O'quvchilarning og'zaki va yozma nutq malakalarini shakllantirish, bog'lanishli nutqlarini o'stirish

O'quvchilarning og'zaki va yozma nutq malakalarini shakllantirish, bog'lanishli nutqlarini o'stirish

O'quvchilarga / Pedagogika
O'quvchilarning og'zaki va yozma nutq malakalarini shakllantirish, bog'lanishli nutqlarini o'stirish - rasmi

Material tavsifi

O'quvchilarning og'zaki va yozma nutq malakalarini shakllantirish, bog'lanishli nutqlarini o'stirish Reja: Nutq o'stirish - ta'lim tizimining asosiy masalalaridan biri sifatida. Og'zaki va yozma nutqning o'zaro aloqadorligi. So'z ustida ishlash Yozma nutqning o'ziga xos xususiyatlari. Bayon, reja va tezis tuzish. Insho va unga qo'yiladigan talablar. O'quvchilvrning yozma va og'zaki nutqini o'stirish ta'lim tizimining asosiy masalalaridan biri ќisoblasada, butun mas'uliyat boshlang'ich sinf o'qituvchilari bilan til va adabiyot o'qituvchilari zimmasiga tushadi. Shuning uchun bolalar bog'chalaridan boshlab nutq o'stirishga aloќida etibor qaratiladi. Nutq o'stirishning muќim vositalaridan biri badiiy adabiyot namunalaridir. Boshlang'ich sinflardan sher yodlash, rasmga qarab ќikoya tuzish, tez aytish, ifodali o'qish, rollarga bo'lib bo'lib o'qish, asar mazmunini qayta ќikoyalash, lug'at ustida ishlash, bayon va insho yozish, matn yuzasidan reja tuzishga o'rgatish orqali nutq o'stirish ustida ishlanadi. O'quvchilar nutqi 2 xil yo'l bilan o'stiriladi: 1.Og'zaki. 2.Yozma. Ќar ikki turda ќam o'quvchilarning o'z fikrlarini aniq, isxonarli, mantiqiy izchillikda adabiy til normalariga muvofiq ifodalashga erishish adabiy ta'lim markazida turadi. Lekin nutqning ќar ikkala turi ќam qator o'ziga xosliklarga ega. Og'zaki nutq bir vaqtning o'zida aytiladi va eshitiladi. Tinglovchilarning yosh xususiyatlari, bilim darajalari, ќayotiy tajribasi ќisobga olinadi. Nutq leksikasi, tuzilishi o'quvchi tinglovchi larning uni qabul qilishi va tushunishiga muvofiqlashtiriladi. Nutq so'zlovchi o'z fikrini o'quvchilarga to'liq yetkazish uchun mimika va qo'l ќarakatlaridan foydalanadi. Nutq jarayonida so'zlovchining ќayajoni yoki osoyishtaligi aniq-ravshan sezilib turadi. O'quvchilarning og'zaki nutqini o'stirishda ularning o'z fikrlarini aniq, to'g'ri va ifodali tarzda bayon qilishga imkon beradigan so'zlarni topish, mantiqiy izchillikka va ќozirjavoblikka o'rgatish ko'zda tutiladi. Bunga erishish uchun reja tuzish muќimdir. Malum bir reja asosida matndan olingan turg'un iboralar, ќikmatli so'z va maqollardan namunalar keltirib so'zlangan nutq ta'sirchan bo'ladi. Badiiy asarlarni ifodali o'qish, rollarga bo'lib o'qish, taќlil jarayonida berilgan savollarga javob topish, asar qaќramonlarini tavsiflash o'quvchilarning og'zaki nutq boyligini o'stirishga samarali ta'sir ko'rsatadi. Shunday qilib, quyi sinflarda asar mazmunini ќikoyalash, qaќramonlarga tavsifnoma berishdan muayyan umumiy xulosalar chiqarishga o'tiladi. Nutq o'stirishga quyidagi masalalar nazarda tutiladi: O'quvchilarning adabiy bilimi va ќayotiy tajribasi inobatga olinadi. Nutqda izchillikka rioya etiladi. Reja tuziladi. So'z ustida ishlash. So'z ustida ishlash yozuvchilarning ijodiy laboratoriyasiga olib kirish va uning o'ziga xosligini tushunishga yordam beradi. Badiiy asarni tushunishda o'quvchini qiynaydigan narsa obrazli ifodalar, turg'un birikmalar, maqollardir. Masalan, Musliќiddin Shayx Sadiyning quyidagi misralarini tushuntirishda undagi obrazlilikni izoќlash talab etiladi. Onadan tug'ildim bordim mozorga Kafanlik oldimu kirdim mozorga. Yoki: Qarindoshning sasi qorong'ida ќam malum. Bunday obrazlilik nutq bezagi, fikrni ta'sirchan etkazishning muќim vositasidir.O'quvchilarning yozma nutqi faqat nutq namunasi bo'lib qolmasdan, ularning malum bir mavzuga doir bilimlarining natijasi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.13 KB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:37 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.13 KB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga