O'quvchilarni yangi bilimlarni suhbat metodida bayon etish suhbat - o'quv jarayonini tashkil etishning savol-javobli metodi. Umumtexnika va maxsus fanlar o'qituvchilari suhbatning ikkita asosiy turidan: asosiy maqsadi o'quvchilarga yangi bilimlarni bayon etishdan iborat bo'lgan suhbat hamda o'quvchilarning bilimlari mustahkamlanadigan, takrorlanadigan, tekshirib kuriladigan va baholanadigan suhbatdan foydalanadilar. suhbatning xar bir turi uchun o'z metodikasi xosdir. Agar suhbatdan kuzlanadigan maqsad yangi bilimlarni bildirishdan iborat bo'lsa, o'qituvchi o'rganilishi kerak bo'lgan masalani o'rtaga tashlaydi va mantiqiy mulohazalar yo'li bilan o'quvchilarni muayyan xulosaga olib keladi. Bunda o'qituvchi o'quvchilarni ilgari olingan bilimlar, kuzatishlar, hayotiy va ishlab chiqarish tajribasini takrorlashga, hodisalarni solishtirish, taqqoslashga, o'z fikrini bayon etishga undaydi. suhbatning asosiy alomati - o'quv materialin muxokama qilishda o'quvchilarning bevosita ishtirok etishi suhbatning o'ziga xos xususiyatlarini belgilaydi. Bunday suhbat jarayonida o'quvchilarning bilimlari va tajribasi suzlab berishdagiga karaganda ancha samarali aniqlanadi va foydalaniladi, materialni uzlashtirish jarayoni tularok hamda operativrok nazorat qilinadi, ilgari olgan bilimlari ancha chuqurlashadi, mustahkamlanadi. Jamoa suhbat umumiy manfaatdorlik vaziyatini yaratadi, o'quvchilarning etibori va kizkishini oshiradi, mushoxadasini aktivlashtiradi tashabbus hamda mustaqillikni rivojlantiradi, darsda bilimlarning ongli ravishda uzlashtirilishini ta'minlaydi va uy ishini osonlashtiradi. ilg'or o'qituvchilar suhbatining g'oyaviy mazmuniga katta ahamiyat beradilar, uning imkoniyatlaridan o'quvchilarnijamoalilik ruhida tarbiyalash, o'quvchilar bilimini e'tiqodga aylantirish uchun, bilish va ijodiy kuchlarini rivojlantirish uchun keng foydalanadilar. suhbat o'quvchilarning yangi bilimlarini idrok etishini ta'minlabgina kolmay, balki bu bilimlarni tushunib olishi va sistemaga solishga imkon beradi xam. Ammo yangi materialni bayon etish metodi bo'lgan suhbat, bir kancha afzalliklarga ega bo'lishiga qaramay, pedagogikada «sof holda» nisbatan kam kullaniladi. Buning asosiy sababi shuki, o'quvchilarni yangi materialni uzlashtirishga sekin-asta olib kelish jarayoni ko'p vaqt oladi va o'qituvchiningg maxsus tayyorgarlik ko'rishini: savollarni o'quv materialining mantikiga muvofik tanlash, ta'riflash, joylashtirishni, o'quvchilardan kutilishi mumkin bo'lgan javoblar hamda asosiy xulosalarni uylab olishni, shuningdek anchagina vaqtni talab qiladi. O'quvchilar urganiladigan material yuzasidan bir kator tayyorgarlikka ega bo'lishlari kerakligi xam suhbatdan foydalanishni qiyinlashtiradi: suhbatni «bush joyda» o'tkazib bulmaydi. O'quvchilarning ayni fan yoki boshqa fanlardan olgan bilimlari, kuzatishlar, darsliklarning, spravochniklarning materialini, jurnallardagi makolalarni, texnikaviy va texnologik hujjatlarni o'rganish, o'quvchilarning ishlab chiqarish ta'limi jarayonida ortirgan tajribasi, hayot tajribasi suhbat manbai bo'ladi. Yuqorida aytib utilganlar asosida yangi materialni bayon etish metodi bo'lgan suhbatdan foydalanishning bazi shartlarini aniqlash mumkin: eng muhim, prinsipial ahamiyatga ega bo'lgan materialni suhbat metodida urgangan makul; suhbat metodida o'rganish uchun mazmuni aniq mantiqiy izchillikka ega bo'lgan materialni tanlash zarur; suhbatda o'quvchilar bilimni muayyan sistemaga keltirish, fanlararo bog'lanishni amalga oshirish, o'quvchilarning nazariy bilimlari bilan ishlab chiqarish tajribalari o'rtasida bog'lanish urnatish uchun foydalanish eng katta samara beradi; suhbatni boshqa metodlari: ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:38:28
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.88 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:36
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:38 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.88 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:36 ]
Arxiv ichida: doc