O'quvchi-talaba shaxsining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari Rеja: 1. Oliy maktab psixologiyasi haqida. 2. Talaba-yoshlarning psixologik xususiyatlari. 3. Talabalar o'quv faoliyatining xususiyatlari. 4. Bilim olish qiyinchiliklari va ularni bartaraf qilish. 5. Ma'ruza va sеminar sifatini baholash. SO'Z BOSHI Kadrlar tayyorlash bo'yicha milliy dastur va uni amalga oshirishni ta'minlashga yo'naltirilgan barcha meyoriy hujjatlarda o'sib kelayotgan yosh avlodning intellektual imkoniyatlarini, individual-psixologik xususiyatlarini o'rganishga va shu asosda ta'lim va tarbiya ishlarini rejalashtirish va qayta qurishga katta e'tibor berilgan. Bu esa, boshqa fanlar bilan bir qatorda, yosh avlodni tarbiyalashda psixologiya fanining ham alohida o'rni mavjudligini ko'rsatmoqda. Mazkur kursni o'qitilishdan maqsad, bakalavriatning Kasbiy pedagogik tayyorgarlik yo'nalishi bo'yicha ta'lim olayotgan talabalarni kelgusi kasbiy faoliyatlarida kerak bo'ladigan hozirgi zamon psixologiyasining nazariy va amaliy bilimlarni berish. Psixologiya kursining vazifasi talabalarni o'quv-tarbiya jarayonini o'rganish va boshqarishda qullaniladigan shaxs psixologiyasi, psixik jarayonlar, yosh davrlari psixologiyasi, pedagogik psixologiyaga oid bilimlar, ko'nikma va malakalar bilan qurollantirish. Kursni o'rganish davomida talabalar psixika va uning taraqqiyoti, shaxsning shakllanishi, shaxsning faoliyati va bilish jarayonlari, ta'lim va tarbiya jarayonining psixologik qonuniyatlari haqida bilimlar oladilar. Psixik hodisalar, psixik jarayonlar, holatlarni klassifikatsiya qilish, ularning yuzaga chiqishini, rivojlanganlik darajasini diagnostika qilish, psixologik bilimlarga asoslanib o'z pedagogik faoliyatini, o'quvchilarning bilish faoliyatini, ta'lim va tarbiya jarayonini to'g'ri tashkil qilish va boshqarishga doir ko'nikma va malakalarga ega bo'ladilar. Ushbu ma'ruzalar majmuida 5140900 - Kasb ta'limi yo'nalishining barcha sohalari bo'yicha ta'lim olayotgan talabalar o'rganishi uchun psixologiya kursining umumiy psixologiya bo'limiga doir mavzular kiritilgan. Bu mavzularda o'tiladigan o'quv materiallarining asosiy mohiyati berilgan bo'lib talab uchun chuqur bilim olishga yo'llanma beradi va mashg'ulotlrga o'tiladigan mavzu bo'yicha yetarli tushuncha bilan kelish imkonini beradi. Hozirgi eng dolzarb muammolardan biri oliy o'quv yurtlaridagi ta'lim-tarbiya ishlari samaradorligini kеskin oshirishdan iborat. Oliy o'quv yurtlaridagi ta'lim tarbiya jarayonlari samarali amalga oshirish uchun talabalar bilan o'qituvchilar o'rtasida uzluksiz ta'sir o'tkazish xukm surishi lozim. Bu ta'sir o'tkazish umumta'lim maktabi o'qituvchisi va o'quvchisi o'rtasidagi, yoki litsеy va kollеj o'qituvchisi va o'quvchilari o'rtasidagi munosabatlardan farq qiladi, bu bir tomondan ular o'rtasidagi yosh xususiyatlaoriga, ijtimoiy-huquqiy mavqеlariga bog'liq bo'lsa, auditoriyada «ustoz-muallim» va «shogird-tinglovchi», tarzida, auditoriyadan tashqarida do'stona, aka-uka, xatto «ota-bola» munosabatlariga yaqin do'stona, dilkash bo'lishi maqsadga muvofiqdir. Lеkin, shu vaqtgacha oliy maktab psixologiyasi, undagi talaba va profеssor-o'qituvchilar o'rtasidagi psixologik muxit chuqur taxlil qilib chiqilmagan. Oliy o'quv yurtidagi ta'limning o'ziga xos xususiyatlari talaba-largning boshqa ijtimoiy guruhlar bilan muloqotga kirishish uchun muhim imkoniyat yaratadi. Talabalik davrining asosiy xususiyatlaridan biri-ijtimoiy еtuklikning jadal surat bilan ro'yobga chiqishidir. Talabalik davri o'spirinlikning ikkinchi bosqichidan iborat bo'lib, 17-21 (25) yoshni o'z ichiga oladi va o'zining xususiyatlariga ega. ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:38:28
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.39 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:35
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:38 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.39 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:35 ]
Arxiv ichida: doc