O'rta Osiyoda pedagogik fikr taraqqiyoti Reja: Abu Nasr Forobiyning pedagogik qarashlari Abu Rayhon Beruniyning pedagogik qarashlari Abu Ali ibn Sinoning pedagogik qarashlari Sharq uyg'onish davrida ta'lim-tarbiya masalalari Sohibqiron Amir Temur Muhammad Tarag'ay -Ulug'bek Jadidchilik harakatini vujudga kelishi va ta'lim islohoti Abdulla Avloniyning pedagogik faoliyati Turkistonda maorif ishlarining rivojlanishi O'zbekistonda xalq maorifi sohasidagi islohotlar Mustaqil O'zbekistonda ta'lim-tarbiya va pedagogik fikrlar O'rta Osiyoda pedagogik fikrning shakllanishida buyuk mutafakkirlarining alohida xizmatlari bor. Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino kabi buyuk mutafakkirlar ta'lim-tarbiya jarayoniga jiddiy qaraganlar va bu boradagi qimmatli fikrlarini dunyoga tanilgan asarlarida bayon etganlar. Ushbu asarlar nafaqat O'zbek xalqining, balki butun insoniyatning rivojlanish jarayonida muhim ahamiyat kasb etgan. Ularning ilmiy qarashlari bugungi kunda ham insoniyat uchun dasturilamal bo'lib xizmat qilib kelmoqda. Abu Nasr Forobiyning pedagogik qarashlari ( 873-950) Abu Nasr Forobiy - mashhur olim, qadimgi yunon ilmi va falsafasining sharqdagi eng yirik targ'ibotchisi. O'rta asr ijtimoiy-falsafiy fikr taraqkiyotiga asos solgan mutafakkir. Abu Nasr Forobiy( milodiy 873 yil)da Shosh-Toshkentga yaqin Forob (O'tror) degan joyda harbiy xizmatchi oilasida tug'ilgan.Forobda boshlang'ich ta'limni olgach, Shoshda, Buxoroda, Samarqandda ta'lim olgan. So'ngra Bog'dodga borib yunon tili, tibbiyot, mantiq, musiqa, tilshknoslik, huquq masalalalrini o'raganadi. Forobiy «Aql haqidagi risola», «Falsafadan oldin nimani o'rganish kerak», «Substansiya haqida», «Falsafa manbalari», «Logikaga kirish», «Masalalar manbai» kabi 160 dan ortiq risolalar yaratdi. Forobiy bu asarlarida davlat tuzilishi va uni boshqarish, turli ijtimoiy nizolarning oldini olish hamda kamolatga erishgan ijtimoiy jamoani yaratish kabi masalalar ustida fikr yuritadi. yetuk jamoani vujudga keltirish, komil insonni tarbiyalash muammosini hal etish bilan bog'liq ekanligini birinchi bor o'rta asr sharoitida Forobiy olg'a surdi. Uning «Ideal jamoa haqida», «Baxt-saodatga erishuv to'g'risida» kabi mashhur asarlari shu masalalarga bag'ishlangan. Forobiy ta'lim-tarbiyaga bag'ishlangan asarlarida ta'lim-tarbiyaning muhimligi, unda nimalarga etibor berish zururligi, ta'lim-tarbiya usullari va uslubiyatlari haqida fikr yuritadi. Uning «Fozil odamlar shahri», «Ixso-al-ilm», «Ilmlarning kelib chiqishi», «Aql manolari to'g'risida» kabi asarlarida ijtimoiy-tarbiyaviy qarashlari o'z ifodasini topgan. Forobiy ta'lim va tarbiyaga birinchi marta ta'rif bergan olim sanaladi. ta'lim-degan so'z insonga o'qitish, tushuntirish asosida nazariy bilim berish; tarbiya-nazariy fazilatni, malum hunarni egallash uchun zarur bo'lgan xulq normalarini va amaliy malakalarni o'rnatishdir, deydi olim. Forobiy ta'lim-tarbiyaning asosiy vazifasi jamiyat talablariga javob bera oladigan va shu jamiyat uchun xizmat qiladigan yetuk insonni tarbiyalashdan iborat deb biladi. Abu Nasr Forobiyning boy ijodi bilan tanishar ekanmiz, uning axloq haqidagi fikrlariga alohida etibor berishimiz kerak. U o'n ikki xislatni sanab o'tadi va shu xislatlarga ega bo'lgan insonni axloqli deb aytish mumkin degan xulosa chiqaradi. Bu xislatlar quyidagilardir: ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:38:28
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
100.24 KB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:37
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:38 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
100.24 KB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:37 ]
Arxiv ichida: doc