Oz komplektli maktablarda matematika o'qitishni tashkil qilishning o'ziga xos xususiyatiari

Oz komplektli maktablarda matematika o'qitishni tashkil qilishning o'ziga xos xususiyatiari

O'quvchilarga / Pedagogika
Oz komplektli maktablarda matematika o'qitishni tashkil qilishning o'ziga xos xususiyatiari - rasmi

Material tavsifi

Oz komplektli maktablarda matematika o'qitishni tashkil qilishning o'ziga xos xususiyatiari REJA Oz komplektli maktablar qanday maktablar va ular qanday tashkil etiladi. Oz komplektli maktabda ishlashda o'qituvchi va o'quvchilar uchun qiyinchiliklar va to'siqlar . 3. O'quvchilarning mustaqil ishlari va ularni tashkil qilish xususiyatlari. 4. Dars ishlanmasi va mashqlar to'plamini tuzish O'zbekistonda Respublikasida tog'li va cho'l joylarda kichik - kichik va uzoq aholi yashaydigan punktlar mavjud bo'lib, bu joylarda bir sinfga belgilangan me'yordan ancha kam bo'lgan 6-7 yoshli bolalar bo'lganda oz kompletli maktablar ochiladi. Oz komplektli maktablar qanday maktablar va ular qanday tashkil etiladi. Oz komplektli maktab shunday maktabki, unda bir o'qituvchi bir vaqtda bir necha sinf bilan ishlaydi. Bu sinfda o'quvchilar soni 3 tadan 30 tagacha bo'lishi mumkin. Bir o'qituvchi hamma (I-IV) sinflar bilan bir vaqtda ishlaydigan maktab bir komplektli maktab deyiladi. Bir o'qituvchi hamma (I-IV) sinflar bilan bir vaqtda ishlaydigan maktab bir komplektli maktab deyiladi. Ikkita o'qituvchi 4 ta sinf bilan ishlaydigan maktab ikki komplektli maktab deyiladi. Ikki komplektli maktabda 4 ta sinfni birlashtirishning quyidagi variantlarini amalga oshirish mumkin: 1) I va II sinflar: II-IV sinflar. 2) I-II va II-IV sinflar. Oz komplektli maktabda ishlashda o'qituvchi va o'quvchilar uchun qiyinchiliklar va to'siqlar . 1. O'qituvchi har kuni darsga tayyorlanishi va turli fanlardan eng kamida 8 soat dars o'tishi kerak. Oz komplektli maktabda reja tuzish ancha murakkab, o'qituvchi har kuni 8-16 ta reja ustida ishlaydi va bu ko'p vaqt talab qiladi. Bu yahshi samara beradigan bir butun qilib sinflarni birlashtirish zarurligi ko'rsatadi. Bularning hammasi o'qituvchidan tegishli bilimlarni bilishdan tashqari, maksimal darajada kuch-g'ayrat, uyushqoqlik, sabr va qat'iylik talab qiladi. Ikki komplektli maktabda bir o'qituvchi ikkita sinf bilan ishlaydi. Demak, o'quvchilar soni, tayyorligi, o'quv imkoniyatlarini hisobga olib birlashtirish ham mumkin. Hozirgi paytda Respublikamizda asosan bir komplektli maktablar ko'pchilikni tashkil qiladi. O'qituvchi butun sinf bilan darsning yarmi yoki qismi davomida shug'ullanishga, qolgan vaqtda o'quvchilar bilan mustaqil ishlashni tashkil qilishga to'g'ri keladi. O'quvchilar mustaqil ish bajarishayotganda, darhol o'qituvchidan yordam olish imkoniyati yo'q, chunki bu vaqtda o'qituvchi boshqa sinf bilan band bo'ladi. O'quvchilar, boshqa sinf o'quvchilariga xalaqit berishlariga qaramasdan, mustaqil ishlaverishi kerak. Oz komplektli maktab o'quvchilari uchun afzalliklar 1. Sinf o'quvchilari sonining kamligi (3-5). Bu o'qituvchiga tez - tez so'rab turish, o'quvchilar bilimlaridagi kamchiliklarni aniqlash va tuzatish imkoniyatlarini beradi. 2. Oz komplektli maktab o'qituvchisi daftar tekshirishga oz vaqt sarflaydi. 3. O'quvchilar darsning taxminan 14 qismida mustaqil ishlaydi. Buning o'quv maqsadlaridan tashqari, katta tarbiyaviy ahamiyati ham bor: iroda mustahkamlanadi, uyushqoqlik, ishchanlik, qiyinchiliklarni mustaqil bartaraf qilish malakasi tarbiyalanadi, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 7.84 MB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:43 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 7.84 MB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga