O'quv-yuklamalari,o'quv-metodikasini, ilmiy va tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish Reja: ta'lim mazmuni ta'lim mazmunini tanlash tamoyillari O'quv rejasi O'quv dasturi ta'limning mazmuni. ta'limning mazmuni uning maqsadidan kelib chiqadi. ta'limning mazmuni deganda, muayyan bir ta'lim muassasasida o'quvchi tomonidan o'qish jarayonida egallab olishi lozim bo'lgan hamda bir tizimga solingan bilim, malaka va ko'nikmalarning aniq belgilangan doirasi tushuniladi. ta'limning mazmuni bir qator ehtiyojlarni hisobga olish bilan belgilanadi: ijtimoiy ishlab chiqarishning eng zarur ehtiyojlari, ijtimoiy tizimning xususiyatlari; davlatning xalq ta'limi va muayyan turdagi ta'lim muassasasi oldiga qo'yadigan maqsad va vazifalari; o'qitish qoidalaridan kelib chiqadigan va o'quvchilarning imkoniyatlarini (yosh imkoniyatlari va boshqalar) ztaborga oluvchi didaktik talablar. ta'lim muassasalarida beriladigan ta'limning mazmuni tarixiy hamda sinfiy xususiyatga egadir. Jamiyat tarixiy taraqqiyotining hamma bosqichlarida ta'lim muassasalarida yoshlarga beriladigan ta'limning mazmuni, hajmi o'sha ijtimoiy tizimning iqtisodiy talab va ehtiyojlari, fan va texnika taraqqiyoti darajasi bilan belgilab kelingan. ta'lim mazmunini tanlash tamoyillari. Pedagogika nazariyasida ta'lim mazmunini shakllantirishning asosiy tamoyillari V.V. Kraevskiy tomonidan ishlab chiqilgan bo'lib, ular quyidagilardan iborat: 1. ta'lim mazmunining jamiyat, fan, madaniyat va shaxs muvofiqligi tmaoyili. Bu tamoyil ta'lim mazmuniga zarur bo'lgan bilim, malaka va ko'nikmalarni, shuningdek jamiyat, madaniyat, shaxs imkoniyatlari rivojlanishining zamonaviy darajasini aks ettiruvchi bilimlarni kiritishni ko'zda tutadi. 2. O'qitishning mazmun protsessual jihatlarining yagonaligi tamoyili. Bu tamoyil o'quv jarayonining konkret xususiyatlari, uning tamoyillari, ularni amalga oshirish texnologiyalari va o'zlashtirish darajasi birligini aks ettiradi. 3. Turli darajadagi ta'lim mazmuni tuzilmasining yagonaligi tamoyili. Buni shakllantirish nazariy tasavvur, o'quv fanlari, o'quv materiallari, ta'lim oluvchining shaxsi kabi qismlarning muvofiqlashtirilishini taqoza etadi. 4. ta'lim mazmunini insonparvarlashtirish tamoyili. Bu tamoyil shaxsning umuminsoniy madaniyati, uning ma'naviy ehtiyoji va qobiliyatlarining faol ijodiy va amaliy o'zlashtirilishiga shart-sharoit yaratishni taqoza etadi. 5. ta'lim mazmunining asoslanganligi tamoyili. Bu gumanitar va tabiiy-ilmiy bilimlarni integratsiyalash, uzviylik va fanlararo aloqalarni o'rnatishni talab qiladi. 6. ta'lim mazmuni asosiy komponentlarining shaxs ichki (tayanch) madaniyati tuzilmasiga muvofiqligi tamoyili. Zamonaviy pedagogika fani ta'lim mazmunining quyidagi komponentlarini belgilaydi: shaxsning kognitiv tajribasi (bu komponent tabiat, jamiyat, tafakkur, texnika, faoliyat usullari to'g'risidagi bilimlar tizimini o'z ichiga oladi); amaliy faoliyat tajribasi; ijod tajribasi; shaxs munosabatlari tajribasi. O'quv rejasi. O'quv rejasi - davlat hujjatidir. o'quv rejasi barcha turdagi ta'lim muassasalarida so'zsiz amal qilinishi lozim bo'lgan me'yoriy hujjatidir. Masalan, bakalavr yo'nalishi o'quv rejasida kurslar bo'yicha o'rganilishi lozim bo'lgan o'quv fanlari va o'sha fanlar uchun ajratilgan o'quv soatlari hajmi ko'rsatilgan bo'ladi. ta'lim muassasalarining yagona o'quv rejasi tegishli vazirlik va idoralar tomonidan tasdiqlanadi. O'quv rejasi deb o'qitiladigan fanlar, o'qititish uchun jratilgan soatlar va o'quv yilining tuzilishini belgilab beruvchi davlat hujjatiga aytiladi. O'quv rejasini tuzishda quyidagi ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:38:28
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.17 KB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:35
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:38 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.17 KB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:35 ]
Arxiv ichida: doc