O'QUVCHILARNI HAMKORLIKDA ISHLASHGA, ULARDAGI EMOTSIONAL ZO'RIQISHLARNI BARTARAF ETISHGA DOIR TRENING MASHG'ULOTLARI Ushbu treningda ishtirokchilarning optimal miqdori 15-20 kishini tashkil etadi. Mashg'ulotlar haftada 1-2 marta o'tkaziladi. O'quvchilarni hamkorlikda ishlashga o'rgatishga oid trening mashg'ulotlari rejasi Biz turfa odamlarmiz Mashq: «Treningda bildiriladigan istaklar» Dastlab, trening rahbari guruh a'zolarining har biri o'zlarining treningdagi ismlarini qayd qiluvchi kartochka (ko'krakka taqiladigan)ni tayyorlashlari bo'yicha tushintirish beradi va 3-5 minut vaqt ajratadi. Buning uchun har bir ishtirokchi o'ziga ism tanlaydi. Ular ism tanlashda mashhur kishilarning nomini ham olish huquqiga egadirlar. Tanlash huquqi erkin. Ismlar aniq va yetarli kattalikda yozilishi lozim. Kartochkalar kiyim ko'kragiga to'g'nog'ich yordamida mahkamlanadi. Trening qatnashchisiga butun mashg'ulot davomida shu ism bilan murojaat qilinadi. Guruhdagi tanishuv : Guruh a'zolari doira bo'lib o'tiradilar. Birinchi ishtirokchi turadi, ixtiyoriy bir qatnashchiga yaqinlashib, u bilan salomlashadi va unga trening sharti bo'yicha istak bildiradi. Har bir ishtirokchi navbati bilan bu jarayonni davom ettiradi. SHundan keyin o'tkaziladigan «Bir - biringizni biling» deb nomlangan mashq ishtirokchilarning bir-birlarini anglab yetishlariga imkon beruvchi mashq hisoblanadi. Bu mashq ishtirokchilarni shaxslararo munosabatga, o'zaro idrok qilishga, guruh tomonidan qabul qilingan me'yor va shaxs qadriyatlarini inobatga olishga o'rgatadi. Bu mashq tafsiloti quyidagicha: Mashq: «Bir-biringizni biling» Mashqni amalga oshirish uchun ishtirokchilar ikkita guruhga ajratiladi. Guruh a'zolarining vazifasi bir-birlari haqida ko'proq ma'lumot olish uchun savollar bilan murojaat qilishdan iboratdir. Guruhda qoidalar hosil qilish. Guruh a'zolari aylana bo'lib o'tiradilar va guruhiy ish tamoyillarini muhokama qiladilar. Trening davomida ishtirokchilar rioya qilishi shart bo'lgan qoidalar hamda mashg'ulotlar qachon boshlanishi, davomiyligi va yakuni, guruh a'zolarining rituallari (salomlashish va xayrlashuv usullari, chyeklanishlar, kechikkanda va guruh qoidalari buzilganda jazolash ) belgilab olinadi. Guruh rituallari muhokama qilingandan so'ng belgilab olinadi. Guruh a'zolarining roziligidan so'nggina, bunga qat'iy amal qilinadi. Bu guruhda ishlashning muhim jihati hisoblanadi. Uchrashuv vaqtini trener belgilaydi. Guruhda ishlashning asosiy tamoyillari: Guruhda ishlash tamoyillari shye'riy shaklda taklif qilinadi. Uni trening ishtirokchilarining o'zlari ishlab chiqadilar. Bu ularning bir-birlarining idrok qilishlarini yengillashtiradi va qiziqishlarini orttiradi. She'r aytilgach, trener tamoyillarni yana bir bor izohlab beradi, masalan: Jahd qilibsiz, treninga kelishga, sabr qiling, oxirigacha bo'ling biz bilan birga. Guruhda butun mashg'ulot mobaynida birga ishtirok etish maqsadga muvofiq. Bu tamoyil guruh a'zolarining o'zaro bir-birlarini idrok qilishlariga imkon beradi. Birorta qatnashchining ishtirok etmasligi guruh ichidagi munosabatlar buzilishiga sabab bo'lishi mumkin. Muomalada ochiqroq bo'ling, erinmasdan, dangalroq harakat qiling. Muammoni hal etish istagingiz bo'lmasa, yolg'on ishlatmay, jim tura qoling. Guruhda erinish va yolg'on ishlatish kerak emas. Guruh-bu sizni ochiq -oydin fikr-mulohaza bildirishga imkon beruvchi joy-sharoit. Agar siz savollarga ochiq-oydin javob berishga tayyor bo'lmasangiz, yaxshisi jim ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:38:28
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.84 MB
Ko'rishlar soni
34 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:36
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:38 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.84 MB
Ko'rishlar soni
34 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:36 ]
Arxiv ichida: pptx