O'quvchilarni pedagogik kuzatish

O'quvchilarni pedagogik kuzatish

O'quvchilarga / Pedagogika
O'quvchilarni pedagogik kuzatish - rasmi

Material tavsifi

O'quvchilarni pedagogik kuzatish O'quvchilar jamoasi mustaqil tashkilotdir, ammo u pedagogik rahbarlikka muhtojdir. O'quvchilarni o'z holiga tashlab qo'yish ham, ayni vaqtda bolalar jamoasiga nisbatan ma'muriyatchilik ham, buyruqbozlik yo'liga o'tib olish ham mumkin emas. Birinchi holda, sinf rahbari bu ishlardan umuman chetlashib, o'quvchilar bilan aloqaning susayishiga yo'l qo'ysa, ikkinchi holda u tazyiq yo'liga o'tib o'quvchilar mustaqilligini yo'qqa chiqaradi. Sinf rahbarining bosh vazifasi bolalar jamoasi faoliyatini mohirlik bilan boshqarish, o'quvchilar tashabbuskorligini o'stirish, sinf jamoasi faolligi va mustaqilligini tarkib toptirishdan iboratdir. O'quvchilarni pedagogik kuzatish o'quvchilar hayoti va faoliyatini o'rganishning eng ishonchli usullaridan biridir. Bu ysh darslarda, darsdan tashqari vaqtlarda, ijtimoiy-foydali mehnat sharoitida, qo'yingchi, ijtimoiy hayotning hamma sohalarida amalga oshiriladi. Albatta - bu degani - sinf rahbari hamma vaqt va hamma joyda o'quvchilar izidan yurib, ularni zimdan kuzatadi degan gap emas. O'quvchilarni kuzatish nafaqat maktabda, balki ko'cha-ko'yda, oilada, teatrda, sayru-tomoshada, sport o'yinlarida, oddiy gurunglarda ham olib boriladi. O'quvchilarni kuzatish qanchalik puxta, aniq, izchil reja asosida olib borilsa, ish shunchalik oson kechadi. Tajribali sinf rahbarlari o'quvchilarning turli axloqiy va jismoniy xislatlarini bir qancha sinovlar orqali oppa-oson aniqlashadi qo'yadi. Jismoniy tarbiya darslarida turnikka tortinish, qiyin va nozik mashqlarni bajarishda, vrach xonasidagi emlash jarayonida, bir oz qiyinroq mehnat topshiriqlarida, ulardan uzoqdagi biror kishini chaqirib kelish, yoqtirmagan ishni buyurish orqali ulardagi iroda va qo'rqoqlik, kuch va nimjonlik, qat'iylik va jur'atsizlik, mehnatsevarlik va yalqovlik kabi xislatlar namoyon bo'ladi. O'quvchilarni kuzatish va undan to'plangan ma'lumotlar umumiylik va nisbiylik kasb etishini unutmaslik lozim. Shuning uchun ham tasodifiy va shoshilinch xulosalar chiqarmaslik kerak. O'quvchilar xulq-atvoridagi tashqi jihatdan bir xildagi voqea-hodisalar turli sabablarga ko'ra sodir bo'lishi mumkin. O'quvchilarni kuzatish davomida, ayniqsa ularning ba'zi bir xatti-harakatlarini baholashda ularning keltirib chiqargan sabablarini aniqlab olish juda muhimdir. Masalan, o'quvchi darsga kechikib keldi, deylik. Sinf rahbari uni qo'yishdan oldin vaziyatni aniqlab olishi maqsadga muvofiqdir. Bu holatda balki ota-ona aybdordir, balki u ko'r kishini ko'chadan o'tkazib qo'ygandir, balki yo'lda ag'anab tushib, kiyimlarini qayta almashtirib kelgandir Hayotda hamma narsa bo'lishi mumkin. Buni inkor qilib bo'lmaydi. Ba'zan o'quvchi o'qituvchining gaplarini e'tiborsiz tinglaydi. Bu o'qituvchida narozilik uyg'otadi va u haq. Balki uning oilasida notinchlik bo'lganu u tun bo'yi uxlamasdan bezovta bo'lib chiqqan, darsda fikrini bir joyga to'play olmaydi. Nima bo'lgandayam, o'quvchilarni kuzatish yuksak madaniy, saxiy qalb, bolalar shaxsiga katta hurmat, bolalar tarbiyasini bilish, sinchkovlik, yetuk mahorat va malaka talab etadi. Pedagogning kuzatishi qanchalik qimmatli bo'lmasin, butun sinf haqida va ayrim o'quvchilar to'g'risida ma'lumotlar o'rganishning boshqa usul va yo'l-yo'riqlari yordamida aniqlashni va kengaytirishni talab etadi. Bundan kelib chiqib, maktabda o'quvchilar shaxsiy ishini samarali ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.84 KB
Ko'rishlar soni 53 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:36 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.84 KB
Ko'rishlar soni 53 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga