda. Test so'rovidan nafaqat o'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalari darajasini aniqlash, balki 1993-yildan boshlab O'zbekiston Respublikasida abuturiyentlarni oliy o'quv yurtlariga tanlov asosida qabul qilish jarayonida ham ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:38:28
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.19 MB
Ko'rishlar soni
103 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:36
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:38 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.19 MB
Ko'rishlar soni
103 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:36 ]
Arxiv ichida: pptx