O'rta maxsus, kasb-hunar ta'lim muassasalarining me'yoriy hujjatlari

O'rta maxsus, kasb-hunar ta'lim muassasalarining me'yoriy hujjatlari

O'quvchilarga / Pedagogika
O'rta maxsus, kasb-hunar ta'lim muassasalarining me'yoriy hujjatlari - rasmi

Material tavsifi

O'rta maxsus, kasb-hunar ta'lim muassasalarining me'yoriy hujjatlari RYeJA: 1. Davlat tali standartlari. 2. O'quv rejalari. 3. O'quv dasturlari. ta'limning mazmuni uning maqsadidan kelib chiqadi. ta'limning mazmuni deganda, o'quvchilarning o'qish jarayonida egallab olishi lozim bo'lgan hamda tizimga solingan bilim, malaka va ko'nikmalarning aniq belgilangan doirasi tushuniladi. ta'limning mazmuni bir qator ehtiyojlarni hisobga olish bilan belgilanadi. a) ijtimoiy ishlab chiqarishning eng zarur ehtiyojlari, njtimoiy tuzumning xususiyatlari; b) davlatning xalq ta'limi va muayyan turdagi; o'quv yurti oldiga qo'yadigan maqsad hamda vazifalari; v) o'qitish qoidalaridan kelib chiqadigan va o'quvchilarning imkoniyatlarini (yosh imkoniyatlari va boshqalar) etiborga oluvchi didaktik talablar. Jamiyat tarixiy taraqqiyotining hamma bosqichlarida maktablarda yoshlarga beriladigan ta'limning mazmuni, hajmi o'sha ijtimoiy tizimning iqtisodiy talab va ehtiyojlari, fan va texnika taraqqiyoti darajasi bilan belgilab kelingan. ta'lim mazmunini belgilab beruvchi asosiy me'yoriy hujjatlarga: DTS, o'quv rejasi, o'quv dasturi kiradi. O'quv-me'yoriy hujjatlarni tuzish, belgilash o'quv-tarbiya jarayonining pedagogik va uslubiy nazariya bilan bog'laydigan elementi hisoblanadi. ta'lim mazmunini tanlash hozirgi bosqichma-bosqich o'qishni tashkil qilish sharoitida alohida ahamiyatga ega, chunki bu yerda o'quv dasturiy hujjatlar har qaysi alohida olingan yo'nalishga (bakalavr, magistr, liqey, gimnaziya, kollej) alohida-alohida tuziladi. Davlat ta'lim standarti - uzluksiz ta'limning muayyan bosqichida shaxs (mutaxassis) ning tayyorgarlik darajasi va mazmuniga qo'yiladigan minimum talablar. ta'limning davlat ta'lim standarti ta'lim oluvchilar umumta'lim va kasbiy tayyorgarligiga, saviyasiga qo'yiladigan majburiy minimal darajani belgilab beradi. Davlat ta'lim standarti quyidagi prinqiplarga tayangan holda ishlab chiqiladi: - davlat ta'lim standartining davlat va jamiyat talablariga, shaxs ehtiyojiga mosligi; - o'quv dasturlari mazmunining jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti hamda fan-texnika rivojlanishi bilan bog'liqligi; - o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limining boshqa ta'lim turlari va bosqichlari bilan uzluksizligi va ta'lim mazmunining uzviyligi; - ta'lim mazmunining insonparvarligi; - ta'lim mazmunining Respublikadagi barcha hududlarda birligi va yahlitligi; - ta'limning mazmuni, shakli, vositalari va usullarini tanlashda innovaqiya texnologiyalarga tayanish; - pedagogik tafakkurda qaror topgan an'anaviy qarashlar bilan ta'lim to'g'risida va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qonunlarida ifodalangan zamonaviy talablarning uzviyligi; - ilg'or demokratik xorijiy mamlakatlarning ta'lim sohasida me'yorlarni belgilash tajribalaridan milliy xususiyatlarni hisobga olgan holda foydalanish. Davlat ta'lim standarti ta'lim mazmuni, shakllari, vositalari, usullarini, uning sifatini baholash tartibini belgilaydi. ta'lim mazmunining o'zagi hisoblangan standart vositasida mamlakat hududida faoliyat ko'rsatayotgan turli muassasalarda (davlat va nodavlat) ta'limning barqaror darajasini ta'minlash sharti amalga oshiriladi. Davlat ta'lim standarti o'z mohiyatiga ko'ra o'quv dasturlari, darsliklar qo'llanmalar, nizomlar va boshqa me'yoriy hujjatlarni yaratish uchun asos bo'lib xizmat qiladi. O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limining davlat ta'lim standarti o'zining tuzilishi va mazmuniga ko'ra davlat, hudud, maktab manfaatlari va vositalari muvozanatini aks ettiradi hamda eng asosiysi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 6.98 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:37 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 6.98 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga