O'z -o'zini tarbiyalash va o'z ustida ishlash Reja: O'z ustida ishlash va o'z-o'zini tarbiyalashning psixologik-pedagogik asoslari. O'z-o'zini tarbiyalash metod va vositalari. O'qituvchi irodasi hamda his-tuyg'usini tarbiyalash va ularni mustaqil tarbiyalash usullari. Xulosa. O'qituvchi o'z-o'zini tarbiyalashi uchun, avvalo o'zini atroflicha chuqur o'rganishi, o'z ishidagi yutuq va kamchiliklarni ko'ra olishi kerak. O'z-o'zni o'rganish va boshqa kishini anglash uchun ham zarurdir. Boshqa yutuqlarni o'rganmay, o'zini boshqalar bilan qiyos qilmay turib, o'zini shaxs sifatida o'rganish mumkin emas. O'zini anglash, o'zini baholash xususiyati boshqa kishilar bilan munosabat protsessida, birgalikdagi faoliyat vaqtida tarkib topadi. Pedagogik vazifasi-faqat irodaviy fazilatlar doirasini ko'rsatib berishdan, ularning muhim axloqiy printsplari bilan ichki aloqasini ochib berishdan tashqari o'z irodasini o'zi tarbiyalashga intiluvchi o'quvchiga yordam berish, irodaviy fazilatlarni rivojlantirishning qanday usullari kam samarador va qaysi birlari jiddiy yordam bermasligini ko'rsatishdan iboratdir. Agar pedagogik adabiyotda ta'rif-tasvirlanayotgan yoshlar qo'llayotgan sodda va yasama usullarga etibor beradigan bo'lsak, yana ham muhimdir. O'quvchilardan biri «sabr-toqatini rivojlantirish» uchun kinokomediya ko'rsatilayotganda kulmaslikka harakat qildi, kimdir qo'lini pichoq bilan kesda yoki kaniz bo'ylab sayohat qildi va hakozo? Irodani mustaqil tarbiyalashning ana shu usullari samarasizligi eng avvalo shundaki, o'spirin bir lahzalik «irodaviy xatti-harakat» ni amalga oshirib, o'zining irodasi kuchli ekanligi to'g'risidagi fikrni tasdiqlay oladi. Aslida esa irodani kundalik hayotda, o'qishda va birinchi navbatda uchraydigan qiyinchiliklarni muntazam ravishda bartaraf etish ni tashkil etadi. Buning ustiga mehnat, o'qish, sport faoliyatining har bir daqiqasi irodani chiniqtirish uchun o'quv, mehnat va boshqa faoliyatni amalga oshirishga halaqit beradigan bir daqiqalik istaklarni bartaraf etish uchun sharoit yaratadi. Eng avvalo o'qituvchi o'zida pedagogik qobiliyatning qanday xislatlari borligini o'rganishi kerak. Pedagogik faoliyatga muhabbati yuksak o'qituvchi ishga chin ko'ngildan berilib ishlaydi, hech qanday formalizmga yo'l qo'ymaydi. O'z kasbini sevgan o'qituvchi doimiy ravishda g'oyaviy-siyosiy saviyasini oshirish va bilim doirasini kengaytiradi, o'z predmetini chuqur bilish ustida qunt bilan ishlaydi. Malumki, insoniyat kamolotga chorlovchi imkoniyatlari shunchalik ko'pki, ularga erishish maqsadlari intilishida sabr-toqat bilan o'z ustida ishlash orqali erishishi mumkinligini tarixiy faktlarda ko'ramiz. Buyuk nemis pedagogi D. Disterverg har bir o'qituvchi o'z-o'zini tarbiyalashni o'z oldiga sharafli vazifa qilib belgilashi lozim. Rus pedagogi A.B. Lunacharskiy; «Pedagog o'zida insoniyat idealini shakllantirishi lozim» -degan edi. Aynan insoniyatning go'zal fazilatlarini o'zida shakllantirish har bir pedagogning kasbiy tayorgarligining poydevorini tashkil etadi. Ushbu poydevorda pedagogning kasbiy mahorati o'z ustida ishlash tufayli kundan-kunga o'sib borishi mumkin. A.S. Makarenko kasbiy takomillashtirish masalasida shunday degan edi. «Men pedagogik talantga ega edim. Pedagogikaga kutilmaganda kirib keldim va o'rgandim. Men o'z ishimning ustasi darajasida ko'tarildim O'z ishimning ustasi darajasiga har bir intiluvchi pedagog erishishi mumkin.» Bunda ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:38:28
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.5 KB
Ko'rishlar soni
54 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:37
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:38 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.5 KB
Ko'rishlar soni
54 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:37 ]
Arxiv ichida: doc