O'rta maxsus kasb hunar o'quv yurtlarida o'qitishning nazariy asoslari Reja: Nazariy ta'lim metodlari. Muammoli vaziyatni vujudga keltirish Nazariy ta'lim metodlari o'qitish metodlari ta'lim jarayonida o'qituvchi va o'quvchilar faoliyatining yo'nalishini, o'qitish jaaryonining qanday tashkil etilishi va olib borilishini hamda o'qituvchining ish xaraktlarini belgilaydi. Bu metodlar o'qituvchi tomonidan o'quvchilar bilim, ko'nikma va malakalarni uzlashtirish uchun kullanadigan usullar yig'indisini o'z ichiga oladi. ta'lim tizimida o'qitish metodlari bilan birga «usul» va «vosita» atamalari xam ishlatiladi. Usul - malum o'quv materialini utishda kullanayotgan asosiy o'qitish metodi bilan birga ikkinchi bir o'qitish metodining ayrim elementlaridan foydalanib ish ko'rishdir. Vosita - o'qitish metodlarini amalga oshirish uchun zarur bo'lgan yordamchi o'quv materiallari - asbob, qurol, apparat va shu kabilardan foydalanishdir. ta'lim metodlari o'qitish jarayonida va pedagogik tafakkurning ko'p asrlik rivojlanishi tarixida muhim o'zgarishlarga duch keldi. Pedagogikada ta'lim metodlarini tavsiflash va belgilashga bir xil yondoshish mavjud emas. Ayrim mualliflar metodlarini belgilashda bilish manbaalarining xususiyatlarini asosiy deb hisoblaydilar; chunonchi, og'zaki (suhbat, tushuntirish, bayon qilish, o'quvchilarning texnik adabiyotlar bilan mustaqil ishlashi va boshqalar); ko'rgazmali (ko'rgazmali qurol, kinofilm va diafilmlarni namoyish etish); mehnat usullarini ko'rsatish o'quvchilarni mustaqil kuzatishlari va boshqalar); amaliy (mashqlar, operatsiyalar, ish usullari, amaliy laboratoriya mashg'ulotlari) va boshqalar. Tushuntirish - ko'rgazmali metod. o'qituvchi har xil vositalar yordamida o'quvchilarga tayyor ma'lumot beradi va ular ma'lumotni kabul kiladilar, anglaydilar va xotirada saklaydilar. Eslash metodi. o'qituvchi topshiriqlar tizimi bilan o'quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etadi. o'quvchi esa tasvirlar bo'yicha ko'nikma va malakalarni egallaydilar. o'quvchilar bilimining xajmi ortib borgan sari birinchi metoddan ikkinchisi bilan birga foydalanish kupayib boradi. Muammoli bayon. o'qituvchi muammoli vaziyatni vujudga keltiradi, dars davomida uni xal qilish yo'llarini tushuntrib boradi va xal qiladi. o'quvchilar uktiuvchi bilan birgalikda muammoni xal qilishda faol ishtirok etadilar. tadqiqot metodi o'quvchilarning yangi muammoni xal qilishdagi mustaqil izlanishi va ijodiy faoliyatini tashkil etish usulidir. Bunda o'qituvchi ularga tayyor muammoni bayon kilmaydi. Uni o'quvchilarning uzlari o'quv materialini uzlashtirish jarayonida topadilar. Shundan sung o'qituvchi muammoli vaziyatni vujudga keltiradi. an'anaviy o'qitish metodlari - og'zaki bayon qilish, tushuntirish, suhbat, ma'ruza, o'quv adabiyotini o'qish; tajribalar o'tkazish, natural obyektlarni ko'rgazmali vositalarni namoyish etish; mashq, yozma ish, grafik ish, laboratoriya ishlari - bayon etilgan metodlar tizimida vosita va usul sifatida namoyon bo'ladi. o'qituvchi esa ular yordamida u yoki bu metodlardan foydalanib darsini yuqori saviyada o'tkazadi. Amaliy o'qitish metodlari. Amaliy metod deganda o'quv materialini mashqlar, mustaqil topshiriqlar, amaliy va laboratoriya ishlari asosida uzlashtirishning shakllari tushuniladi. Ishlab chiqarish ta'limida bu metodga ish usullari, mehnat operatsiyalari, kompleks ishlar va vazifalarni bajarishda mustaqillikni rivojlantirishga qaratilgan ishlar, trenajerlarga oid mashqlar, ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:38:28
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
70.12 KB
Ko'rishlar soni
34 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:37
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:38 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
70.12 KB
Ko'rishlar soni
34 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:37 ]
Arxiv ichida: doc