O'quvchilarning ijodiy ishiga uchraydigan nutqiy xatolarning turlari ularni o'quvchi daftariga tuzatish usullari Reja: Nutqiy xatolar haqida ma'lumot. Boshlang'ich sinflarga nutqiy xatolar ustida ishlash Xatolarni to'g'rilash va uning oldini olish Nutqiy xatolarni o'stirish tizimida sintaktik ishlar Nutqiy xatolarga noto'g'ri (noo'rin) tanlangan so'zlar, noto'g'ri tuzilgan gaplar, morfologik shakllarni noto'g'ri ishlatish kiradi. Boshlang'ich sinflarda bunday xatolar ustida ishlash ancha qiyin, chunki ularni to'g'rilash va oldini olish uchun ona tili dasturida berilgan qisqa nazariy ma'lumot yetarli emas. Bolalar nutqini takomillashtirish ustida rejali, muntazam ish olib borish uchun asosiy nutqiy xatolar turini bilish zarur. Bunday nutqiy xatolarni o'rganish, shuningdek, ularning kelib chiqish sabablarini tekshirish xatolarni to'g'rilash va oldini olish uchun zamin hozirlaydi. 1. Bir so'zni qayta-qayta ishlatish. Bunday xatoning kelib chiqishiga sabab, birinchidan, o'quvchi so'zni ishlatishga kam e'tibor beradi va faol lug'atidagi so'zdan takroriy foydalanadi; ikkinchidan, o'quvchining so'z boyligi kam, sinonimlarni bilmaydi, takrorlanadigan so'zlar o'rniga olmoshlardan foydalana olmaydi. Nutqiy xatolar uch turga ajratiladi: Lug'aviy-uslubiy, Morfologik- uslubiy, Sintaktik-uslubiy. Boshlang'ich sinflarda lug'aviy-uslubiy xatolar ko'proq uchraydi. Bunday xatolarga quyidagilar kiradi: 2. So'zning ma'nosini yoki ma'no qirrasini tushunmaslik natijasida uni aniq ma'nosida ishlata olmaslik. Bunday xato bolaning nutqi yaxshi rivojlanmaganligi, so'z boyligining kamligi sababli yuzaga keladi. Agar o'qituvchi bir so'zni qayta-qayta ishlatmaslik uchun uning ma'nodoshlaridan yoki shu so'z o'rniga olmoshlardan foydalanish kerakligini yaxshi tushuntirsa, kichik yoshdagi o'quvchi matnni e'tibor bilan o'qib, takrorlarini nisbatan tez tuzata oladi. Sintaktik-uslubiy xatolarga so'z birikmasi va gap tuzishga oid xatolar kiradi. Bunday xatolar juda xilma-xildir. Leksik xatolar xilma-xil bo'lgani uchun uni to'g'rilash va tushuntirish usullari ham turlicha, ammo bunday xatolarning oldini olishning umumiy yo'li bor: bu yaxshi nutqiy sharoit yaratish, o'qilgan va qayta hikoya qilingan matnni til tomondan tahlil qilish, matndagi so'zlarning ma'no qirrasini tushuntirishdir. Morfologik-uslubiy xatolarga so'z shaklini, so'z o'zgartuvchi va so'z yasovchi qo'shimchalarni noto'g'ri qo'llashdan kelib chiqadigan xatolar kiradi. Mantiqiy xatolar: 1. Tasvirlanayotgan voqea-hodisa uchun zarur bo'lgan so'z, ba'zan zarur lavha, dalil tushirib qoldiriladi. Bunday xatoning sababini tushunish uchun o'quvchining insho yozish vaqtidagi ruhiy holatini kuzatish talab etiladi. U sekin yozadi, ammo ishga berilib ketib, tez fikrlaydi, ya'ni u hikoya mazmunini biladi, ammo tez fikrlash va sekin yozish natijasida ayrim o'rinlar yozuvda aks etmay qoladi. 2. Mantiqiy izchillik buziladi. Masalan, Zavodda paxtadan ip qilinadi. Terimchi paxtani paxta terish mashinasida teradi. Bunday mantiqiy xatolarni o'quvchilar matnni qayta o'qish va tahlil qilish jarayonida oson to'g'rilaydilar. Xatolarni to'g'rilash va ularning oldini olish O'quvchilar yo'l qo'ygan xatolarni guruhlash, ularning turlarini aniqlash va har bir xatoning kelib chiqish sabablarini o'rganish asosida nutqqa oid xatolarni to'g'rilash va ularning ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:38:28
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
828.44 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:36
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:38 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
828.44 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:36 ]
Arxiv ichida: pptx