O'quvchilarni tarbiyalshda inshoning o'rni Har bir o'quv mashg'uloti, jumladan, insho yozish ham jiddiy mehnat talab qiladi. Insho yozish adabiy mehnat hisoblanadi. Adabiy mehnat kishidan juda katta aqliy va hissiy kuch-quvvat talab etadi, hamda yetuk malakali bo'lishni taqazo qiladi. Ana shu talablarga rioya qilgan o'quvchilarda mustaqil fikrlash, so'z va material tanlash va to'plash ularni mantiqiy jihatdan o'zaro bog'liq holda ifodalash, orfografiyaga e'tibor berish qobiliyati tez rivoj topadi, mehnat intizomi ham tarbiyalanadi. Umuman olganda, adabiy mehnat to'g'ri tashkil etilgandagina insho tarbiyaning samarali vositasiga aylanadi. O'quvchilarda insho yozishga qiziqish, havas, kuzatuvchanlik qobiliyatini o'stiradi, ko'rgan narsalari va o'qigan kitob, ertak hikoyaga to'g'ri baho berishga o'rgatadi. Boshlang'ich sinflar uchun tanlangan insho materiallari o'quvchilarda adabiy mavzuda, hayotiy tajribalar va tasviriy san'at asosida insholar yozish malakasini kamol toptirishga imkoniyat beradi.O'quvchilarda badiiy asarga mustaqil yondashish,uni mustaqil baholay olish, materiallarni umumlashtirish adabiy hodisalarni tarixiy jarayon bilan bog'lab o'rganish qobiliyatining o'sib borishi, ham yuqori sinflarda turli mavzularda insho o'tkazish uchun imkoniyat yaratadi. Insho - o'quvchilarning fikrini bayon etish vositalari bo'lgan rivoyat va dialogni anglab olishlariga, o'quvchilarda ulardan foydalanish, fikrni izchil bayon etish, so'z va gapni o'z o'rnida ishlatish, ravon uslub malakasini hosil qilish va rivojlantirishga yordam beradi. Boshlang'ich sinflarda o'tkaziladigan chorak yakunidagi erkin mavzudagi insholar ham o'quvchilardan atrof-muhit, tabiat, odamlarning xarakteri, xatti-harakati, mehnat faoliyatining o'rganishni, shuningdek, ijtimoiy hayot va tabiat hodisalarini kuzatishni ular haqida fikrlashni talab etadi.Kuzatish asosida yoziladigan insholar o'quvchilarda Vatanga, mehnatga muhabbat hissini tarbiyalashda, ularni nafosat olamiga olib kirishda muhim rol o'ynaydi, ta'limni hayot bilan bog'lash, o'quvchilarning og'zaki va yozma nutqini o'stirish uchun xizmat qiladi. Insho o'quchilar nutqini o'stirishda eng samarali vosita hisoblanadi. Nutq madaniyatini takomillashtirish esa, insho ustida mustaqil ishlashni talab qiladigan vazifalardan biridir. Insho yozishga tayyorlanish va uni yaratish jarayonida o'quvchi yangi bilim va ko'nikmalarni kuzatish, fikrlash, adabiy hayotiy hodisalarni baholash, o'qiganlari va o'zlashtirgan bilimlarini ma'lum bir tartibga solish malakasini egallaydi. Inshoning tarbiyaviy ahamiyati tanlanadigan mavzuga shuningdek, insho ustida o'quvchilar qanchalik mustaqil ishlash va qiziqishiga insho g'oyasiga ham bog'liq. Insho bolalarning voqea-hodisalarni chuqur his etishiga yordam beradi, izchil fikrlashga o'rgatadi, tilga va adabiy ijodga qiziqishlarini oshiradi. Tanlangan mavzuning g'oyaviy yo'nalishini ochish tarbiyaviy vazifani hal qilishga imkon beradi. Bu jihatdan mehnat, mehnat qahramonlari haqidagi, bolalarning hayoti, maktab, tug'ilib o'sgan qishlog'i yoki shahri haqidagi, urush qahramonlari haqidagi mavzular, ayniqsa, qulay. Insho jamiyat hayotini tuzunishga o'rgatadi. Tabiatga, kishilarga, ularning yaxshilikka intilishlari va harakatlariga, mehnatga va mehnat mahsuliga muhabbatni tarbiyalaydi, kishilar xatti-harakatidagi chiroyli jihatlarni egallashga, hozirgi zamon axloqiy talablarini anglashga o'quvhcilarga yordam beradi. Inshoning tarbiyaviy ahamiyatini oshirish uchun quyidagilarga rioya ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:38:28
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
872.08 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:36
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:38 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
872.08 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:36 ]
Arxiv ichida: doc