Ovoz buzilishlarini tekshirish metodikasi Reja: 1. Bolalarda tovush talaffuzining tuzilishini tekshirish: artikulyatsiya apparatini tekshirish, tovushlar talaffuzini tekshirish, fonematik idrokni tekshirish, 2. Ovoz buzilishini tashxislash, davolash va profilaktika qilish Nutqi me'yordan chetga chiqqan bo'lgan bolalarni o'z vaqtida to'liq tekshirish juda muhim o'rin tutadi. O'z vaqtida nutq nuqsonlarini aniqlash logopedik tekshiruv yordamida bolaning 4 yoshigacha bo'lgan davri ichida amalga oshirilishi maqsadga muvofiq. Bolalarda logopedik tekshiruv, eng avvalo, artikulyatsion apparatning tuzilishi va uning harakatchanligini puxta o'rganishdan boshlanib, so'ng tovushlar talaffuzining holatini o'rganish bilan yakunlanadi. Bunda fonematik idrok tuzilishini ham aniqlash muhimdir. Artikulyatsiya apparatini tekshirish Bolaning ba'zi artikulyatsiya (talaffuz) qilish organlarini tekshirish lab, til, tishlar, jag'lar, tanglay tuzilishini o'rganishni o'z ichiga oladi. Bunda logoped organning nuqsonlari bor-yo'qligini, me'yorga mosligini tekshiradi. Tekshiruv vaqtida quyidagi anomaliya (me'yordan chetga chiqish)larni kuzatish mumkin: Lablar: Qalinligi, go'shtliligi, kaltaligi, Kamharakatliligi; tishlar: Qiyshiqligi, maydaligi, jag'lar yoyidan Tashqarida joylashishi, yirikligi, tishlar Oralig'ining zichligi, ochiqligi; Prikus (tishlam): Old qismi ochiqligi, yon Tomonlarining chuqurligi, Yuzaligi; Jag'lar: Yuqori yoki pastki qismining oldinga turtib Chiqqanligi; Q attiq tanglay: Baland, past, yassi yoriqlikning bo'lishi; Yumshoq tanglay: Kalta, ikkiga bo'linganligi, yo'q bo'lishi; Til: Kalta, uzun, tor, juda katta, yuganchasining kalta bo'lishi. Tovushlar talaffuzini tekshirish Ushbu tekshiruv natijasida bola u yoki bu tovushni aniq talaffuz qilishi va uni mustaqil nutqda qo'llay olishi aniqlanadi. Gap va so'zlar ifodasida tovushlarning almashtirilishi, chalkashtirilishi, ba'zilarining yo'qligi aniqlanadi. Bundan tashqari bolaning turli murakkablikka ega so'zlarda tovush va bo'g'inlarni tushirib qoldirishi yoki o'rnini almashtirishi holatlari ham kuzatiladi. So'zlarda tovush talaffuzini tekshirishni olib borishda buyum va predmetlarni ifodalovchi rasmlar to'plami kerak bo'ladi. Rasmdagi so'zlar ichidagi tekshirilayotgan tovush uch holatda: so'zning boshi, o'rtasi va oxirida berilishi lozim bo'ladi. Masalan: S: soat, kosa, tovus; Z: zanjir, dazmol, piyoz; Sh: sham, eshik, teshik; J: jo'ja, marjon, toj; Ch: choy, sichqon, saqich; L: lavlagi, buloq, g'alla; R: rayhon, marjon, anjir; G: gilos, sigir, barg; X: xo'roz, gulxan, shox; H: hayot, mahalla, shoh; Q: qand, baqlajon, qovoq; G': g'oz, bug'doy, cho'g'; B: baliq, duxoba, hisob; D: daraxt, bodring, qand. Fonematik idrokni tekshirish Tovushlar talaffuzining holati o'rganib chiqilgach, bola ularni qanday eshitib, farqlay olishi tekshiriladi. Ayniqsa, bu artikulyatsiya yoki talaffuzi jihatidan bir-biriga yaqin bo'lgan tovushlarga taaluqlidir. Logoped bolaga quyidagi bo'g'inlarni takrorlashni taklif etadi: sa-sha, sha-sa, ach-ash, ra-la, ja-cha, va h.k.z Agar bola ba'zi bir tovushlarni noto'g'ri talaffuz qilsa, tovushlar farqi quyidagicha tekshiriladi: boladan taklif qilingan bo'g'in uchun biron-bir harakat talab qilinadi. Masalan: sa, cha bo'g'inlari orasida «sha» bo'g'ini aytilganida bola qo'lini ko'taradi va shundan so'ng undan kesma harflardan shu bo'g'inni yasash taklif ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:38:28
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
121.28 KB
Ko'rishlar soni
63 marta
Ko'chirishlar soni
23 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:43
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:38 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
121.28 KB
Ko'rishlar soni
63 marta
Ko'chirishlar soni
23 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:43 ]
Arxiv ichida: pptx