O'rta osiyo mutafakkirlarining inson va jamiyat haqidagi ta'limotlari R e j a : 1. O'rta Osiyoda islomgacha bo'lgan ijtimoiy fikrlar: zardushtiylik, moniylik, mazdakiylik. 2. Atoqli ilm-fan namoyondalari ta'limotida inson va jamiyat masalalari. 3. Mashhur davlat arboblarining ijtimoiy taraqqiyot, insoniy munosabatlarning murakkabligi haqidagi fikrlari. 4. Jadidchilik harakati namoyondalarining ijtimoiy taraqqiyot haqidagi fikrlari O'rta Osiyoda islomgacha bo'lgan ijtimoiy fikrlar: zardushtiylik, moniylik, mazdakiylik Markaziy Osiyoning islomgacha bo'lgan davrdagi tarixini, xususan ijtimoiy hayot haqidagi tarixini o'rganish uchun qadimgi yozuvlar, zardushtiylikning Avesto nomli muqaddas kitobi, qadimiy O'rxon-runiy matnlari, xitoy manbalari, qadimgi grek mualliflari Gerodotning Tarix va Strabonning Geografiya asarlari hamda shu kabi bir qator manbalar katta ahamiyatga ega. Bazi farazlarga ko'ra, Avesto taxminan miloddan oldingi IX asrdan IV asrga qadar tuzilgan. Avesto zardushtiylik hukmronlik qilgan turli mamlakatlarda yaratilgan. Dastlabki qarashda Avesto go'yo sof diniy kitobdek tuyuladi. Ammo bunday emas, unda ikki jihatni: diniy-mifologik va falsafiy jihatlarni bir-biridan farq qilmoq zarur. Avesto ta'limotiga ko'ra, dunyoda ikki kuch: yaxshilik va yomonlik kuchlari mavjud bo'lib, ular bir-birlariga abadiy va murosasiz dushmanlik qilib keladilar. Yaxshilik kuchlariga Axura Mazda, yomonlik kuchlariga Anxra Manyu boshchilik qiladi. Insonning hayotini, uning baxli yoki baxtsiz bo'lishini ana shu kurashning natijasi belgilab beradi. Bir tomondan, zardushtiylik falsafasida inson subyekt sifatida emas, balki xudo ta'sir ko'rsatadigan obyekt sifatida ish tutadi, yani insondan yo'lboshchilar, podsholar va kohinlarning o'ta insoniy obrazlari keltirib chiqariladi. Bu jihatdan zardushtiylik xristianlik va iudaizm bilan o'xshashdir. Bu ikkala dinda ham insonni xudo o'z tani va joniga o'xshatib yaratgan, go'yo inson va xudo aynan bir xildir. Ikkinchi tomondan, inson xudolarning xizmatkori, samoviy va duyoviy hokimlar xohish-irodasini bajo keltiruvchi rolida maydoga chiqadi. Ammo shunday bo'lishiga qaramay, zardushtiylik xohish-iroda va tanlash erkinligini inkor etmaydi. Kishilar o'z amaliy ishlari, axloqiy sifatlari bilan yaxshilikka moyil ekanliklarini ko'rsatishlari va bu bilan yovuz kuchlarga qarshi kurashda ezgu ruhlarga ko'malashishlari lozim. Zardusht yomonlikka ixlos qo'yganlar uchun abadul-abad azob-uqubatlar tayyorlab qo'ygan. Ana shu sababdan ham inson o'z zimmasiga muayyan majburiyat olar ekan, uni ado etish uchun javobgar bo'lishi darkor. Avesto mehnat moddiy noz-nematlar manbai bo'lganligi uchungina emas, balki mehnat axloqiy xususiyat, yaxshilik manbai deb bilganligi uchun ham insonni mehnat qilishga chaqiradi. Zero, zardushtiylik etikasiga ko'ra, saxovatli bo'lish uchun inson birinchi galda mehnat qilishi, o'z qo'li bilan noz-nemat yaratishi zarur. Shu boisdan ishyoqmaslik barcha nuqsonlarning koni, deb qaralishi tasodifiy emas. Don ekkan kishi, taqvadorlik urug'ini ekadi, u Mazdaga ixlosmandlik e'tiqodini olg'a suradi, u imonni oziqlantirib turadi (Yasna, 32). Bu qonunni bajarish 10 ming marta ibodat qilish bilan baravar, yuzlab qurbonlik qilishga teng. Ekin ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:38:28
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
36.21 KB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:37
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:38 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
36.21 KB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:37 ]
Arxiv ichida: doc