O'quvchilarning kitob bilan ishlashi

O'quvchilarning kitob bilan ishlashi

O'quvchilarga / Pedagogika
O'quvchilarning kitob bilan ishlashi - rasmi

Material tavsifi

O'quvchilarning kitob bilan ishlashi O'quvchilarga fandan bilim berishda o'qituvchi foydalanadigan pedogogik vositalar xazinasida kitob muhim urin tutadi. Umumtexnika va maxsus fanlarni o'rganishga tatbikan olganda kitob- asosiy darslik yoki o'quv qo'llanmasi, qo'shimcha adabiyot, spravochniklar, GOST jadvallari, har xil texnikaviy hujjatlar, maxsus jurnallar, ilmiy-texnikaviy axborot organlari hamda xizmatlarning nashrlari, bazi xollarda esa ilmiy- ommabop adabiyotdir. O'quvchilar kitobdan o'qituvchi darsda bayon etgan o'quv matnriallarini mustahkamlaydilar va takrorlaydilar. Kitobda sinf va uyda yechish uchun masalalar, javob berilishi lozim bo'lgan sinov savollari keltiriladi, tekstga oid rasmlar, mazmunini uzlashtirib olish zarur bo'lgan jadvallar, sxemalar, grafiklar, diagrammalar beriladi. o'quvchilar o'qituvchining topshirigi bo'yicha kitobdan o'quv materialining muayyan qismini mustaqil urganadilar. Ammo kitobning o'quvchi, bo'lajak ishchi hayotidagi roli shu bilangina cheklanib kolmaydi. Ilmiy-texnika taraqqiyoti asrida, yani ishlab chiqarish texnikasi va texnologiyasi takomillashib borayotgan bir davrda malakali ishchi ilmiy-texnika adabiyotidan foydalanib, o'z bilimlarini tuldirib borishi, barcha yangi, ilg'or narsalarni bilib olishi zarur bo'ladi. shu sababli o'quvchida kitob bilan ishlay olish malakasi hosil qilish umumpedogogika muammosining-shaxs mustaqilligini rivojlantirishning bir qismi hisoblanadi. Yuqorida aytib utilganidek, o'quvchilarning kitob bilan ishlashi, og'zaki bayon va suhbat bilan bir katorda, yangi o'quv materialini bildirish metodlaridan biridir. Shu munosabat bilan, dars vaqtida og'zaki bayon va kitob bilan ishlash orasidagi nisbatni aniqlash muhimdir. Bu metodlar quyidagicha kushib olib borilishi mumkin: o'qituvchi butun o'quv materialini bayon etadi-o'quvchilar uni kitobdan takrorlaydilar va tushinib oladilar; o'qituvchi faqat asosiy masalalarni bayon etadi-o'quvchilar dasturda kuzda tutilgan kolgan materialni mustaqil urganadilar; o'qituvchi o'quv materiali mazmuniga mukaddima va uni o'rganish metodikasini beradi-o'quvchilar o'qituvchi rahbarligida, belgilangan reja asosida mustaqil ishlaydilar; o'qituvchi ishni tashkil etadi va yo'nalish beradi-o'quvchilar kuzda tutilgan butun topshiriqlarni mustaqil bajaradilar. O'qituvchi butun o'quv materialini bayon etadigan darslarni bu material mulako yangi, o'quvchilarning bilimi va amaliy tajribasi kam yoki o'quv materialining mazmuni qiyin bo'lgan xollarda o'tkazgan makul. Og'zaki bayonni o'quvchilarning kitob bilan ishlashiga kushib olib borishning ikkinchi varianti, yani o'qituvchi faqat asosiy masalalarni tushintiradigan varianti, urganiladigan material nazariy jihatdan asoslashni talab qiladigan va o'quvchilar bu materialni mustaqil o'rganishga hali tayyor bo'lmagan xollarda kullaniladi. O'qituvchi materialning mazmuniga mukaddima va uni mustaqil o'rganish metodikasigina beradigan darslar urganiladigan material o'quvchilarning bundan oldingi bilmlariga tayanadigan, ayrim topshiriqlarga oson ajraladigan va kabinetda zarur barcha o'quv qo'llanmalari bo'lgan xollarda o'tkaziladi. O'quvchilar yangi materialni mutlako mustaqil ravishda kitobdan o'rganadigan darslar urganiladigan masalalar o'quvchilarning avvalgi bilimi va amaliy tajribasi bilan uzviy bog'liq bo'lgan, yangi tushunchalar ilgari urganilgan materialdan kelib chikadigan xollardagina kullaniladi. Tajriba ma'lumotlari shuni kursatadiki, o'qituvchining o'quv materialini og'zaki bayon etishini o'quvchilarning kitob bilan mustaqil ishlashiga kushib olib borish ayrim-ayrim metodda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.49 KB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:37 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.49 KB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga