Orasta bo'ling (dars ishlanma)

Orasta bo'ling (dars ishlanma)

O'quvchilarga / Pedagogika
Orasta bo'ling (dars ishlanma) - rasmi

Material tavsifi

Orasta bo'ling. Darsning ta'limiy maqsadi: o'quvchilarning og'zaki va yozma nutqini o'stirish,lug'at boyligini oshirish,mustaqil fikrlashga o'rgatish. Darsning tarbiyaviy maqsadi: o'quvchilarni o'z uy-joylarini ozoda tutishga,doim orasta yurishga o'rgatish. Darsning turi: yangi bilim beruvchi. Darsning jihozlanishi: darslik,kompyuter. Darsning shiori: Tozalik-sog'lik garovi. Har bir harfga bir ustun so'z o'yini orqali jadvalni to'ldiring. Rasmlar asosida gaplar tuzing! Qo'yidagi so'zlar ishtirokida gaplar tuzing. Orasta,tozalamoq,yuvmoq,artmoq,taramoq, supurmoq,dazmollamoq,turmaklamoq. Eslab qoling! Men U Kiyimimni tozalayman. Kiyimini dazmoladi. Tuflimni artaman. Tirnoq'ini oladi. Sochimni tarayman. Sochini turmaklaydi. Qo'limni yuvaman. Orasta qiyinadi. Orasta o'quvchi. Nigora 4-sinfda o'qiydi.U a'lochi,xulqi namunali qiz.Sinfimiz o'quvchilari Nigoraga havas qilishadi.O'qituvchimiz Ozoda opa:Orasta o'quvchi har kuni ertalab turib yuz-qo'lini yuvadi,tishini tozalaydi,sochlarini tarab,kiyimlarini toza tutadi.Ovqatlanishdan avval qo'lini albatta sovunlab yuvadi.Maktabdan kelib kiyimlarini qoqib,oyoq kiyimini tozalab joyiga qo'yadi,-deydilar .Biz o'qituvchimizning aytganlarini bajarishga harakat qilamiz.Ayting-chi, orasta o'quvchi yana qanaqa xislatlarga ega bo'lishi kerak? 1-mashq .Orasta o'quvchi matnidagi qo'yidagi so'zlar ishtirokida gaplar tuzing. Orasta o'quvchi. Namunali. Havas qilishadi. Yuvadi . Tozalaydi. Kiyimlarini. Orasta. 2-mashq.Birinchi ustundagi so'zlarga ikkinchi ustindan mos so'zlarni topib so'z birikmalari yasang.Bu so'z birikmalari asosida o'zingiz va do'stingiz haqida gaplar tuzing. Uy yuvish Idishlarni dazmonlash Kiyimlarni artish Changlarni supirish Bilib oling! -lik qo'shimchasi sifatlarga qo'shilib,belgi-xususiyat otlarini yasaydi. Masalan: toza+lik-tozalik, ozoda+lik-ozodalik,orasta+lik-orastalik. 2-topshiriq. Berilgan so'zlarga -lik qo'shimchasini qo'shib yangi so'zlar hosil qiling.Ularni yoqtirmoq fe'li bilan bog'lab,tasdiq yoki inkor mazmunini ifodalovchiaplar tuzing. Masalan:Tozalikni yoqtiraman. Go'zal,iflos,ko'rkam,olifta,qo'pol,tartibli,odobli. 3-topshiriq. She'rni ifodali o'qing,ajratib ko'rsatilgan so'z va so'z birikmalari ishtirokida gaplar tuzing. O'quuvchi, esingda bo'lisin. Barvaqt turish odating bo'lsin, Badantarbiya bo'lmasin kanda. Ozodalik shioriring bo'lsin, Salomatlik garovi shunda. Yosh badaning quvvatga to'lur, Mushaklaring misli tosh bo'lur. Tishingni tutgin doimo toza, Tish pastasida yuvgin rosa! Esingdan hech chiqarma, Keyin pushaymon bo'lma. Lug'at. Orastalik haqida gaplar tuzing. Uyga vazifa. Uyda orastalikka qanday amal qilishingiz haqida 3-4 gapdan iborat matn tuzing. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 612.22 KB
Ko'rishlar soni 49 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:43 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 612.22 KB
Ko'rishlar soni 49 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga