O'rta maxsus kasb bilim yurtlarini boshqarish prinsiplari va qonuniyatlari

O'rta maxsus kasb bilim yurtlarini boshqarish prinsiplari va qonuniyatlari

O'quvchilarga / Pedagogika
O'rta maxsus kasb bilim yurtlarini boshqarish prinsiplari va qonuniyatlari - rasmi

Material tavsifi

O'rta maxsus kasb bilim yurtlarini boshqarish prinsiplari va qonuniyatlari. Boshqarish maqsadi va metodlari REJA: O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi davlat ta'lim standartlarining vazifalari: O'MKHT ni standartlashtirish tamoyillari: O'MKHT tayyorlov yo'nalishlari kasblar va ixtisosliklar tarmoq standartlarini ishlab chiqish Tarmoq ta'lim standartlarini ishlab chiqish bosqichlari STANDART - konsensus asosida ishlab chiqilgan va faoliyatning har xil turlariga yoki ularning natijalariga tegishli bo'lgan umumiy va takror foydalaniladigan qoidalar, umumiy prinstiplar yoki tavsiflari belgilangan va ma'lum sohada eng maqbul darajali tartiblashtirishga yo'naltirilgan, tan olingan idora tomonidan tasdiqlangan hujjat. Ta'limni standartlashtirish Ta'limni standartlashtirish - bu butun dunyo kasb-hunar ta'limini islohotlashtirishdagi eng yirik tendenstiyalardan biridir. Uni krizisni engib o'tishning asosiy vositasi sifatida hisoblaydilar. Jamiyatda sodir bo'layotgan bugungi yangiliklar hamda iqtisodiy o'zgarishlar ta'lim tizimiga xususan o'rta maxsus kasb hunar ta'limiga boshqacha yondashishni talab qiladi. Shunday ekan o'rta maxsus kasb hunar ta'limi standartlarini ishlab chiqmasdan turib, jahon bozoriga chiqa oladigan, kasbiy mohirlik darajasi yuqori bo'lgan raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlab bo'lmaydi. O'zbekiston Respublikasi va rivojlangan mamlakatlarda kasb-hunar ta'limi Kadrlar tayyorlash milliy dasturining asosiy amalga oshirish vazifalaridan biri ta'lim oluvchilarning tayyorgarlik sifati va ixtisosiga zaruriy talablarni, ularning madaniy va ma'naviy - ruhiy darajalarini aniqlab beruvchi davlat ta'lim standartlarini yaratish va tatbiq etishdir. xalqaro talablarga javob beruvchi o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi davlat standartlarini (DTS) ishlab chiqish birinchidan, O'zbekiston Respublikasi va rivojlangan mamlakatlarda kasb-hunar ta'limi ekvivalentligini hamda o'z navbatida mamlakatimizning xalqaro mehnat bozorida to'siqlarsiz ishtirok etishini ta'minlaydi, ikkinchidan ta'lim xizmatlari sifatiga aniq (qat'iy) talablarni belgilab qo'yish natijasida kadrlar tayyorlash sifatini oshiradi hamda ta'lim muassasalari ishining samaradorligini nazorat qilish tizimini tartibga soladi. O'MKHT ni standartlashtirishning mamqsad va vazifalari tamoyillari va nazorat turlari yuqoridagi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan O'MKHT DTS «Asosiy qoidalar», standartida belgilab berilgan. O'MKHT standartlarining joriy etilishi quyidagi maqsadlar amalga oshirilishini nazarda tutadi: O'MKHT ning yuksak sifatini hamda mamlakatda amalga oshirilayotgan chuqur iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarni, rivojlangan demokratik davlat barpo etish talablariga javob beruvchi raqobatbardosh kadrlar tayyorlanishini ta'minlash; mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqib kadrlar tayyorlash mazmunini tartibga solish; O'MKHT ning demokratlashuvi, insonparvarlashuvi va ijtimoiylashuvi, ta'lim oluvchilarning huquqiy va iqtisodiy bilimlari darajasini, shuningdek ta'lim jarayoni samaradorligini oshirish; sifatli ta'lim xizmatlari ko'rsatish, ta'lim va kadrlar tayyorlash sohasida shaxsning, jamiyat va davlatning manfaatlarini himoya qilish; kadrlar tayyorlash sifatini va ta'lim faoliyatini baholash mezonlarini va tartibini belgilash; O'MKHT jarayonini va kadrlar tayyorlashning izchilligi va uzluksizligini ta'minlash; mehnat va ta'lim xizmatlari bozorida raqobatbardoshlikni ta'minlash. O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi davlat ta'lim standartlarining vazifalari O'MKHT sifatiga va kadrlar tayyorlashga, ko'rsatiladigan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 105.41 KB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:37 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 105.41 KB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga