O'smirlik davridagi qo'rquv xususiyatlarini nazariy hamda empirik o'rganilganligi Ko'pgina insonlar bolalikni kayg'usiz va baxtli davrlar deb hisoblashadi, ammo hayotning bu bosqichi xam kayg'u va qo'rquvlardan xoli emas. Hakikatdan xam bolalarning ko'p kismi notanish insonlarga va vaziyatlarga duch kelganlarida bazi bir emotsional va xulk-atvoriy og'ishishlarni namoyon kiladilar. Masalan, ular ko'pincha havotirlik his kiladilar. Statistik ma'lumotlarning ko'rsatishicha, bolalarning deyarli yarmi ko'pgina qo'rquvlardan aziyat chekar ekanlar. Maktab, sog'lik va shaxsiy xavfsizlik bolalarni ayni xayajonga soluvchi mavzular hisoblanadi. O'smirlik davri xam inson hayotining eng murakkab davrlaridan biri hisoblanadi. Fiziologik o'zgarish va jinsiy etilishlar, bosim ostidagi ijtimoiy va akademik talablar, shubxa - gumonlaru, o'z-o'zini ayblash ko'pgina o'smirlarni ko'zg'aluvchan hamda tushkun holatlarga solib ko'yadi. tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, bugungi kun o'smirlari ko'p xollarda o'z hayotlaridan mamnun bo'lsalar-da, 10 yil avvalgi tengdoshlariga karaganda o'zlariga va atrofdagilarga nisbatan ishonchlari past hamda ta'sirchanrokdirlar Bu davr haqida batafsilrok to'xtalib o'tadigan bo'lsak, o'smirlik ontogenetik rivojlanish pog'onasining bir bosqichi sifatida bolog'atga etish davrining o'ziga xos xususiyatlari, qonuniyatlari, imkoniyatlari, xatti-harakat motivlari ifodalanishi va vujudga kelishining murakkabligi bilan inson kamolotining boshqa yosh davrlaridan keskin farq qiladi Ilk o'smirlik 11-13 yoshni, katta o'smirlik 14-15 yoshlarni o'z ichiga oladi. Bu davrning eng muhim xislati shundan iboratki, u bolalikdan o'spirinlik, kattalikka, yoshlikdan yetuklikka o'tish davridir. yuqorida takidlanganidek, o'smirlik qarama- qarshiliklarga boy davrdir. Uni bazi olimlar krizislar, tanazzullar davri deb xam ataydilar. Sababi, o'smir ruhiyatida shunday inqiroziy holatlar ko'p bo'ladiki, u bu inqirozni bir tomondan o'zi xal kilgisi keladi, ikkinchi tomondan, uni xal qilishga imkoniyati, kuchi va aqli etishmaydi. Lekin shularga qaramay, bola o'zi bilib- bilmay o'z aqliy salohiyatini o'stirishga tirishadi, chiroyli fikrlashga tashna bo'ladi va bu uning psixik taraqqiyotidagi eng muhim o'zgarish hisoblanadi. O'smir shaxsining takomillashuvi va shakllanishiga turtki bo'lgan omillardan biri o'quv faoliyati motivlaridagi sifat o'zgarishdir. Kichik maktab yoshidagi boladan farqli, o'smir endi fakat bilimlar tizimiga ega bo'lishi,o'qituvchining maktovini eshitish va «5» baholarni ko'paytirish uchun emas, balki tengkurlari orasida malum ijobiy mavkeni egallashi, kelajakda yaxshi odam bo'lishi uchun o'qish motivlari ustivor bo'la boradi. Lekin I.V.Dubrovning bergan ma'lumotlariga ko'ra, o'quv faoliyati motivlari orasida umuman bilish, yangi bilimlarga ega bo'lish motivi kuchsiz bo'lgani sababli, ular maktabga borgisi kelmaydi. o'qishga og'rinib kelib, salbiy emotsiyalar va havotirlik xislarini boshdan kechiradilar (o'rtacha 20% o'quvchilar). Bu kattalarning o'smir bilan ishlashini qiyinlashtiradi. O'smirning shaxs sifatida taraqqiy etishida ikki holat kuzatiladi: bir tomondan boshqalar tengkurlar bilan yaqinrok aloqada bo'lishga intilish, guruh me'yorlariga bo'ysunish, ikkinchi tomondan mustaqillikning oshishi hisobiga bola ichki ruhiy olamida ayrim qiyinchiliklar kuzatiladi. O'zgalarni anglash bilan o'z-o'zini anglash o'rtasida qarama-qarshiliklar paydo bo'ladi. Ko'pincha ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:38:28
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.28 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:37
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:38 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.28 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:37 ]
Arxiv ichida: doc