O'RTA MAXSUS VA KASB-HUNAR TA'LIMI MAZMUNI Yevropava Sharq, Osiyo va Amerika mamlakatlarida ta'lim turlari tarixiy taraqqiyot natijasida yuzaga kelgan. Birinchi turi mifologik ta'lim bo'lib, unda dunyoning mohiyati ertak, afsona, doston, qissa hamda qo'shiqlar shaklida o'rganilgan. Keyingi tarixiy turi sxolastik ta'lim bo'lgan. Uning mohiyatiga ko'ra ta'limda matn madaniyati va yer, osmon haqidagi bilimlar so'z bilan ifodalanib, xotira va irodani mashq qildirish asosida yosh avlodga inson mavjudligi va u tomonidan tashkil etiladigan faoliyat mazmuni haqida bilimlar berilgan, savodxonlik va nutq madaniyatiga o'rgatilgan. ta'lim turlari va ko'rinishlari Somoniylar davrida (X asr) faqat Samarqandning o'zida 20 ga yaqin madrasalar mavjud bo'lgan. Abu Ali ibn Sino (980-1037) o'zining «Donishnoma» («Bilimlar kitobi») nomli asarida mazkur madrasalarda faqat musulmonchilikka oid bilimlar berilibgina qolmay, balki dunyoviy ilmlar ham o'rganilganligi, ilmiy tadqiqotlar olib borilganligi, ularning negizida ilmiy maktablarning yuzaga kelganligi qayd etiladi. O'z davrida madrasalarda o'qitilishi yo'lga qo'yilgan fanlarni Abu Ali Ibn Sino quyidagi tizimlar bo'yicha ajratadi: odob (xulq etikasi), astronomiya, tibbiyotshunoslik, til va uning grammatikasi, fikh (musulmon qonunchiligi). Sharqdagi Uyg'onish davri Sharq mutafakkirlari - Muahammad Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniylar o'zlarining ta'limiy qarashlarida birinchi o'ringa inson shaxsini qo'yadilar hamda bolalarni har tomonlama, jismoniy va estetik kamolotga erishishlari, shuningdek, tillarni bilishlarini zarur deb hisoblaydilar. Aqliy ta'limni tashkil etuvchi fanlar sirasiga matematika, astronomiya, mexanika va tabiatshunoslik kabi tabiiy-ilmiy fanlarni kiritadilar. Muhammad Tarag'ay Ulug'bek madrasa o'quv rejasiga quyidagi fanlar: arab tili, adabiyot, Quron, Hadis, ritorika, mantiq, falsafa, fikh (qonunchilik), metafizika, matematika, astronomiya, tibbiyot, geografiya, tarix kabi fanlarni kiritadi. Mutafakkir tomonidan barpo etilgan hamda o'zi bevosita ta'lim bergan madrasalarda o'qish quyidagi bosqichlardan iborat bo'lgan: 1. Anda (kichik) - o'qish muddati 2 yil. 2. Aust (o'rta) - o'qish muddati 3 yil. 3. Alo (oliy) - o'qish muddati 3 yil. Bunday yondashuvda bugungi kun nuqati nazaridan aytganda bakalavriat va magistratura ko'zga tashlanadi. Ayni vaqtda ular o'rta asr Yevropauniversitetlari uchun ham xos bo'lgan. Buyuk istedod egasi sifatida alloma o'z davridan bir necha asrlarga o'zib ketgan. Deyarli 600 yil avval Muhammad Tarag'ay Ulug'bek quyidagi aksiomani ilgari surgan: bilim olishga intilish davlat ravnaqiga yo'l demakdir. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarning hozirgi tajribasi mazkur fikrni to'la tasdiqlaydi. Yevropauyg'onish davri (XIV-XVI asrlar) ma'rifatparvarlari XVII-XIX asrlarda ham shaxsning barkamol rivojlanishi g'oyalarini ilgari surganlar. Misol uchun, Italiya ma'rifatparvari V. De Feltre (XV asr) Quvonch maktabini tashkil etadi. Bu maktabda bolaga erkin jismoniy va aqliy rivojlanish imkoni berilgan. J.J.Russoning erkin tarbiya nazariyasi, I.G.Pestalotstsining odamni faol hayotiy faoliyatga jalb etish yo'li bilan uni rivojlantirish haqidagi ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:38:28
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.32 MB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:37
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:38 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.32 MB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:37 ]
Arxiv ichida: pptx