O'quvchilarning sinfdan tashqari mashg'ulotlarini tashkil qilish

O'quvchilarning sinfdan tashqari mashg'ulotlarini tashkil qilish

O'quvchilarga / Pedagogika
O'quvchilarning sinfdan tashqari mashg'ulotlarini tashkil qilish - rasmi

Material tavsifi

O'quvchilarning sinfdan tashqari mashg'ulotlarini tashkil qilish Reja: Sinfdan tashqari mashg'ulotlarni hosil qilishning vositasi (to'garaklar). Adabiy-ijodiy to'garaklar. Mashg'ulotlar mavzusi va o'tkazish shakllari. Drama to'garagi. Ifodali o'qish va badiy hikoya qilish to'garaklari. Adabiy vistavkalar tashkil etish metodikasi. Adabiy ekskursiya, kino, teatr. Bizning ajdodlarimiz hamisha uzoqni ko'zlab yashagan. Millat Vatan, xalq istiqboli degan muqaddas tushunchalar hamma vaqt qalbimizning turidan joy olib, har birimizning hayotimizda, ongimizda charx urib turishi darkor. Chinakam xalq bo'lsak, chinakam millat bo'lsak, ulkan, qudratli daryoga aylanaylik, farzandlarimizga o'zgalar havas qiladigan ozod va obod Vatan qoldiraylik. Prezident I.A. Karimov. 1997 y 29 avgust.O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi To'qqizinchi sess.so'z.n. Mazkur nutqdan kelib chiqib, ta'lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o'tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to'la halos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma'naviy va ahlokiy talablarga javob beradigani o'quvchi yoshlarni tarbiyalash ishida maktabdan tashqari olib boriladigan mashg'ulotlar katta rol o'ynaydi. Shu sababdan ham o'qilayotgan asar yuzasidan umumiy fikrga kelish, maslahatlashish aniq tushuncha hosil qilishining eng yaxshi vositasi-to'garaklardir. To'garak o'quvchilarni uyushtiradi, asar ustida ishlashga o'rgatadi. O'qituvchi bu ishda rahbar bo'ladi. Adabiyot va adabiy o'qish mashg'ulotlariga aloqador bo'lgan to'garaklar asosan 3 turlidir. Adabiy - ijodiy to'garak. Drama to'garagi. Ifodali o'qish va badiiy ijod to'garagi. Malumki bu uch to'garak ham o'quvchilarning bilim doirasini kengaytiradi, adabiyotdan yanada ko'proq ma'lumot olishini, o'z ustida ishlashni, ijodga ilhomlantirish uchun xizmat qiladi. Shu sababdan mazkur to'garaklarning maqsad va vazifalari nuqtada birlashadi. To'garakda o'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan yangiliklar bilan tanishadilar. Ularni qiziqarli, jonli bo'lishiga harakat qilish kerak. To'garak a'zolarining saviya va yoshlarini albatta etiborga olib reja tuziladi va har bir to'garak rahbari shu to'garakning xususiyatini aniqlagan holda ish yuritadi. Drama to'garagiga rahbarlik qiladigan o'qituvchi: dramatik asarlarning xususiyatlarini egallagan va malum darajada aktyorlik san'atidan ham xabardor bo'lishi, o'quvchilar oldida biror - bir personajning harakat va nutqini odat va xarakterini ko'rsatib bera ololadigan bo'lishi lozim. Adabiy-ijodiy to'garak rahbarida esa adabiyot asarlarini tahlil etish, nazariy bilim berish va ijod ishidan ham xabardor bo'lsa, va o'z ijodidan o'quvchilarga manzur qila oladigan bo'lsa, mazkur to'garaklar obro'si yanada oshadi. Nuqsonsiz ifodali o'qish. To'garak mashg'ulotlari bir oyda, bir yoki ikki marta o'tkaziladi. Mashg'ulotlar oddiy sinfda emas, balki maktab adabiyot kabineti maktab sahnasida o'tkazilgani maqul. Mashg'ulot o'tkaziladigan joyning tashqi ko'rinishi ham o'quvchilar ruhiyatiga kuchli ta'sir qiladi portretlar, asarlari bilan bezab. Mashg'ulotlar mavzusini xilma-xilligi ishning mazmuniga o'quvchilarning qiziqishlariga ta'sir etadi. Bir yillik mashg'ulot uchun tuzgan reja o'z navbatida dastur materiallari asosida adabiyot va adabiy o'qish yuzasidan o'quvchilarga beriladigan ma'lumotni boyitish va kengaytirishda, ayniqa drama va adabiy-ijodiy to'garaklar ahamiyatlidir. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.09 KB
Ko'rishlar soni 36 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:37 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.09 KB
Ko'rishlar soni 36 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga