Ota-onalarining qaramog'isiz qolgan bolalar va oilalar bilan ijtimoiy pedagogik faoliyat Reja: 1. Oila va uning vazifalari. 2. Oilaning ijtimoiy mavqei va uning turlari. 3. Oilaga ijtimoiy pedagogik yordam shakllari. Oila va uning asosiy vazifalari. Jamiyatda oilaning roli o'zining kuchi bo'yicha boshqa hech bir ijtimoiy institutlar bilan tenglashtirib bo'lmaydi. Aynan olada insonning shaxsi shakllanadi va rivojlanadi; bola jamiyatda qiyinchiliksiz moslashib ketishi uchun u ijtimoiy vazifalarni egallaydi. Oila birinchi tarbiyaviy institut sifatida ishtirok etadi, u bilan bolalikni inson o'zining butun hayoti davomida his etadi. Oilada insonning ma'naviyligiga asos solinadi, mulkiy qoidalari yuzaga keltiriladi, shaxsning ichki dunyosi va individual sifatlari ochib beriladi. Statistika ko'rsatishicha, xo'jalik yuritish bozor siyosatiga o'tish ijtimoiy institut sifatida oila holatiga ancha salbiy ta'sir ko'rsatadi. Demograflar tug'ilish kamayganini qayd etadilar. Sotsiologlar asotsial oilalar sonini o'sib borishini qayd etadilar va turmush darajasining pasayishini taxmin qiladilar. Hamma davrlarda kam oila o'zining bolalarni tarbiyalashda yordam olishga talabni his etgan. Tarixning ko'rsatishicha odamlar katta oilalar bilan yashaganlarida oilaviy hayotning zarur bo'lgan bilim va ko'nikmalari avloddan avlodga tabiiy ravishda va oddiy kundalik hayot bo'lib o'tib ketgan. Zamonaviy rivojlangan jamiyatda avlodlar o'rtasidagi oilaviy aloqalar buzilmokda. Shuning uchun jamiyat oila tashkil etish va bolalarni tarbiyalash haqidagi zarur bilimlarni yetkazish bo'yicha ishlarni o'z zimmasiga oladi. hozirgi paytda ota-onalarga mutaxassis psixologlar, ijtimoiy ishlar xodimlari, ijtimoiy pedagoglar va bolalarni tarbiyalash bo'yicha boshqa mutaxassislarning yordamlari zarur. Ana shu mutaxassislarning yordamiga faqat notinch, yomon sharoitdagi oilalar emas, bugungi kunda tinch, yaxshi oilalar ham muhtojlar. Oila haqidagi bir necha xil tushunchalar mavjud: birinchidan, oila bu nikoh va (yoki) qon-qarindoshlikka asoslangan kichik ijtimoiy guruh, uning a'zolari birgalikda yashaydilar va uy-ishlarini bajaradilar, bir birlariga nisbatan o'zaro majburiyatlar bilan birlashganlar. Ikkinchidan, oila bu ijtimoiy institut bo'lib unda odamlar o'rtasida o'zaro munosabatlar barqaror mustahkam shaklda bo'ladi. Ana shu o'zaro munosabatlar doirasida odamlarning kundalik hayotining asosiy qismi amalga oshiriladi: intim munosabatlari, farzand ko'rish va bolalarning boshlang'ich ijtimoiylashishi, tarbiyalash, tibbiy xizmat ko'rsatish va boshqalar. Oila nikoh munosabatlari insoniyatga kadim davrlardan ma'lum. Neolit davridayok (15 20 ming yil ilgari) ongli nikoh paydo bo'lganda, odamlar jamoasi paydo bo'lganidayok ularning birgalikda xo'jalik yuritishdagi va birgalikdagi bola tarbyalashdagi vazifalari tabiiy jinsiyligi, yoshiga qarab (erkak, ayol) ajratishiga asoslangan. Tarixda qayd etilgan oilaviy munosabatlarda farqlar bo'lishiga qaramay hamma oilalarni birlashtiradigan qandaydir umumiylik bor. Bu oilaviy tarzda hayot kechirishdir, bunda insoniyat yashashning yagona imkoniyatini topgan. Olimlar oilaning turli vazifalarini ko'rsatadilar. Biz birinchi navbatda bolani tarbiyalash va rivojlantirishga taaluqlilarigagina to'xtalib o'tamiz. Oilaning reproduktiv vazifasi (productio lotincha so'z - qayta ishlab chiqarish, ko'payish). Oilaning muhim bo'lgan vazifalaridan reproduktiv(jamiyatning ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:38:28
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
58.49 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:43
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:38 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
58.49 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:43 ]
Arxiv ichida: doc