O'quv-tarbiyaviy ishlarini amalga oshirishning tashkiliy shakllari va o'tkazish metodikasi

O'quv-tarbiyaviy ishlarini amalga oshirishning tashkiliy shakllari va o'tkazish metodikasi

O'quvchilarga / Pedagogika
O'quv-tarbiyaviy ishlarini amalga oshirishning tashkiliy shakllari va o'tkazish metodikasi - rasmi

Material tavsifi

O'quv-tarbiyaviy ishlarini amalga oshirishning tashkiliy shakllari va o'tkazish metodikasi Reja: Sinf majlisini tayyorlash va o'tkazish Umumiy qoidalar. Sinf to'g'risida ma'lumot. Insoniyat tarixiga nazar tashlaydigan bo'lsak, ta'limni tashkil etish shakllari ijtimoiy tuzum manfaatlariga mos holda paydo bo'lgan va rivojlangan. Dastlabki davrlarda ta'lim berish ishlari odamlarning mehnat faoliyati, turmush tarzi bilan uzviy bog'langan hamda bilim berish, o'rgatish ishlari yakka tartibda olib borilgan. ta'limning tashkiliy masalalari Al-Forobiyning Fan va aql zakovat asarida o'quv fanlarini sinflariga bo'lib o'qitish, ularning tarbiyaviy mohiyatini ochish masalalariga etibor berilgan. Sinf-dars tizimini didaktik talablar asosida yaratishda buyuk chex pedagogi Yan Amos Komenskiyning xizmatlari katta, uning sinf-dars tiziminining asoschisi sifatida butun dunyo tan olgan. Sharq mutafakkirlaridan Al-Forobiy, Abu Ali ibn Sino, A.Avloniy, H.H.Niyoziy sinf-dars tizimda o'qitishning ahamiyati haqida o'z fikrlarini bildirib o'tishgan. Bu tarixiy jarayonda pedagogika fani oldida turgan muammolardan biri ta'limning tashkiliy shakllari samaradorligini oshirish bilan bog'liq ilmiy nazariy, uslubiy va amaliy muammolarni hal etuvchi tadqiqotlar olib borilayapti. Bu borada mustaqil mamlakatimizda Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishda ta'lim tizimiga yangi pedagogik texnologiyalar tatbiq etish bilan bog'liq ishlar qilinmoqda. Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanini o'rganishda mashg'ulotlar o'tkazishning maxruza, amaliy mashg'ulotlar, seminar, muammoli masalalarni hal etish, munozara. Kurs ishini bajarish, kasbiy amaliyot, malkaviy bitiruv ishini bajarish kabi tashkiliy shakllari mavjud. Tarbiyaviy ishlar metodikasi fani o'rganish jarayonida o'quvchilar amaliyot davrida tarbiyaviy ishlarni tashkil etish va o'tkazishni, dars o'tishda texnik vositalarning pedagogik-psixologik imkoniyatlaridan foydalanishni, mashg'ulotlar o'tkazishda texnik vositalarni ishlatish uchun kerakli bo'lgan informatsion materiallarni tayyorlashni, dasturlashtirilgan nazorat qurilmalariga test savollarini tuzishni, o'quvchilar bilimini reyting tizimida baholashni bilib oladilar. ta'lim maqsadlarini amalga oshirish bo'yicha ta'lim oluvchilar bilan ta'lim beruvchilar o'rtasida bo'ladigan murakkab jarayonda ta'lim usuli muhim vazifani bajaradi. Usul - izlanish, bilish yo'li, ta'limot maxnosini bildiradi. ta'lim usuli - o'qitishda belgilangan maqsadga erishish uchun ta'lim oluvchi bilan ta'lim beruvchining o'zaro bog'liq faoliyatini mujassamlashtirish usulidir. Dars o'tish shakllaridan biri - faol o'qitish usuli. Faol o'qitish usuli ta'lim oluvchilarning o'quv materialini o'zlashtirish jarayonida fikrlash va bilish faoliyatlarini rivojlantiradi. Faol o'qitish usulidan quyidagicha foydalaniladi: - o'qituvchi qayta so'zlab berish hamda esda saqlash uchun tayyor o'quv materialini namoyon etmaydi; - o'quv materialini shunday bayon qiladiki, o'quvchilar faol bilish va amaliy ishlar jarayonida mustaqil bilim va malakalarni egallaydilar. Faol o'qitish usulining xususiyati shundaki, uning asosida amalda fikrlash faoliyatiga intilish yotadi. Bu usuldan bilimlarni dastlabki o'zlashtirshda, mustahkamlashda, ko'nikma va malakalarni shakllantirishda foydalanish mumkin. Faol o'qitish usullaridan suhbat va munozara usullarining o'qitish metodikasini ko'rib chiqamiz Suhbat, bahs - o'qitish va o'qishning dialogik, savol-javob usuli. Bu usulning asosiy maqsadi - motivatsiya qilish, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.14 KB
Ko'rishlar soni 53 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:34 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.14 KB
Ko'rishlar soni 53 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga