o'quvchilarni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalashda sinf rahbarining roli Reja: 1. mehnat tarbiyasining mazmuni. 2. mehnat tarbiyasini singdirishda sinf rahbarining tutgan o'rni. 3. o'quvchilarning o'quv mehnatini tashkil etish usullari. Mehnat tarbiyasining mazmuni hilma- hildir. U ta'lim muasasalarining butun o'quv-tarbiyaviy ishlarini o'z ichiga oladi. Umumiy tarzda aytganda, umumiy ta'lim va hunap o'quv muassasasiidagi, mehnat tarbiyasi fan asoslari yuzasidan o'quv mehnatini va mehnat ta'limini o'z ichiga oladiki, ularning vazifasi o'quvchilarda aqliy va jismoniy mehnatga ijobiy munosabatni shakllantirishdan va ularni umumiy polite hnik bilimlar, mehnat malakalari va ko'nikmalari bilan qurollantirishdan iboratdir. Lekin fan asoslari yuzasidan o'quv mehnati va mehnat ta'limi faqat o'quv maqsadlari bilan cheklanmaydi. Ular mehnat tarbiyasi bilan qo'shilib, o'quvchilarni ma'naviy, aqliy, jismoniy va estetik rivojlantirishning muhim asosi bo'lib maydonga chiqadi. O'qish bilan qo'shilgan ijodiy mehnatda o'quvchilarning barcha qobiliyatlari rivojlanadi va takomillashadi, ular sha hsining g'oyaviy-ma'naviy sifatlari shakllanadi. O'quvchilarning ijtimoiy foydali mehnati mehnat tarbiyasi butun sistemasining asosi hisoblanadi. Bunday mehnat deganda o'quvchilarning ta'lim muassasasi, rayon va butun mamlakat turmushida bevosita faol ishtiroki shaklida amalga oshiriladigan, umum foydasi uchun qilinadigan baholi - qudrat maqsadga muovofiq mehnat faoliyati tushuniladi. Bu mehnat kungilli bo'lib, aksariyat hollarda unga haq to'lanmaydi. Ijtimoiy foydali mehnatga quyidagilar kiradi: - jamoat ishi - o'quvchilar jamoasini uyushtirish, uni g'oyaviy-siyo-siy tarbiyalash, aholiga ommaviy-madaniy xizmat ko'rsatish maqsadlariga xizmat qiladigan faoliyat; - o'z-o'ziga xizmat qilish - o'quv muassasasi jamoasi oila foydasiga qilinadigan ijtimoiy foydali mehnat; - unumli mehnat - o'quvchilarning o'quv bilim yurti sharoitida (o'quv usta xonasi, o'quv bilim yurti huzuridagi usta xonalarda) bo'lganidek, ishlab chiqarish sohasida (fabrikalar va zavodlarda, kol hozlar va sov hozlarda va hokazo) ham moddiy boyliklarni yaratish bilan bog'liq ijtimoiy foydali mehnat faoliyati. Biroq ayrim mehnat turlarining tarbiyaviy ahamiyati bir hil emas, ularning har biri o'z xususiyatlariga, afzalliklariga va qiyinchiliklariga ega. Ulardan faqat eng muhimlarini ko'rib chiqamiz. Oulada va ta'lim muassasasida o'z-o'zuga huzmat qiqlish - bu eng qulay va kundalik mehnat turidir. shaxsda mehnatsevarlikni tarbiyalash, uni tobora murshkkablashib oradigan mehnat faoliyati turlari bilan oshno etish shundan boshlanadi. ko'p yillik tajribaning ko'rsatishicha, tarbiya umumiy sistemasida bu mehnatni pedagogik jihatdan to'g'ri tashkil etish o'z-o'ziga xizmat qilishga doir bu mehnat ya hshi odatga aylanadi, faqat majburiyat emas, o'quvchilarning ehtiyoji bo'lib qolishga yordam beradi. Tarbiyalanuvchini o'z-o'ziga xizmat qilishga o'rgatish oiladan bashlanadi. U mehnat tarbiyasi vazifalarini hal etishga eng ko'p darajada samarali ko'maklashishi uchun uni qanday tashkil etish kerak? Mehnat tarbiyasining birinchi bosqichi shaxslarni kichik va mazkur yosh uchun mos keladigan mehnat topshiriqlariga asta-sekin o'rgatish hisoblanadi. Ota-onalar shaxslarning o'z-uziga xizmat ko'rsatish mehnati majburan ekanligini, mustaqil bajarish mumkin ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:38:28
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.76 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:36
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:38 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.76 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:36 ]
Arxiv ichida: doc