Ovoz kamchiliklari va ularni korreksiyalash Reja: Ovoz buzilishi sabablari. Ovoz buzilishining turlari. Ovozni tiklashdagi logopedik ishlari. Ovoz buzilishini koreksiyalash. Tayanch so'zlar: (Mutizm. Afoniya.Disfoniya.Fonesteniya.Funksional) Ovoz nutqni o'zoq masofadan eshitishni taminlovchi muhim vositadir. Inson bo'g'zi orqali chiqadigan, murakkabligi va sotsial ahamiyatidan qatiy nazar har qanday tovush haqidagi tasavvur inson ovozi tushunchasiga kiradi. Ovoz nutqining ifodaliligi, emotsionalligi va mazmunining ahamiyatini taminlovchi vositalardan biri bo'lib, u nutqning eshitishini ta'minlaydi. Ovozning eng oddiy ko'rinishlari insonning ingrashi, baqirish, kulishi, yo'talishi kabi reaksiyalarda ifodalanadi. Ovoz funksiyasini buzilishlari ko'pincha bolalar va o'smirlarda kuzatiladi. Ovoz buzilishlarining kelib chiqish sabablari turlichadir. Bular bo'g'iz, burun-xiqqildoq, og'iz-hiqildoq, o'pka, bronxlar va traxeya kasalliklari, yurak va yurak- qon tomir sistemasi kasalliklari, gapirishda va qo'shiq aytishda ovoz gigiyenasiga rioya qilmaslik, ovozni xaddan tashqari zo'riqtirish, ovoz chiqarishning noto'g'ri texnikasi va eshitishning pasayishi bo'lishi mumkin. Ko'rsatilgan etiologik faktorlar organik va funksional ovoz buzilishlarini keltirib chiqaradi. Balog'atga etish davrida ovoz buzilishlarining kelib chiqishi xavfi mavjud bo'ladi, shuning uchun mutatsiya davrida xorda qo'shiq aytishdan saqlanish kerak. Qo'shiq aytishda o'z ovoziga muvofiq kelmagan ovoz registrida kuylash ham zararlidir. Ovoz gigiyenasiga doimiy rioya qilmaslik funksional ovoz buzilishlariga olib keladi. Organik ovoz buzilishlari ovoz apparatining noto'g'ri rivojlanishi natijasida kelib chiqadi. Garmonal buzilishdagi potologik o'zgarishlar, jumladan qal qonsimon bez kasalliklari ko'pincha ovoz buzilishlarini keltirib chiqaradi. Ovoz buzilishlari kelib chiqishiga ko'ra funksional va organik ovoz buzilishlariga bulinadi. Organik ovoz buzilishlari periferik va markaziy xarakterda bo'lishi mumkin. Periferik xarakterdagi organik ovoz buzilishlari asosida ovoz apparati kasalliklari: un paychalaridagi tugunchalar, bo'g'iz va un paychalarining papilamatozlari, bo'g'iz stenozi, jarohatlanishlar, kuyishlar yotadi. Bular periferik xarakterdagi organik ovoz buzilishlarini keltirib chikaradi. Markaziy xarakterdagi organik ovoz buzilishlari dizartriyaning turli ko'rinishlarida kuzatiladi. Markaziy xarakterdagi ovoz buzilishlariga afoniya va disfoniya kiradi. Funksional ovoz buzilishida ovoz hosil bo'lish bo'limlarida xech qanday patologik o'zgarishlar kuzatilmaydi. Funksional ovoz buzilishlarida: mutizm, afoniya, disfoniya, fonosteniya kabi o'zgarishlar kiradi. Kuchli qo'rquv natijasida ovozning to'satdan va butunlay yo'qolishi isterik mutizm deb ataladi va bu funksional ovoz buzilishi shakllaridan biri hisoblanadi. Mutizm o'zoq vaqt qo'rqish, affektiv qo'zg'olish yoki ruhiy zo'riqish natijasida kelib chiqadi. Funksional afoniya ovozning butunlay yo'qolishi bo'lib, bemor faqat shivirlab gapiradi, lekin yo'talganda ovoz chiqadi. Funksional afoniyaning quyidagi ko'rinishlari ajratiladi: A) paretik afoniya, ovozning tusatdan yo'qolishi bilan xarakterlanadi, bo'g'iz mukullari funksional jihatidan bushashgan bo'ladi. B) spastik afoniya butun ovoz apparatining xaddan tashqari kuchli zo'riqishi. V) paratikspatik afoniya soxta un paychalari faoliyatining keragidan ortib ketishi va haqiqiy un paychalari faoliyatining susayishi yoki aksincha. Disfoniya nafas apparati, shuningdek xiqqildoq, bo'g'iz, bo'yin muskullarining taranglashishi va dag'al, xirildoq, qisilgan ovoz bilan xarakterlanadi. ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:38:28
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
21.18 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:43
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:38 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
21.18 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:43 ]
Arxiv ichida: docx