O'yin faoliyati orqali bolalar nutqini o'stirish. MTM tarbiyachilari kursi uchun Reja: Bolalar nutqini o'stirishga qo'yilgan talablar. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqining o'ziga xos xususiyatlari. Nutq o'stirishda , nuqsonlarni bartaraf qilishda tarbiyachining yondashuvi. O'yinlarning nutq o'stirishdagi ahamiyati Jihoz: Plakatlar, flamaster, rangli qalamlar, bo'yoqlar, karton, yelim, o'yinchoqlar. Dars usuli: Tinglovchilar navbati bilan ilk yosh, kichik guruh , o'rta guruh, katta guruh,maktabga tayyorlov guruh, deb aytishadi va shu bo'yicha 5 ta guruhchaga ajratiladi. Ilk yoshli guruhlar 3 yoshgacha bo'lgan bolalar nutqining o'ziga xos xususiyatlari, ular nutqini o'stirishda qo'llaniladigan usullar, jihozlar bo'yicha o'z guruhini himoya qiladi. Kichik guruh lar 3 yoshdan 4 yoshgacha, O'rta guruhlar 4 yoshdan 5 yoshgacha, Katta guruhlar 5 yoshdan 6 yoshgacha,maktabda tayyorlov guruhlar 6 yoshdan 7 yoshgacha bo'lgan bolalar nutqida uchraydigan nuqsonlar, ularni bartaraf qilish , nutqni rivojlantirishda o'yinlardan foydalanish bo'yicha har qaysisi o'z guruhini himoya qiladi.Himoya qilishda plakatlarda rasm chizish, jadvallardan foydalanishi, ijroli o'yinlar o'ynash orqali ifoda etishlari tavsiya etiladi. Guruhlarning chiqishlari oxirida o'qituvchi tomonidan tahlil qilinadi, to'ldiriladi, xulosalanadi. Maktabgacha yoshdagi (bolalar) asosan 6-7 yoshli bolalar maktabga tayyorgarligining asosiy belgilaridan biri nutqini rivojlanganligidir. Bolalar bog'chasida har bir guruhda nutq o'stirish bo'yicha egallashi lozim bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalarining m'eyori ko'rsatilgan. O'z vaqtida muntazam kundalik faoliyatda, mashg'ulotlar jarayonida dasturda ko'rsatilgan vazifalar amalga oshirilsagina kutilgan natijaga erishiladi. Bola 1- sinfga nutqi jihatidan benuqson holatda kelsa barcha fanlardan o'zlashtirishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Uchinchi ming yillikning bolasi tayanch dasturi og'zaki nutqining, yani lug'at boyligining oshib borishini, nutqning Grammatik jihatdan to'g'ri tuzilishini tovush talaffuzini har tomonlama rivojlantirishni nazarda tutadi. Nutq qobiliyati ma'lumki kishilarning tug'ma qobiliyati emas. Nutq bolalarda asta - sekin rivojlanadi. Ba'zan bir xil yoshdagi bolalar nutqi kuzatilganda ular darajasining har xilligini ko'rish mumkin. Demak bola nutqining rivojlanishi tevarak - atrofdagilarning ( ota - onalarning , tarbiyachilarning) qanchalik e'tibor berishiga bog'liqdir. Bolaning ilk yoshlik davridan boshlab oila a'zolari, bog'chada tarbiyachilar har bir narsaning nomini to'g'ri aytib , chuchik tilda gapirmasdan murojaat qilish kerak. 3-4 yoshli bolalar nutqida hamma tovushlar mavjud bo'lib, bu tovushlar ustida ishlash zarur.Chunki mazkur davr tovushlarni o'zlashtirish davri hisoblanadi. To katta guruhgacha hamma tovushlar ustida ishlanadi. Maktabda tayyorlov guruhda esa aralashib ketadigan tovushlarni ajratishga o'rgatiladi. Tovush talaffuzini tarbiyalash bo'yicha ishni boshlashdan oldin tarbiyachi o'z guruhidagi har bir bolaning nutqi bilan tanishib chiqishi kerak . Nutqni tekshirish yilda ikki marta kuzda va bahorda olib boriladi. Kuzda ishlarini to'g'ri rejalashtirish, bahorda-qilingan ishlarga yakun yasash maqsadida tekshirishda tarbiyachi tovush talaffuzi holatiga lug'atiga ma'noli nutqiga e'tibor qaratadi. Bola nutqidagi buzilishlar qayd qilinadi. Agar juda qo'pol ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:38:28
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.1 KB
Ko'rishlar soni
31 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:37
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:38 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.1 KB
Ko'rishlar soni
31 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:37 ]
Arxiv ichida: doc