O'quvchilarning bilish faoliyatida tadqiqiy metod va muammoli ta'lim elementlarini qo'llash Reja: 1. Tabiatshunoslik o'qitishda tadqiqot metodining mohiyati. 2. O'quv materialini o'rganishda tadqiqiy yondashuv qo'llash. 3. Muammoli ta'limni ta'lim jarayonida qo'llash. 4. 2-sinf darslari jarayonida muammoli vaziyat yaratish. 5. Tabiatshunoslik darsliklarida dasturlashtirilgan ta'limni qo'llash. 6. Tezis tipdagi kortochka raqamli dasturlashtirilgan topshiriqlar tuzish. Asosiy tushunchalar: Mashg'ulotlar jarayonida tadqiqiy metodning ahamiyati; tadqiqiy metodning mazmuni va uning qo'llash sharoiti; tadqiqiy yondashuvda ko'rgazma - vositalar turlaridan foydalanish; muammoli ta'lim mohiyati; mashg'ulotlar jarayonida muammoli vaziyat yaratish; dasturlashtirilgan ta'lim, uning asoslari; uni darslar jarayonida qo'llanishini; tezis tili va dasturlashtirilgan kartochkalar mazmuni, ulardan foydalanish yo'llari. O'quvchilarning jonli tabiat bilan muloqotda - bo'lishi (to'qnashishi) ularning jismoniy mehnat va estetik tarbiyasi uchun keng imkoniyatlar ochib beradi. Shuning uchun ham o'quvchilar tabiat bilan qanchalik ertaroq tanishsalar, tabiatning ular tarbiyasi va aqliy rivojlanishiga ta'siri shunchalar ijobiy bo'ladi. Ta'lim oldida qo'yilgan maqsadlarga erishish uchun tabiatshunoslikni o'qitish metodlarini yanada takomillashtirish kerak. Boshlang'ich sinf o'qituvchilarining e'tibori o'quvchilar bilan ishlash tadqiqiy metodiga qaratilmog'i zarur, chunki bu metod keng bilimlar beribgina qolmay, bolalarni mustaqil bilim olishga ham o'rgata oladi. Tabiat bilan tanishtirishda tadqiqiy metoddan foydalanib, o'qituvchi o'quvchilarga ular oldiga qo'yilgan vazifani anglab olishga yordam beradi. Uning rahbarligida o'quvchilar quyidagi ishlarni bajaradilar: izlanish planini tuzadilar; faraz qiladilar. tekshirish usullarini o'ylab chiqadilar; kuzatishlar o'tkazadilar; tajribalar o'tkazadilar; isbotlaydilar; xulosalar chiqaradilar. Kichik yoshdagi maktab o'quvchilarini agar ularning aqliy taraqqiyoti izlanish faoliyatining barcha bosqichlari - boshidan oxirigacha mantiqiy izchillikda mustaqil amalga oshira olish darajasiga yetgan bo'lsa, ularni «tadqiqotchilar» deb atash ham mumkin. Kichik yoshdagi maktab o'quvchilarining tabiatshunoslik darslaridagi bilish faoliyatlarida quyidagi vositalar katta rol o'ynaydi: ko'rgazmalilik va predmetli tasvirlar; tajribalarni namoyish qilish; o'quvchilarning hayotiy tajribalaridagi ayrim vaziyatlar; kino, video va diafilmlar ko'rsatish; geografiya xaritalari bilan ishlash va hokazo. Tadqiqiy izlanish faoliyatida o'quvchilarning bilish faolligini rivojlantirish muammoli o'qitishning asosidir. Bu tabiatshunoslik darslariga ham taalluqlidir, chunki unda tayyor ilmiy bilimlarni bayon qilish va ularni tushuntirish bilan bir qatorda materialni muammoli bayon qilish tobora ko'proq qo'llanila boshlanadi. Muammoli o'qitishni o'z ichiga olgan darslarda o'quvchilarga yangi ma'lumotlarni o'zida saqlagan masalalarni hal qilish taklif qilinadi. Bundan o'quvchilarning bilimlarni o'zlashtirish va ularni amalda mustaqil qo'llash usullarini egallashlari ko'zda tutiladi. Bunday masalalardan bilimlarni tekshirishda o'zlashtirishning chuqurligi va onglilikni aniqlash uchun foydalaniladi. Muammoli o'qitish keyingi yillarda psixolog olimlar, didaktlar, metodistlar, ijodkor o'qituvchilarning e'tiborini tobora ko'proq jalb qilmoqda. Olimlar muammoli darsni quyidagi bosqichlarga bo'lishini taklif qiladilar: muammoli vaziyat yaratish va uning tahlili; muammoni ifodalash (qo'yish); muammo yechimini izlash (avvalgi bilimlarni muhimlashtirish, farazlarni ilgari surish, eng to'g'ri farazni tanlash va isbotlash); muammoni ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:38:28
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.27 KB
Ko'rishlar soni
35 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:36
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:38 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.27 KB
Ko'rishlar soni
35 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:36 ]
Arxiv ichida: doc