O'yin bilan davolanamiz

O'yin bilan davolanamiz

O'quvchilarga / Pedagogika
O'yin bilan davolanamiz - rasmi

Material tavsifi

O'yin bilan davolanamiz (ota -onalarga tavsiyalar) Kasal bo'lish juda yoqimsiz jarayon. Kuni bo'yi tinib-tinchimaydigan bolaga kun bo'yi to'shakka mixlanib yotish qanchalik qiyinligini tasavvur qilib ko'ring. Balki qanaqadir davolovchi ovunchoq o'ylab topish kerakdir? Shunda ham bola mamnun bo'ladi, ham davolash jarayoni yengil kechadi. Agar bola hayotdan xursand, quvnoq va tetik ruhli bo'lsa u infeksiyalarga qarshi yaxshi kurashadi hamda ko'p kasal bo'lmaydi. Bir narsani unutmaslik kerak: bola kasal bo'lgan paytida uning aqliy va ijodiy qobiliyati susayadi.Bola kasal paytida o'z qahramonlarini,uning kiyimlarini turlicha yorqin ranglarda ifodalamaydi.Qog'ozda qoramtir ranglarda yuzaki chizilgan rasm paydo bo'lsa, ko'rib tashvishlanmang. Bola tuzalganidan keyin uning yorqin ranglarga bo'lgan qiziqishi qaytadi. Shifokorlar bolaning kasaliga qarab qanday dorilar ichirishni tanlab berishadi, ammo bu yetarli emas. Xatto o'yinlar ham bolaning kasaliga qarab tanlanishi kerak . Agar bola gripp, bronxial astma, o'pka va yuqori nafas yo'llari bilan bog'liq boshqa kasalliklarga chalingan vaqtda polda o'ynashi uchun bolaga aslo ruxsat bermaslik kerak, hatto issiq gilam to'shalgan bo'lsa ham. Sababi bunday paytda bola ko'krak qafasini qisgan holda cho'kkalab o'tiradi. Natijada esa nafas olish og'irlashib o'pkada havo almashinishi buziladi, qon bilan ta'minlanishi yomonlashadi va yo'tal kuchayadi. Bunday bola uchun ko'krak qafasi mushaklarini mustahkamlaydigan, nafas yo'llarini yaxshilovchi o'yinlar kerak bo'ladi. Shar shishirish o'yini Bu mashg'ulotning maqsadi: to'g'ri nafas olishning shakllanishiga imkon tug'diradi, bir maromda va chuqur nafas olishni o'rgatadi. Shar asta-sekin shishiriladi va dami chiqariladi. Yoki boladan qo'llarini xuddi shar shishirayotganday tutib,burni bilan chuqur chuqur nafas olishni so'rang. Keyin esa qo'llarini bo'shashtirib, sharning damini chiqarayotganday sh,sh,sh,sh degan ovoz chiqarsin. Sichqoncha va ayiqcha o'yini Maqsad: bir maromda chuqur nafas olishni va chiqarishni shakllantiradi,umurtqa pog'onasi mushaklarini mustahkamlaydi. Ayiqning uyi katta (qaddimizni to'g'ri tutamiz, qo'llarimizni ko'taramiz, kerishamiz,qo'llarimizga qaraymiz va nafas olamiz). Sichqonchaning uyi kichkina (qo'llarimizni tizzaga qo'yib o'tiramiz, boshimizni egamiz, sh,sh,shtovushini talaffuz qilgan holda nafas olamiz). Sichqoncha ayiqchaning uyiga mehmonga boradi (ayiqning uyidagi harakatlar bajariladi). Keyin esa ayiqcha sichqonchanikiga. Mashg'ulot 4-6 marta takrorlanadi. Yodingizda bo'lsin, bola kasal bo'lganida ko'ngli nozik va himoyasiz bo'lib qoladi. Hatto tinch o'yinlar ham tez madorini quritishi mumkin. Unga qiziqarli ertaklar va hikoyalar aytib bering. Bu uning uchun ongli o'yinday bir gap. Bolani kasallik davrida zerikib qolmasligi ota-onaning fantaziyasiga bog'liq. E'TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT! ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 4.05 MB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:37 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 4.05 MB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga