O'quvchilarni fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish

O'quvchilarni fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish

O'quvchilarga / Pedagogika
O'quvchilarni fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston Respublikasi Xalq Ta'limi Vazirligi Muqimiy nomidagi Qo'qon Davlat Pedagogika Instituti Filologiya fakulteti O'zbek tili va adabiyoti yo'nalishi 2 «A» guruh talabasi Mashrabjonova To'lganoyning «Pedagogika» fanidan tayyorlagan MUSTAQIL ISHI O'qituvchi: Sultonova N. O'quvchilarni fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish O'quvchilarda vatanparvarlik va baynalminallik hissini shakllantirish - fuqarolik tarbiyasining asosi. Fuqarolik tarbiyasini tashkil etish jarayonida shaxsda vatanparvarlik (lotincha patriots - vatandosh, patris - vatan, yurt) tuyg'usini shakllantirishga e'tibor qaratiladi. Zero, fuqaro davlatning a'zosi sifatida uning sha'ni, obro'-e'tiborini ta'minlashi, uning manfaatlari uchun kurasha olishi zarur. Vatan atamasi aslida arabcha so'z bo'lib, ona yurt ma'nosini bildiradi, Vatan tushunchasi keng va tor ma'noda qo'llaniladi. Bir xalq vakillari jumuljam yashab turgan, ularning ajdodlari azal-azaldan istiqomat qilgan hudud nazarda tutilsa, bu keng ma'nodagi tushunchadir. Kishi tug'ilib o'sgan uy, mahalla, qishloq nazarda tutilsa, bu tor ma'nodagi tushunchadir?. Vatanparvarlik shaxsning o'zi mansub bo'lgan millat, tug'ilib o'sgan vatani tarixidan g'ururlanishi, buguni to'g'risida qayg'urishi hamda uning porloq istiqboliga bo'lgan ishonchini ifoda etuvchi yuksak insoniy fazilat sanaladi. Vatanparvarlik - o'z taqdirini vatan, millat taqdiri bilan boqlagan barcha kishilarga xos fazilat. Millat taraqqiyotining imkoniyatlari, shon-shuhrati, obro'-e'tibori ham shu millat kishilar vatanparvarlik tuysusining darajasi bilan bog'liqdir?. Vatanparvar shaxs qiyofasida quyidagi sifatlar namoyon bo'ladi: O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov asarlarida vatanparvarlik, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalalariga keng o'rin berilgan. Xususan: O'zbekiston fuqarosining vatanparvarligi bu qayta o'zgarish yo'lini ko'rsatuvchi, ko'zlangan maqsaddan chetga chiqmaydigan yo'lchi yulduz, ishonchli kompasdir. O'zbekistonga, uning yeriga, tabiatiga, bu yerda yashayotgan xalqlarga muhabbat, o'lkaning tarixi, madaniyati, an'analarini teran bilib olishga intilish, Respublikaning qudrati va yutuqlaridan faxrlanish, xalqimiz qismatiga tushgan qiyinchiliklar uchun qayg'urish ko'p milltli o'zbek jamiyatining muhim jiplashtiruvchi asosi hisoblanadi. Erkka intilish, ozod yashashga bo'lgan ehtiyoj insonga xos bo'lgan tuyg'udir. Inson o'z vatanidagina ozod va erkin yashay oladi. Shu bois vatan ozodligi uchun kurashish masalasi qadim-qadimdan allomalarning asarlari hamda ezgu g'oyalarni ifoda etuvchi ta'limotlarning bosh mavzusi bo'lib kelgan. Hadisi Sharifda vatanni sevish iymondan ekanligi ta'kidlanadi. Alisher Navoiy quyidagi misralarda vatandan ayrilish inson uchun og'ir judolik ekanligini G'urbatda g'arib shodmon bo'lmas emish deb boshlanuvchi she'riy asarida alohida ta'kidlab o'tadi. Allomaning fikrlarini rivojlantirgan holda vatandan judo bo'lish og'ir judolikkina emas, balki yuzi qaroliq ekanligini Zahiriddin Muhammad Bobur o'z yorin qo'yib Hind sori yuzlanish tufayli yuzi qarolig' bo'lganligini aytadi. Abdulla Avloniy o'z asarlarida Vatan tushunchasiga ta'rif berib, uning ravnaqi uchun kurashish vatanparvar insonga xos xususiyat ekanligi quyidagicha qayd etadi: Har bir kishining tug'ulub o'sgan shahar va mamlakatini shul kishining vatani deyilur. Har kim tug'ilgan, o'sg'on yerini jonidan ortiq suyar. Hatto bu vatan hissi - tuyg'usi hayvonlarda ham bor. Agar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 909.78 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:36 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 909.78 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga