o'quvchilarni erkin fikrlashini rivojlantirishda interfaol usullarni qo'llanilishining ahamiyati O'qitishning interfaol usullari Noan'anaviy (interfaol) dars mashg'ulotlari hamkorlik muloqoti va ikki yoklama aloqa; Rolli, ishbilarmonlik va didaktik o'yin-darslar; Noan'anaviy dars bosqichlari va tamoyillari; Kichik guruhlarda ishlash xususiyatlari haqida bilim berish. Interfaol metod va ularning strategiyasi Interfaol mashg'ulotlar Pedagogik jarayonni tashkil etishda xar bir talabaning shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish zarur. Bunda talabaning bilimi ortadi, shaxsiyati rivojlanadi va o'quv jarayonining maxsuldorligi kupayadi. Malumki yaxshi uzlashtirish uchun shunchaki tinglab, yozib utirish etarli emas, balki shu material ustida faol ishlash, uylab ko'rish, muxokama qilib chiqish, yordamchi vazifalar bajarishi kerak. hozirgi paytda biz pedagoglarning asosiy vazifamizdan biri talabada mustaqil shugullanish malakasini hosil qilishidir. Interaktiv usullardan foydalanilganda, talabaning barcha psixik jarayonlari idrok ong, diqqat, xotira, sezgi, aql, tasavvur, tafakkuri ishga tushib, muammoni yechish uchun izlashga, kidirishga, fikrini rivojlantirishga yunaltiriladi. Bunda materialni uzlashtirishga bo'lgan ehtiyoj, mayl ortib boradi va natija xam samarali bo'ladi. Interaktiv usullar amaliy mashg'ulot vaqtida o'tkazib, ma'ruza bilimlarini chuqurlashtirish, kengaytirish, aniklashtirish mustahkamlash va rivojlantirish uchun mo'ljallangan. Interfaol metodlar mashg'ulotlarni tashkil qilish usullari Bu metodlar bo'yicha ishlash uchun 5 kishidan iborat guruhlar tuzib, ishonchli vaziyatni vujudga keltirib, oshkora muxokama qilish uchun psixologik keskinlikni bartaraf etish kerak. Afzalliklari: Katnashchilarga o'z g'oyalari va fikrlari bilan kuprok urtoklashishi, ularning bir-biridan o'rganishi uchun imkon beradi. Kichik guruhlarda katnashchilar katta guruhda aytishlari mumkin bo'lgan fikrlardan boshqacha fikrlarni aytishlari mumkin . diqqat markazini pedagogdan katnashchilarga kuchiradi. Katnashchilarni o'z ustlariga kuprok mas'uliyat olishga majbur qiladi. Interfaol mashg'ulot turlari Miya hujumi Talabalarga pedagogika tarmoqlarini sanab berish topshiriladi. Javob berilayotganda - javoblar izohlanmaydi yoki o'rinsiz deb rad etilmaydi. Javoblar tugagach talabalar o'qituvchi bilan birgalikda javoblarni muhokama qilishadi. Yoki psixologiyadan tafakkur operatsiyalarini sanab berish topshiriladi. Guruh a'zolari shu mavzu yuzasidan gaplashib, miyaga nima kelsa, shularning xammasini daftarga yozib olishadi. Keyin hamma o'z fikrini bayon etadi. G'oyalarni yozish uchun bir kishini ajratish kifoya qiladi. Bu metod guruhni birlashti-rib, yakdil qiladi. Mojaro metodi axloqiy tarbiya mavzusi bo'yicha muammoli vaziyat ko'rinishidagi topshiriq beriladi. Shu topshiriqni tahlil qilib, tez karor kabul qilish zarur. Yoki psixologiyadan diqqat mavzusi bo'yicha turli muammoli vaziyatlar berilishi mumkin. Bu metod talabalarga tez fikrlashni va favkulodda vaziyatlarda ishlashni urgatadi Dumalok stol metodi Topshiriq yozib qo'yilgan qog'oz varag'i davra bo'ylab o'tkaziladi. Har bir talaba o'zining javob variantini yozib qo'yadi va varaqni boshqa talabaga uzatadi. Javoblar tugagach, muhokama bo'ladi. Noto'g'ri javoblar uchiriladi, to'g'ri javoblar soniga qarab talabalar baholanadi. Masalan: 1 Pedagogikaning asosiy kategoriyalarini ko'rsating. 2 Pedagog mahoratlarini aytib bering. Yoki 1 Shaxs komponentlarini belgilab bering. 2 Leongard bo'yicha xarakter ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:38:28
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
2.2 MB
Ko'rishlar soni
29 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:36
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:38 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
2.2 MB
Ko'rishlar soni
29 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:36 ]
Arxiv ichida: ppt