O'smirlarda muloqot malakalarini shakllantirish teskari aloqa Faol tinglash. Noto'g'ri muloqot usullari

O'smirlarda muloqot malakalarini shakllantirish teskari aloqa Faol tinglash. Noto'g'ri muloqot usullari

O'quvchilarga / Pedagogika
O'smirlarda muloqot malakalarini shakllantirish teskari aloqa Faol tinglash. Noto'g'ri muloqot usullari - rasmi

Material tavsifi

O'smirlarda muloqot malakalarini shakllantirish teskari aloqa Faol tinglash . Noto'g'ri muloqot usullari Reja: Kirish 2. O'smirlarda muloqot malakalarini shakllantirish teskari aloqa 3. Faol tinglash 4. Noto'g'ri muloqot usullari 5. O'z manfaatlarini himoya qila olish nima degani? 6. O'z huquqlarini talab qilish egoistlik emasmi? Nutq insonni hayvonot olamidan ajratib turuvchi eng asosiy xususiyat sanaladi. Inson uchun obro'-e'tibori ham, noxushlik va kulfat ham tildan keladi. Shaxslararo munosabatlar tobora muhim ahamiyat kasb etib borayotgan XXI asrda muloqot malakalarini egallamaslik stresslarga va turli - tuman nizolarga sabab bo'lishi mumkin. Har qanday nizoning manbai odamlarning o'zida, ularning turli-tuman dunyoqarashlari, muloqot usullaridadir. Muloqot ayni paytda izolarning kelib chiqishi va oldini olish hamda bartaraf qilish usulidir. 1.VERBAL (nutqli) va NOVERBAL (nutqsiz) MULOQOT Muloqot nutqli va nutqsiz ma'lumotlardan iborat. Aniqlanishicha, so'z yordamida ma'lumotning oz qismi uzatiladi. Gavda holati, qo'l harakatlari, ovozning ohangi va so'zlovchining atrofidagi holat so'zdan ko'ra ko'proq ma'noni anglatadi. Qanday so'zlardan foydalanishimiz, urg'uni qayerga qo'yishimiz, qanaqa intonatsiya bilan gapirishimiz ham ko'p narsani anglatadi. Bundan tashqari muloqotda biz mimika va harakatlar: qoshni chimirish, qo'lni qovushtirish, polga tiqilish, qizarish, soatga qarash, qo'lni siltashlardan ham foydalanamiz. Noverbal xulq yordamida, masalan barmoqni labga bosib tinchlik so'rash, jilmayib yoki stolni mushtlab ham o'z munosabatimizni bildirishimiz mumkin. Turli etnik guruhlarda va madaniyatlarda muloqotning nutqsiz usullari turlicha talqin qilinadi. Nutqsiz muloqotdan noto'g'ri foydalanish bizni noqulay ahvolga solib qo'yishi ham mumkin. Noverbal signallar aksariyat biz bayon qilayotgan fikrni yaqqolroq, ravshanroq ifodalaydi. Ba'zan ularni noto'g'ri talqin qilish tushunmovchilik va hatto xafachilikka olib kelishi ham mumkin. Masalan, Siz suhbatdoshingiz zerikkanidan ko'zini yumib oldi deb o'ylab xafa bo'lasiz, aslida u ehtimoll Sizdan eshitayotganlariga diqqatini yaxshiroq jamlamoqchidir. U yoki bu harakat nimani anglatishini bilish muloqot muvaffaqiyati uchun nihoyatda muhimdir. Ba'zan odam o'zi bilmagan holda noverbal signal berishi ham mumkin. Masalan, suhbat paytida ko'zni pirpiratish, alanglash, stolni chertish Sizga odat bo'lishi mumkin. Sizni yaxshi biladiganlar buni tushunadi, yaxshi bilmaydiganlar esa Sizning mimika va harakatlaringizni noto'g'ri tushunib, xafa bo'lishi mumkin. Har bir odam o'zi so'zlayotgan fikrning mazmuniga mimika va harakatlarini moslashtirishni o'rganishi kerak. Bunday muloqot uslubini shakllantirish boshqalarga ham o'z xulq maneralari nimani anglatayotganligini bilishga yordam beradi. Masalan, aytishingiz mumkin: Ko'pchilik meni biron narsaga shubha qilsa qoshlarini ko'taradi, - deb hisoblaydi. Aslida men biron qiziqroq fikr eshitib qolsam, qoshlarimni ko'tarishga odatlanganman. Sizning boshqalar bilan muloqotingiz mukammal bo'lishi uchun quyidagi maslahatlarga amal qilishga urinib ko'ring: A) samimiy qiziqish va diqqatingizni bildirish uchun so'zlovchiga qarab turing; B) suhbatdoshingizning yuziga qarang. Unga bir oz engashishingiz ham mumkin; V) qulay paytda qo'llaringizni harakatlantiring. Yuz ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.4 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:37 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.4 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga