O'quv-tarbiyaviy jarayonni boshqarish Mustaqil Respublikamiz amaliyotida qo'llanayotgan qomusimizda belgilab berilgan qonunlarimizdan kelib chiqqan holda shuni takidlash lozimki, har tomonlama kamolga etgan barkamol inson uchun zarur bo'lgan ma'naviyat qirralari; iymon, e'tiqod, mehr, vatanparvarlik, insonga cheksiz muhabbat, do'stlik, muruvvatlilik, qanoatlilik va sabr-toqatlilik, saxiylik, milliy g'urur kabi fazilatlarni shakllantirish zarurdir. Tarbiyadan ko'zlangan asosiy maqsad, har tomonlama ma'naviy rivojlangan aqliy va axloqiy barkamol shaxsni shakllantirishdan iborat. Shunga ko'ra tarbiyaviy faoliyatning mazmuni, tashkiliy shakllari va usullari shu maqsadga erishishni ko'zda tutadi. Tarbiyaviy ish malum maqsadni ko'zlovchi va uzluksiz davom etadigan jarayondir. Ko'pincha bir necha maqsad va vazifa birdaniga bajariladi, bu esa o'quvchilar jamoasining aqliy va axloqiy o'sishini ta'minlaydi. Quyida o'quv-tarbiya jarayonining qonun-qoidalarini ko'rib chiqamiz. 1. Tarbiyaning malum bir maqsadga qaratilganligi qoidasi bolalar jamoasining rivojlanish istiqbollarini ko'ra bilishga yordam beradi. Har bir tarbiyaviy tadbir oldindan puxta o'ylangan, muayyan maqsadni amalga oshirishga bo'ysundirilgan bo'lsa, uning g'oyaviy-siyosiy darajasini ko'taradi, tanlangan usul va vositalar maqsadga muvofiq keladi, ularning tarbiyaviy ta'siri yuqori bo'ladi. Quyida o'quv-tarbiya jarayonining qonun-qoidalarini ko'rib chiqamiz. 1. Tarbiyaning malum bir maqsadga qaratilganligi qoidasi bolalar jamoasining rivojlanish istiqbollarini ko'ra bilishga yordam beradi. Har bir tarbiyaviy tadbir oldindan puxta o'ylangan, muayyan maqsadni amalga oshirishga bo'ysundirilgan bo'lsa, uning g'oyaviy-siyosiy darajasini ko'taradi, tanlangan usul va vositalar maqsadga muvofiq keladi, ularning tarbiyaviy ta'siri yuqori bo'ladi. Tarbiya maqsadini belgilashda jamiyat talablari, davr nafasi, milliy xususiyatlar asos qilib olinadi. Tarbiyaning maqsadi - har tomonlama kamol topgan - mukammal inson shaxsini tarbiyalashdir. O'qituvchilar jamoasi va har bir o'qituvchi ana shu maqsadlardan kelib chiqib, tarbiyaviy ishlarning vazifalarini belgilaydi, uning mazmunini aniqlaydi hamda maktab ish sharoitlarini hisobga olgan holda yosh yigit-qizlarni tarbiyalashning shakl va uslublarini tanlaydi. . Tarbiyaning insonparvarlik va demokratik qoidasi; Umumiy ta'lim maktabi yangi pedagogik tafakkur egasi, munosib shaxs, o'z ishining ustasi bo'lgan o'qituvchiga muhtoj. O'qituvchining bilim saviyasi, ma'naviyati jamiyatni harakatga keltiruvchi, taraqqiyotga eltuvchi yetakchi omillardan biridir. O'qituvchi yurish-turishi, xatti-harakati, qiyinishi, muomalasi bilan o'quvchi qalbiga kirishi, uni ezgulik sari yo'naltirishi kerak. Bir butun pedagogik jarayonda ta'lim doimo tarbiyaviy vazifalarni, tarbiya esa hayotni bilish, unga tayyorlanishdek mas'uliyatli vazifani bajaradi. Tarbiyaning vazifalari ko'p qirralidir. ta'limning asosiy vazifasi o'quvchi-talabalarni bilimlar bilan qurollantirish bo'lsa, tarbiyada o'quvchi-talabaning jamiyatimizda qabul qilingan axloq-odob qoidalariga mos keladigan e'tiqodini, axloqiy malaka va ko'nikmalarini, ehtiyoj va intilishlarini tarkib toptirish muhimdir. Hamma davrlarning ilg'or kishilari tarbiyaga yuqori baho berganlar. Xalq donishmandlari va mutafakkirlaridan Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug'bek, Alisher Navoiy, Zavqiy, Furqat, Avaz O'tar, Hamza, Abdulla Avloniy inson kamolotini ilm-fan va tarbiyada deb bildilar. Tarbiyashunos olim Abdulla Avloniy o'zining ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:38:28
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
689.39 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:35
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:38 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
689.39 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:35 ]
Arxiv ichida: pptx