Ota-onalar bilan muomala odobi

Ota-onalar bilan muomala odobi

O'quvchilarga / Pedagogika
Ota-onalar bilan muomala odobi - rasmi

Material tavsifi

Ota-onalar bilan muomala odobi Maktabda ta'lim - tarbiya ishlarining samaradorligi fakat o'qituvchining tayyorgarligi, ma'naviy qiyofasi va o'z vazifasini qanday bajarishigagina bog'liq bo'lib kolmasdan, bola yashaydigan muhit va oilaning ta'siriga xam borliqdir. Oila bolani axloqiy tarbiyalash, uning ma'naviy - axloqiy yo'nalishlarini shakllantirishning muhim omilidir. Oila bola tarbiya oladigan eng birinchi jamoa bo'lib, bola unda axloqiy qoidalar. Urf - odatlarni bilib oladi, dastlabki axloqiy tajriba orttiradi. Xar bir inson yoshlikda ona kulida tarbiya oladi. Ona allasi bilan birga bola kalbiga ona muhabbati singadi va onaning erkalatishlari bir umr yodda koladi, oilada bola yaxshi bilan yomonning farqini ajratishni o'rganadi. Oila tarbiyasi orqali bola ongida umuminsoniy va milliy qadriyatlar, yashashdan maqsad haqida dastlabki tasavvurlar hosil bo'ladi. Oilada shaxsning ijtimoiy fazilatlari tarkib topadi. Bola maktabga kadam kuyganda yaxshi va yomon narsalar haqida tasavvurga ega bo'ladi. o'qituvchi bolada qanday axloqiy tushunchalar mavjudligini va bu tushunchalar, axloqiy fazilatlar qanday sharoitda shakllanganligini xam bilmogi kerak. Shuning uchun xam muallim o'quvchilarning ota-onalari bilan aloqa boglab, bolani tarbiyalashda ular bilan hamkorlikni yulga kuyishi lozim. Bolani maktabga, o'qishga kabul kilayotganda muallim uning ota - onasi bilan tanishadi. o'qituvchi bilan ota - onaning muomalasi, aloqalari ana shu tanishuvdan boshlanadi, muallim bilan ota - onalar o'rtasida axloqiy - pedagogik munosabatlar bola maktabni bitirguncha davom etadi. Pedagogik amaliyot shuni kursatadiki, o'qituvchilar kupincha tarbiyasi qiyin bolalarning ota - onasi bilan aloqa urnatadilar. Muallimning ota - onaga etibori kupincha bolaning yomon xulki, salbiy kiliklari bilan bog'liq bo'ladi. Agar bola mumin - kobil, odobli bulsa, ayrim muallimlar uning ota - onasi, oiladagi tarbiyasiga deyarli etibor bermaydi. Tarbiyaning samaradorligi kupincha oila va maktabning bolaga nisbatan bir xil talab kuya bilishiga bog'liq. Shuning uchun xam pedagogik axloqka o'qituvchi bilan ota - onalarning o'zaro munosabatlari, muomalasi masalasiga katta etibor beriladi, muallim oila bilan aloqa va hamkorlik kilmasdan turib bolani axloqiy tarbiyalash vazifasini bajara olmaydi. Chunki maktab oilada shakllangan axloqiy fazilatlarni mustahkamlashi yoki salbiy sifatlarni qayta tarbiyalashi lozim bo'ladi. Otasi yoki onasidan ajralgan bola bilan muallimning o'zaro muomalasi jiddiy, nozik ish. Ota yoki onaning vafot etishi bolaga ogir kaygu, iztirob keltiradi, bunday kulfatga kunikish bola uchun juda qiyin kechadi. Bunday bolalar o'z dardi, o'z kaygusi bilan ovora, atrofda sodir bulayotgan vokealar, hodisalarga befarq karaydigan bo'lib, yakkalanib koladi. Muallim bunday bolaga gamxur bo'lishi, yaxshi muomala qilishi uning ruhini kutaradi. Bunday paytda muallimning o'ta rasmiy muomalasi yaxshi oqibatga olib kelmaydi, bolaning irodasini bushashtirib, qiyinchiliklarga bardosh berolmaydigan qilib kuyadi. Yarim etim bolalar orasida shundaylari xam borki, bular otasi yoki onasi tashlab ketganlardir. Eng ishongan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 29.51 KB
Ko'rishlar soni 34 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:43 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 29.51 KB
Ko'rishlar soni 34 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga