O'quvchilarning bilim, ko'nikma, malakalarini tashxis etish

O'quvchilarning bilim, ko'nikma, malakalarini tashxis etish

O'quvchilarga / Pedagogika
O'quvchilarning bilim, ko'nikma, malakalarini tashxis etish - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston RespublikaSI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI MIRZO ULUG'BEK NOMIDAGI O'zbekiston MILLIY UNIVERSITETI IJTIMOIY FANLAR FAKULTETI UMUMIY PSIXOLOGIYA KAFEDRASI PEDAGOGIK PSIXOLOGIYA VA PSIXOLOGIYA FANLARINI O'QITISH METODIKASI FANIDAN REFERAT Mavzu: O'quvchilarning bilim, ko'nikma, malakalarini tashxis etish Toshkent Reja: 1. Didaktik jarayonni diagnostika qilish. 2. Nazorat turlari va ularni o'tkazish shakllari. 3. Ta'lim sifati monitoringini olib borishdan ko'zlangan maqsad. Mavzu dolzarbligi .Ta'lim olganlikni tashxis etishning mohiyati. Tashxis - bu didaktik jarayon kechadigan barcha sharoitlarni oydinlashtirish, uning natijalarini belgilash demakdir. Diagnostika (yunon tilida dia»- shaffof, «gnosiss»-bilim degan ma'noni bildiradi)-o'rganilayotgan obyekt yoki jarayon to'g'risida aniq ma'lumot olishning umumiy vositasi bo'lib xizmat qiladi .Diagnostikaning ahamiyatini meditsina nuqtai nazaridan qarasak, kasallik belgilari va ularni kelib chiqish sabablari to'g'ri aniqlansa, davolanish natijasida bemor tuzalib ketishining kafolati oshadi. Xato diagnoz esa faqat shifokorlarning aqliy harakatini yo'qqa chiqaribgina qolmay, balki kasalning tuzalish imkoniyatini ham susaytirishi mumkin. Tana a'zolari salomatligi to'g'risida aytilgan ushbu fikrlar ta'lim sifatini o'rganishga ham bevosita aloqadordir. Didaktik va tarbiyaviy jarayonlarda pedagogik diagnostika- pedagogik omillarning samaradorligini oshirish maqsadida shaxsga axloqiy, intellektual, estetik, jismoniy, sotsiologik, ekologik va ijtimoiy -psixologik ta'sir ko'rsatish uchun xizmat qiladi. Ta'lim oluvchilarning shaxsiy-xarakterologik sifatlarini aniqlash metodikasini egallash, uni pedagogik amaliyotga tatbiq etish, kasbiy-pedagogik tayyorgarlikning muhim unsurlaridan biridir. Tashxissiz didaktik jarayonni samarali boshqarish, mavjud sharoit uchun optimal natijalarga erishish mumkin emas. Didaktik tashxislashning maqsadi o'quv jarayonida kechadigan barcha jihatlarni uning mahsuli bilan bog'liq holda, o'z vaqtida aniqlash, baholash va tahlil qilishdan iborat. O'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini nazorat qilish, baholash tashxislashning zaruriy tarkibiy qismlari sanaladi. Ta'lim jarayonida nazorat va hisobga olish, ularning vazifalari. Ta'lim jarayonining muhim tarkibiy qismlaridan biri - nazorat va hisobga olishdir. Bu tushunchalar o'ziga xos mohiyat va xususiyatlarga ega. O'qituvchi nazorat va hisobga olishni to'g'ri tashkil etsa, ta'lim jarayonining samaradorligi ortadi. Buning uchun o'qituvchi o'quvchining o'quv materiallarini o'zlashtirish darajasini aniqlab borishi lozim. Tekshirish - nazoratning tarkibiy qismi bo'lib, uning asosiy didaktik vazifasi o'qituvchi va o'quvchilar o'rtasida aks aloqani ta'minlash, pedagog tomonidan o'quv materialini o'zlashtirish haqida obyektiv axborot olinishi hamda bilimlardagi kamchilik va nuqsonlarni o'z vaqtida aniqlashdir. Tekshirishning maqsadi nafaqat o'quvchining bilim darajasi, sifati, balki uning o'quv mehnati hajmini ham aniqlashdan iborat. O'quvchilarning bilim va malakalarini tekshirish quyida ko'rsatilgan mantiqiy ketma-ketlikda olib borilishi kerak: Tekshirish tizimidagi birinchi bo'g'in ta'lim oluvchilarning bilim darajasini oldindan aniqlash hisoblanadi. Odatda, u o'quv yili boshida o'quvchilar tomonidan avvalgi o'quv yilida o'zlashtirilgan bilimlari darajasini aniqlash maqsadida o'tkaziladi. Bu kabi tekshirish, shuningdek, o'quv yilining o'rtasida yangi bo'lim (kurs)ni o'rganishga kirishilganda ham o'tkazilishi mumkin va o'rinli bo'ladi. Bilimlarni tekshirishning ikkinchi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 22.5 KB
Ko'rishlar soni 58 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:36 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 22.5 KB
Ko'rishlar soni 58 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga