Mavzu: O'quvchilarni faoligini oshirishda interfaol metodlarni o'rni Ta'lim metodlari va ularning turlari. O'qitishdan ko'zlanadigan maqsad bu davlat ta'lim standartlarida belgilangan bilim va ko'nikmalarini o'quvchiga yetkazishdan iborat. qachonki o'quvchi tomonidan bilim qabul qilinsa va tushunib yetilsa yoki o'quvchi malaka oshirish uchun mo'ljallangan topshiriqlarni amalda namoyish etib bera olsagina o'qitish muvaffaqiyatli kechdi deb hisoblasa bo'ladi. Ma'lumki, ta'lim olish (ma'lumot olish) jarayoni - bu ma'naviy va aqliy qobiliyatlarni tizimli rivojlantirib borish, bilim va tushunchalarni shakllantirish va olingan bilimdan foydalana olish qobiliyatini tarkib toptirishdan iborat jarayondir. Bu jarayon ta'lim oluvchining o'zi orqali yoki boshqa birov- ta'lim beruvchining ko'magida amalga oshirilishi mumkin. Ta'lim olish jarayoni esa turli xil metodlarga(usullarga) tayangan holda kechadi. Metod - grekcha Metodos so'zidan olingan bo'lib, izlanish yoki bilish yo'li, nazariya, ta'limot ma'nosini anglatadi. Ta'lim metodini(usuliAni) - ta'lim oluvchi va ta'lim beruvchining ma'lum maqsadga qaratilgan, birgalikdagi faoliyatini tashkil qilishning muayyan tizimga va tartibga solingan yo'l-yo'rig'i sifatida ta'riflash mumkin. Ta'lim modelini, esa bir yoki bir nechta ta'lim metodlari yordamida amalga oshiriladigan ta'lim jarayoni amalga oshirish tuzilmasi, deb qarashimiz mumkin. Ta'lim metodi - bu ta'lim oluvchi va ta'lim beruvchining ma'lum maqsadga qaratilgan, birgalikdagi faoliyatini tashkil qilishning muayyan tizimga solingan yo'l-yo'rig'i. Ta'lim metodlarini ta'lim maqsadlariga erishish bo'yicha o'quvchi va o'qituvchining birgalikdagi ish faoliyatini tashkil qilishning belgilari bo'yicha quyidagicha guruhlarga bo'lish mumkin: O'qituvchi markazda bo'lgan uslublar; O'quvchi markazda bo'lgan (interfaol yoki interaktiv) uslublar. Odatda ushbu uslublardan biri yoki bir nechtasi ayrim o'qitish modellarida birvarakayiga foydalaniladi. Odatda dars jarayoni ikki yoki undan ortiq asosiy uslublardan tashkil topadi va bu uslublar dars mavzusiga to'la muvofiq bo'lib, o'quvchilarning bilim va tajribasi qay bosqichda ekanligiga qarab qo'llaniladi. O'qituvchi markazda bo'lgan uslub. Bu uslub orqali o'qituvchi o'zi egallagan ma'lumot va ko'nikmalarni o'quvchilarning sezgi organlari orqali uzatish yo'llarini qidiradi. Bunda o'quvchilarning ishtiroki passiv bo'ladi, ya'ni ular tinglaydilar, kuzatadilar va ma'ruzalarni yozib boradilar. Bu uslublar asosan o'qituvchining qo'yidAagi faoliyat turlari orqali amalga oshiriladi: Og'zaki o'qitish usuli (ma'ruza, hikoya) Insonlar o'rtasidagi eng sodda muloqot yo'llaridan biri - og'zaki nutq - og'zaki ta'rif yoki asosiy mazmunning og'zaki ifodasi hisoblanadi. Bu uslub butunlay «so'zlash» orqali amalaga oshiriladigan o'qitishning eng rasmiy uslubi hisoblanadi. U 40 daqiqa yoki undan uzoqroq davom etadi va odatda o'quvchining ishtiroki uchun hech qanday imkoniyat qoldirmaydi.Bunda asosan o'quvchining eshitish qobiliyati ishga solinadi. Yangilik kashf etish orqali o'rganish usuli Bu yondashuv o'quvchilarning egallagan nazariy bilimlarini tadbiq etish bilan bir qatorda ularning o'z-o'zlarini rag'batlantirish orqali bilim va ko'nikmalar to'plashlariga sharoit yaratadi. Asosiy tamoyillari quyidagicha: O'rganishdan maqsadni avvaldan aniqlab olish talab qilinadi. O'rganish jarayoni ma'lum bir ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:38:28
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.23 MB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:36
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:38 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.23 MB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:36 ]
Arxiv ichida: pptx