O'quv-tarbiya jarayonida o'quvchi-yoshlar fuqarolik madaniyatini shakllantirish texnologiyalari Reja: Oliy o'quv yurtlarida o'quv-tarbiya jarayoni. Oliy o'quv yurtidagi ijtimoiy-gumanitar fanlar va ularning yoshlar madaniyati va dunyoqarashini tarbiyalashdagi o'rni. Ijtimoiy-gumaritar fanlarning mustaqil Respublikada ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish uchun mamlakat tarixi, tarixiy voqealarining voristligi va qonuniyligini, moddiy borliq va ijtimoiy hayotning ilmiy-falsafiy, dunyoviy ildizlarini o'rganuvchi fan sifatida shaxs fuqarolik madaniyatini shakllantirishda, hal etadigan vazifalari. «O'zbekiston tarixi» fani o'zbek xalqining jahon tarixi, insoniyat sivilizatsiyasi qo'shgan hissasini anglatuvchi-yu ma'naviy merosga hurmat va milliy g'ururni tarbiyalovchi fan. 4. «Milliy istiqlol g'oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» fani talaba-yoshlar qalbiga va ongiga milliy dunyoqarash, milliy mafkurani tarkib toptiruvchi, ularda iymon, e'tiqod, insof, adolatni tarkib toptiruvchi, yoshlarda insonparvarlik, vatanparvarlik, mehnatsevarlik tushunchalarini singudiruvchi fanlardan biri. «ma'naviyat asoslari», «Madaniyatshunoslik» fanilari yoshlarni insoniyat, Sharq va Markaziy Osiyo, shu jumladan o'zbek xalqining ma'naviyat, madaniyatga oid ta'limotini o'rgatuvchi, yoshlarda milliy urf-odatlar, an'analarga ongli munosabatni anglatuvchi manba. 5. «Pedagogika» ta'lim-tarbiya, ma'lumot to'g'risidagi fan sifatida, bo'lajak mutaxassislarda mehnatkashlarga nisbatan mehribonlik, g'amxo'rlik, ochiqko'ngillik, muomala, o'rtoqlik, do'stlik hisalarini tarbiyalovchi muhim ta'limiy-tarbiyaviy vosita. O'quvchi-yoshlarda fuqarolik madaniyatini shakllantirishning nazariy-metodologik, psixologik-pedagogik asoslarini ko'rib chiqgan edik. Endi muammoning amaliy asoslarini tavsiflab, oliy o'quv yurtining o'quv-tarbiya jarayonida talabalarda fuqarolik madaniyati shakllantirish texnologiyalari xususida so'z yuritiladi. Malumki, talabalarning fuqarolik madaniyati oliy o'quv yurtining yaxlit ta'lim-tarbiya (oliy o'quv yurti o'quv rejasidagi gumanitar-iqtisodiy, ixtisos, umumkasbiy o'quv jarayonlari, tarbiya ishlari, ijtimoiy-foydali mehnat, amaliy faoliyat) jarayonida shakllanib boradi. Ammo bu jarayon ijtimoiy-gumanitar fanlarni o'rganish jarayonida tezroq va mukammalroq amalga oshishini tajriba ko'rsatdi. Zero, ijtimoiy-gumanitar fanlar mazmunida mustaqillik mafkurasi, bozor iqtisodiyotiga asoslangan jamiyatning turmush tarzi, fuqarolik jamiyati va uning o'ziga xos xususiyatlari, bozor munosabatiga o'tish davrining muammolariga doir bilimlar bayon etilganki, ular talaba-yoshlarda mustaqillikni mustahkamlash, demokratik huquqiy davlatni rivojlantirish va ochiq fuqarolik jamiyatini shakllantirish, bozor iqtisodiga asoslangan jamiyatning turmush tarzi hamda uning o'ziga xos xususiyatlarini mukammalroq anglash kabi masalalarni hal etishda dasturamal bo'lib xizmat qiladi. 2-masala. Ijtimoiy-gumanitar fanlar mustaqil Respublikada ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish uchun mamlakat tarixi, madaniyati, iqtisodi, ma'naviyati, tarixiy voqealarning vorisiyligi va qonuniyligini, moddiy borliq va ijtimoiy hayotning ilmiy-falsafiy, dunyoviy ildizlarini talabalarga o'rgatish bilan birga: insoniyat va jamiyat rivojida umumbashariy, milliy ma'naviy merosning o'rni va moddiy ishlab chiqarishning ahamiyati; O'zbekiston Konstitutsiyaviy tuzumining asosiy prinsiplari, fuqarolarning huquqlari, burchlari va erkinliklarining qonun bilan kafolatlanishini hamda jamiyat va shaxs munosabatlarining dialektik mutanosibligi; mustaqillik tafakkuri, fuqarolik madaniyatining ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy-madaniy, tarixiy, ilmiy-nazariy va amaliy zaminlarini anglab etish; shaxs shakllanishi va jamiyat taraqqiyotida ta'lim-tarbiyaning ustivorligi, uning dunyoviylik, insonparvarlik va demokratik xarakterda ekanligi; ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:38:28
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.37 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:34
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:38 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.37 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:34 ]
Arxiv ichida: doc