O'simliklar seleksiyasida poliploidiya va gaploidiyadan foydalanish

O'simliklar seleksiyasida poliploidiya va gaploidiyadan foydalanish

O'quvchilarga / Pedagogika
O'simliklar seleksiyasida poliploidiya va gaploidiyadan foydalanish - rasmi

Material tavsifi

O'simliklar seleksiyasida poliploidiya va gaploidiyadan foydalanish. Har bir tur o'simliklarga xos bo'lgan hujayra yadrosining tarkibidagi xromosomalarining soni aniq miqdorda bo'ladi. Xromosomalarning miqdorini o'zgaruvchanligi, o'simliklar evolyutsiyasida muhim rolni o'ynagan. Yovvoyi va madaniy o'simliklarning xromosomalar tarkibini o'rganib chiqqanda ko'pchilik qishloq xo'jalik o'simliklar poliploid ekanligi aniqlangan. Bulardan - donli ekinlar, mevali, rezavor, tsitrus, texnika va boshqa ekinlardir. Akademik P.M.Jukovskiyning tasviriy iborasicha, insoniyat ko'pincha poliploidlar mahsulotini istemol qiladi. Masalan, poliploid madaniy o'simliklardan: suli (2p=42), kartoshka (2p=48), o'rta tolali va uzun tolali g'o'za (2p=52), tamaki (2p=48) va boshqalar. Ammo ayrim ekinlarda poliploid turlari uchramaydi (masalan javdarda (2p=14), arpada (2p=14) bularda faqat diploid o'simliklar (tur) mavjud. Har xil poliploidliligiga ega bo'lgan madaniy o'simliklarda xromosom soni ko'proq bo'lgan turlarining maxsuldorligi yuqoriroq bo'ladi. Masalan, geksaploid yumshoq bug'doy - eng yuqori hosilli va yer yuzida ko'p tarqalgan bug'doy turi. Bu ekinning (bug'doyning) jahon umumiy maydonining 45 qismi yumshoq bug'doyga to'g'ri keladi. Qattiq bug'doyga (2p=28) bug'doy ekinining umumiy maydonning faqat 10-11% to'g'ri keladi. Ko'p ekinlarning tabiatda tarqalgan poliploidlari aniqlangan. Ayrimlarining poliploid qatorlari ham aniqlanib tuzilgan. Masalan, kartoshkada 12, 24, 36, 48, 60, 72, 96, 108, 144. G'o'zada 26, 52. Otquloqda 20, 40, 60, 80, 100, 120, 140. Atirgulda 14, 21, 28, 35, 42, 56. Bug'doyda 14, 28, 42, 56. Sulida 14, 28. Sistematik jihatdan yaqin turlarda xromosomalar asosiy sonining karrali ortib borishi natijasida hosil bo'lgan qatorga poliploid qator deyiladi. Xromosomalari gaploid yig'indisidagi genlar to'plami genom deyiladi. Xromosomalarning asosiy gaploid soni X bo'lsa, diploid soni XX, triploid soni XX, tetroploid soni XX bo'ladi. Poliploidiya deb malum tur organizmga xos bo'lgan xromosomalarning asosiy miqdorini karrali ortib borish hodisasiga aytiladi. Odatda o'simlik tana (somatik) hujayralarida xromosomalarning asosiy miqdori - gaploid (n)ga nisbatan ikki xissa ko'p bo'ladi. Bunday shakllar diploid (2n) deb ataladi. O'simliklarning jinsiy ko'payish jarayonida diploid xromosomali organizmning gulidagi jinsiy organlarida urg'ochi gametasi gaploid (n) xromosomalar soniga ega va erkak gametasi ham gaploid (n) xromosomalar to'plamiga ega. Urug'lanish jarayonida gaploid gametalar (n) qo'shilib diploid zigotasini hosil qiladi, zigotadan hosil bo'lgan urug' va urug'idan unib chiqqan o'simlik yana diploid holatida bo'ladi. Urg'ochi gameta n + erkak gameta n zigota 2n Agar o'simlik hujayralarida xromosomalarning asosiy miqdori ikki xissadan ortiq bo'lsa, ular poliploid o'simlik deb hisoblanadi. hujayradagi xromosomalar miqdori diploid yig'indisidan ikki marta ortiq bo'lgan turlarni - tetraploid deb ataladi, asosiy yig'indi olti marta takrorlanganda turlar-geksaploid deyiladi. Poliploidiya natijasida o'simliklarning belgi va xususiyatlarini o'zgarishi aniqlangandan keyin seleksiyada yangi navlarni va duragaylarni hosil qilinishi boshlandi va kerakli poliploid shakllarni yaratishning samarali usullari ishlab chiqildi. Poliploid ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.24 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:37 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.24 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga