O'quvchilarning lug'atini boyitish ustida ishlash

O'quvchilarning lug'atini boyitish ustida ishlash

O'quvchilarga / Pedagogika
O'quvchilarning lug'atini boyitish ustida ishlash - rasmi

Material tavsifi

O'quvchilarning lug'atini boyitish ustida ishlash Reja: 1 O'quvchilarni lug'atini boyitishda amalga oshiriladigan ishlar 2 Lug'atni boyitishda turli lug'atlar juda foydali qo'llanma 3 Boshlang'ich sinf o'quvchiarini nutqini o'stirishga oid mashq turlarini ishlab chiqish O'quvchilarni lug'atini boyitishda amalga oshiriladigan ishlar Bolalar mustaqil o'qishga o'rganganlaridan keyin ular lug'atiga kitob, gazeta, jurnal materiallari katta ta'sir qiladi. Shuning uchun ham sinfdan tashqari mustaqil o'qish va unga rahbarlik shakllari o'quvchilar lug'atini boyitishning, nutqini o'stirishning eng muhim manbalaridan hisoblanadi. Maxsus mashqlar yordamida grammatika va imloni o'rganish darslari ko'pgina so'z va atamalarni o'zlashtirishga yordam beradi, o'quvchilar predmet, belgi, harakat, sanoq, tartib ifodalaydigan so'zlar­ni bilib oladilar. Bu darslarda o'quvchilar lug'ati tartibga solinadi, so'z turkumlarini o'rganish jarayonida guruhlanadi, so'z tarkibi, so'z yasalishi, so'zlarning o'zgarishini o'rganish bilan esa lug'atga aniqlik kiritiladi; ular o'rgangan so'zlaridan o'z nutqlarida foydalana bosh-laydilar, natijada lug'atlari faollashadi. O'quvchilarni lug'atini boyitishda amalga oshiriladigan ishlaryordamida ham boyiydi, tartibga tushadi. Bulardan tashqari, kinofilm va tele ko'rsatuv matnlari, o'qituvchi va boshqa maktab hamda maktabdan tashqari muassasalar xodimlari-ning nutqlari ham o'quvchilar lug'atini boyitish va takomillashtirish manbalari hisoblanadi. Lug'atni boyitishda turli lug'atlar juda foydali qo'llanmadir. Boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun ,,Imlo lug'ati mavjud. O'qituvchi ma'lumot uchun ham, material tanlash uchun ham turli lug'atlardan (o'zbek tilining sinonimlar, antonimlar, frazeologik lug'atlaridan, turli terminologik lug'atlardan) muvaffaqiyatli foydalanadi. So'z tilning ma'no bildiradigan asosiy birligidir. So'z va so'z birikmasi aniq narsalarni, mavhum tushunchalarni, hissiyotni ifodalaydi. Tilda mavjud bo'lgan barcha so'z va iboralarning yig'indisi lug'at tarkibi yoki leksika deyiladi. Leksikologiya o'zbek tilining lug'at tarkibini o'rganadigan bo'limdir. Leksikologiya lug'at tarkibidagi so'zlarning nutqda ma'no ifodalash xususiyati, qo'llanish faolligi, boyib borishi, ba'zi so'zlarning eskirib, iste'moldan chiqib ketishi, ma'no ko'chish hodisasi kabilarni o'rganadi. SHu sababli leksikologiya lug'at ustida ishlash metodikasining lingvistik asosi hisoblanadi. Har qanday nutqiy bayon grammatik jihatdan o'zaro bog'langan, mazmunga mos so'z va so'z birikmalarining ma'lum izchillikda joylashtirilishidan tuziladi. Kishining lug'ati qanchalik boy va rivojlangan bo'lsa, uning nutqi ham shunchalik boy bo'ladi; o'z fikrini aniq va ifodali bayon etishiga keng imkoniyat yaratiladi. SHuning uchun lug'atning boyligi, xilma-xilligi, harakatchanligi metodikada nutqni muvaffaqiyatli o'stirishning muhim sharti hisoblanadi. Hozirgi o'zbek adabiy tili ulkan lug'at boyligiga ega. Besh jildlik «O'zbek tilining izohli lug'ati» da 800 dan ortiq so'z va so'z birikmasi berilgan bo'lib, bular umumiy qo'llaniladiganlaridir. Bunga o'zbek tilida nashr etilgan turli terminologik lug'atlarda, o'zbek tili sinonimlari, antonimlari, frazeologik lug'atlarida va turli izohli lug'atlarda berilgan so'zlar qo'shilsa, lug'at boyligi yana ming-minglab oshadi. Bulardan tashqari, juda ko'p so'zlar ko'p ma'noni bildiradi. Masalan, shu izohli lug'atda bosh so'zining 40 dan ortiq asosiy va frazeologizm bilan bog'langan ma'noda ishlatilishi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.9 MB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:37 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.9 MB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga