Mavzumuning dolzarbligi. O'zbekiston insonparvar, demokratik, huquqiy davlat barpo etish tomon borayotgan ayni davrda ma'naviy madaniyati yuksak avlodni tarbiyalash, voyaga yetkazish muhim ahamiyatga ega bo'lgan vazifalardan biriga aylandi. Bunday yangi avlod mamlakatimiz kelajagi va taraqqiyotiga munosib hissa qo'shishini e'tirof etib yoshlar ma'naviyatini shakllantirish ularni barkamol insonlar etib tarbiyalash davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri sifatida belgilandi. Zero, ma'naviyati yuksak darajada shakllangan yoshlargina vatanimizni dunyo miqyosiga olib chiqish bilan birga Vatan, xalq oldidagi burch va vazifalarni ham chuqur anglagan, milliy g'urur, milliy iftixorga ega bo'lgan, or-nomusi baland avlod bo'lib yetishadi. Prezidentimiz Islom Karimov ta'kidlaganidek, «Jamiyatda yuksak ma'naviy fazilatlarni kamol toptirish, milliy mafkurani shakllantirish, yoshlarni boy madaniy merosimiz, tarixiy an'analarimizga, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning hal qiluvchi omilidir ». Xususan, «Ta'lim to'g'risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ga kiritilgan asosiy masalalardan biri ham yoshlarning ma'naviy-axloqiy fazilatlarini zamon talablari darajasida shakllantirishdan iborat. Ma'naviy kamolot barcha zamonlarda ham jamiyat taraqqiyotining eng muhim omillaridan biri bo'lganligi tarixdan ma'lum. Yuksak ma'naviyat sohibi bo'lgan, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan qarab, ularga asoslangan, umuminsoniy, umumbashariy odob-axloq qoidalariga suyangan, ilm-fan va ma'rifat yutuqlarini o'zining amaliy faoliyatida qo'llay bilgan millatgina kelajakka tomon komil ishonch bilan bora oladi. Ma'naviyat - arabcha so'z bo'lib ma'nolar majmui ma'nosini anglatadi. U kishilarning falsafiy, xususiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvurlari va tushunchalari majmui. Ma'naviyat, mafkura, tafakkur tushunchalariga yaqin va ular bir - birlarini taqozo etadilar. Odamzot paydo bo'lib, ko'p ming yillik taraqqiyot jarayonida o'zini o'rab olgan tabiat, turli hodisalar, voqealar, hayotiy tajribalarni kuzatgan, ularning sabablari va qonuniyatlari to'g'risida mushohada qilgan, turli tasavvur va tushunchalar hosil qilib kelgan. Ma'naviyat insonning butun umri davomida uning kuchiga kuch qo'shadigan, idrok va aql-zakovatini kengaytiradigan va mustahkamlaydigan vositadir. Ma'naviyat va ma'naviy boyliklar, qadriyatlar davlatning, xalqning, millatning, jamiyatning ayrim shaxslarning bebaho xazinasi va taraqqiyot manbaidir. Mustaqillik tufayli o'zbek xalqining ko'p asrlik boy tarixiy, ilmiy, madaniy va diniy merosini o'rganish, undan xalqning umumiy va bebaho mulki sifatida foydalanishga keng yo'l ochildi. «Ma'naviyat-insonning, xalqning, jamiyatning kuch-qudratidir. U yo'q joyda hech qachon baxt-saodat bo'lmaydi», deb ta'kidlaydi O'zbekiston Respulikasi Prezidenti I.A.Karimov. Mustaqillik davri milliy ma'naviyatimizni tiklash va rivojlantirish, milliy til va madaniyatni taraqqiy ettirish, milliy o'zlikni anglash, milliy his-tuyg'ular, g'ururni, vatanparvarlikni o'stirish va mustahkamlash bilan bog'liqdir.Mustaqil O'zbekistonning taraqqiyoti jamiyat a'zolarining, ayniqsa, yoshlarning ma'naviy kamoloti, istiqlol g'oyalarining kishilarning ongiga, kundalik hayotiga chuqurroq singdirishga bog'liqdir. Mustaqil taraqqiyot yo'lida milliy ong va milliy o'z-o'zini anglash ma'naviy kamolotining asosiy negizidir. Kelajagi buyuk O'zbekistonni barpo etishda faol qatnashayotgan har bir fuqaro o'z xalqi, millatining ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:38:28
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
97.65 KB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:36
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:38 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
97.65 KB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:36 ]
Arxiv ichida: doc